“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


Tagma‟noni tushunish (inferensiya)



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98
mirzayeva z metodika

Tagma‟noni tushunish (inferensiya)
: bunda o‗quvchi muallif ochiq aytmagan 
ma‘noni ilg‗ab olishga harakat qiladi. Bu strategiya asar qahramonlarini va ularning 
hatti-harakatlarini, pirovardida asarda ko‗tarilgan mavzular va asar maqsadini 
chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Inferensiya asardagi detallarga tayangan holda 
umumlashma xulosalar chiqarishga asoslanadi. 

Takrorlash
: bunda o‗quvchi asarning o‗qilgan qismini o‗z so‗zlari bilan qayta 
hikoya qiladi. Agar o‗quvchi asarni o‗qish davomida biron-bir grafik organayzer 
(jadval, diagramma va hokazo) to‗ldirib borgan bo‗lsa, takrorlash jarayoni osonroq 
kechadi. Bu strategiya o‗quvchilarni muhim ma‘lumotlarni saralab umumlashtirishga 
va tahlil qilishga o‗rgatadi. 

Xulosa yasash:
bunda o‗quvchi asarning xar xil qismidan olingan ma‘lumotlarni 
(detallarni) birlashtirib, asar qahramoni, voqea, hodisa haqida umumiy xulosaga 
keladi. Bu strategiya ham o‗quvchilarni muhim ma‘lumotlarni saralab 
umumlashtirishga va tahlil qilishga o‗rgatadi. 

Reaksiya bildirish
: bunda o‗quvchi asarni o‗qish davomida ko‗nglida kechgan his-
tuyg‗ulari, nima yoqganligi va nima yoqmaganligi, asarning diqqatini tortgan jihatlari 
bilan o‗rtoqlashadi. Ma‘lumki, o‗quvchiga emotsional ta‘sir qilgan narsa yaxshiroq 
o‗zlashtiriladi va esda qoladi, shuning uchun bu strategiya o‗quvchining emotsional 
reaksiyasi orqali asarning chuqurroq tushunilishini ta‘minlaydi. 

Baho berish
: bunda o‗quvchi asar qahramonlari, undagi voqea-hodisalar va 
umuman asarga nisbatan o‗z munosabatini shakllantiradi, ularga o‗zining bahosini 
beradi. Bu strategiya o‗quvchini kognitiv ko‗nikmalarning quyi bosqichidan yuqori 
bosqichiga olib chiqishga yordam beradi.
She‟riy asarlar
bilan ishlashda faol o‗qish modelining o‗zgartirilgan variantini 
qo‗llash mumkin. Bu model quyidagi strategiyalarni o‗z ichiga oladi: 


Eshitish: 
She‘rni ovoz chiqarib o‗qing. She‘rning qanday jaranglashiga va she‘r 
ritmiga e‘tibor bering. Shoir tovushlardan qanday foydalanganligiga, ular 
tinglovchiga qanday ta‘sir qilishiga diqqat qiling. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin