asarga baho berish, taqriz yozish, asarni birovga tavsiya qilish uchun fikrlar bildirish
bu bosqichga misol bo‗la oladi.
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar:
- Asardagi sizga eng yoqqan (yoqmagan) epizod qaysi? Nima uchun?
- Asar sizga yoqdimi? Nima uchun?
- Asarni do‗stingizga tavsiya qilib xat yozing.
- Asardagi qaysi qahramon bilan do‗st tutingan bo‗lardingiz?
Ma‘lumki, o‗quvchilarning
fanga qiziqish darajasi, fanni o‗rganishga bo‗lgan
ishtiyoqi turlicha bo‗lishi mumkin. Ta‘lim jarayonining, xususan,
adabiyot
darslarining samarasi o‗quvchilar motivatsiyasiga, o‗qituvchining o‗quvchilardagi
motivatsiyani boshqarish va to‗g ‗ri yo‗naltira olishiga ham bog‗liq.
Motivatsya
–
insonning
biron-bir ishga, faoliyat turiga,
hatti-harakatga, fanga bo‗lgan doimiy
qiziqishini ta‘minlab
turadigan, insonni ma‘lum bir maqsadga erishish yo‗lida kuch
sarflashga undaydigan ichki va tashqi omillar yig‗indisi. Motivatsiya quyidagi
faktorlarning o‗zaro ta‘siridan kelib chiqadi:
- xohish yoki talabning kuchliligi;
- maqsadga erishilgandan keyin qo‗lga kiritiladigan mukofotning qiymati;
- shaxsning va atrofidagilarning kutganlari.
Motivatsiya ta‘lim jarayoniga quyidagicha ta‘sir qiladi:
- o‗quvchini ta‘limiy maqsad va vazifalar sari yo‗naltiradi;
- kutilgan maqsad va vazifalarga erishish yo‗lida ko‗proq kuch sarflashga undaydi;
- kognitiv jarayonlarga ijobiy ta‘sir qiladi;
- o‗rganish jarayonining samarali bo‗lishini ta‘minlaydi.
Motivatsiya intrinzik (ichki) va ekstrinzik (tashqi)
Dostları ilə paylaş: