“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98
mirzayeva z metodika

4.
 
Maktab adabiyot darsliklaridagi biron mavzu asosida qo‗llanmada keltirilgan dars 
bosqichlarini tadbiq qilgan holda adabiyot darsi uchun reja tuzing. 
5.
 
Oliy ta‘lim muassasalariga kirish sinovlarida qo‗llaniladigan adabiyot testlarini 
qay darajada validlik talalablariga mos deya olamiz? Ularning validligini oshirish 
uchun qanday o‗zgartirishlar kiritilishi kerak deb hisoblaysiz? 


ASARLARNI JANRI VA OBRAZLAR TIZIMIGA KO„RA O„RGANISH 
 
Reja: 
1. Faol o„qish modeli va uning turli janrlardagi asarlar bilan qo„llanilishi. 
2. Lirik asarlar bilan ishlashning o„ziga xos xususiyatlari. 
3. O„quvchilarni Navoiy asarlarini tushunishga tayyorlash strategiyalari 
Faol o„qish modeli 
xorijda adabiyot darslarida keng qo‗llanilaniladigan 
usullardan biri bo‗lib, o‗quvchini 
turli janrlarga
mansub badiiy asar olamiga olib 
kirishga, o‗quvchining asarni chuqurroq tushunishiga yordam beradi. 
Faol o‗qish modeli quyidagi strategiyalarni o‗z ichiga oladi: 

Bashorat qilish
: bunda o‗quvchi muallif, davr va mavzu haqida bilganlaridan kelib 
chiqqan holda asar (yoki o‗qilayotgan parcha) nima haqida bo‗lishi mumkinligini 
bashorat qiladi. Asarni (parchani) o‗qish davomida esa o‗zining bashoratlari qay 
darajada to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri ekanligini kuzatib boradi. Bu strategiya o‗quvchida 
asarni o‗qishga ishtiyoqni (motivasiya) oshirish, shu bilan birga, mavjud bilimlarni 
(sxemalarni) faollashtirish imkonini beradi.

Savol berish
: bunda o‗quvchi o‗ziga-o‗zi ―nima bo‗lyapti?‖, ―nimaga shunday 
bo‗lyapti?‖, ―bu nima degani?‖, ―bu muhim ma‘lumotmi?‖ singari savollarni berib 
boradi va asarni qay darajada tushunayotganligini monitoring qilib (tekshirib) boradi. 
Bu strategiya o‗qishning interfaolligini ta‘minlaydi va o‗quvchiga o‗qilayotgan 
asardan ma‘no yaratishga yordam beradi. 

Aniqlashtirish
: bunda o‗quvchi asarni o‗qish davomida tushunmagan joylarini 
qayta o‗qib, o‗zi uchun mavhum bo‗lgan jihatlarini oydinlashtirib oladi. 

Tasavvur qilish
: bunda o‗quvchi qahramonlarni, joyni, voqeani xayolan tasavvur 
qiladi. Bu strategiya o‗quvchini muhim detallarga e‘tibor qaratishga undaydi va 
kerakli ma‘lumotlarni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi. 

Bog„lash
: bunda o‗quvchi asarda tasvirlangan qahramonlar, voqea-hodisalar, joylar, 
kechinmalarni o‗z hayotiy tajribasi yoki o‗qigan boshqa asarlari bilan solishtiradi. 


―Sxemalar nazariyasi‖dagi ―yangi bilimlar mavjud sxemalarga mos tushganda 
samaraliroq o‗zlashtiriladi‖ tamoyili asosida bu strategiya o‗qilayotgan asarni 
yaxshiroq tushunish imkonini beradi. 


Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin