birinchidan,
Navoiy sо‗z san‘ati,
tasvir vositalariga xos xususiyat, shoir ijodida badiiy san‘atlarning qо‗llanilish
spesifikasi, g‗azallaridagi bir sо‗zning bir qancha ma‘nolarda aks etganligi;
ikkinchidan,
Navoiy lirikasi aruz bilan bog‗langanligi, aruz nazariyasi va poetikasi
haqida faqat tor doiradagi mutaxassislargina yetarli bilimga ega bо‗lib, maktab
о‗qituvchilarida bu masala qator qiyinchiliklarni tug‗dirayotganligi;
uchinchidan,
Navoiy asarlarida kо‗plab forsiy va arabiy sо‗zlarning mavjudligi bilan izohlanadi.
Navoiy yashab ijod qilgan davr xususiyatlarini tushunish ham mutafakkir ijodini
anglashda muhim omil bо‗lib xizmat qiladi. Yuqorida qayd etilgan sabablar qatorida
yana bizga noma‘lum boshqa qator omillar о‗quvchilarni Navoiy shaxsi va ijodiga
yaqinlashtirishda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda, oqibatda umumiy о‗rta
ta‘limda Navoiy asarlarini yuzaki, chuqur anglovlarsiz, faqat kirish testlari uchungina
о‗rganish allaqachon ―yoqimsiz an‘ana‖ga aylanib bо‗lganligi bugun hammamizga
ma‘lum haqiqat. Ayrim holatlarda Navoiyni о‗rgatishning samarasiz usullari
mutafakkir asarlari о‗quvchilar uchun ―murakkab‖, ―tushunarsiz‖ va ―zerikarli‖
bо‗lib qolmoqda.
Qizig‗i shundaki, о‗tgan asrning 90-yillarida ingliz adabiyotining asoschisi
Viliyam Shekspir asarlarini о‗qitishda ham yuqoridagi muammolarga duch kelingan.
Yana ham aniqroq aytganda, maktab о‗quvchi va о‗qituvchilari, ota –onalar Shekspir
ijodini xali о‗rganishni boshlamay, uning sо‗z san‘atkori sifatidagi mahoratini
tushunar tushunmas asarlarini о‗qitilishiga salbiy munosabat bildirganlar va ularni
darsliklardan olib tashlash taklifi bilan chiqqanlar.
53
Angliyaning milliy yozuvchisiga
bildirilgan subyektiv munosabatlarning ortib borishi uni umum о‗rta ta‘limda
о‗qitilishi bilan bog‗liq jiddiy tadqiqotlarning yaratilishiga turtki bо‗ldi. Yuzaga
kelgan tadqiqotlarda asosiy e‘tibor о‗quvchilarni Shekspir ijodini о‗rganishga
faolligini, rag‗batini oshirish, qator ijodiy usullarni ishlab chiqish, shoir va dramaturg
adabiy merosini о‗rganishdagi asosiy tо‗siqlar va muammolarga barham berishga
53
Leah Suttonю Teaching Shakespeare in the Secondary English Classroom Engaging the ―flat
unraisèd spirits‖. Toronto University Press, Canada, 2016; Kender Alon Breitspreche. Is Love ever
enough: Teaching Shakespeare in the secondary level. Iowa State University Press, 2009;
Nagihan Aydin. Teaching Shakespeare: A Qualitative Meta analysis. Bilkent University Press,
Turkey, 2013 va h.k.z. Shu o ‗rinda ta‘kidlash kerakki, o ‗zimizda ham Alisher Navoiy asarlarini
umum o ‗rta ta‘lim tizimida o ‗rganishning samarali usullariga qaratilgan katta- kichik tadqiqotlar
yaratildi va yaratilmoqda. Shu bilan birga maktablarda mumtoz adabiyot namunalarini o‗qitish bilan
bog‗liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar ham izchil davom etmoqda. Ammo
afsuski, bu kabi izlanishlar amalga oshirilayotgan bo ‗lsada, mavjud muammolarni kutilgan
darajada hal etilmayotgani ko ‗plab soha mutaxassislariga oydek ravshan haqiqat..
qaratilgan. Muntazam olib borilgan tadqiqotlar Shekspir ijodidagi mavzular bola tili
va ruhiyatiga moslashtirilib, shoir asarlari maktabdan emas hatto bog‗cha yoshidan
о‗rgatish zarurligiga rag‗bat berdi.
Ma‘lum bо‗ladiki, Sharq va G‗arbda adabiyot tarixining buyuk siymolari
asarlarini о‗rganishga bо‗lgan munosabat dastlab ayni xulosalarni keltirib chiqargan.
Ta‘lim muassasalarida Navoiy ijodiy merosini о‗qitilishi asosidagi materiallar,
manbalar, jumladan о‗quv dasturlari, darsliklar, о‗quv qо‗llanmalarining kо‗pchiligi
54
Navoiy asarlarini о‗rganishda ―quruq g‗oya‖ga (bu G‗arb ilmi va pedagogikasida
―dry idea‖ deb ataladi) asoslanadi. Aniqroq qilib aytganda, Navoiy asarlari
о‗rganuvchilarga ularning real hayotiy vaziyatlaridan, hayotiy tajribalaridan uzoq,
tasavvur olamiga begona, ma‘naviy ehtiyojini qondirishga xizmat qilmaydigan
g‗oyalar bola ongiga singmayda, va oqibatda mutafakkir san‘ati ham ―quruq g‗oyalar
yig‗indisiga‖ aylanadi. Navoiy asarlarini bugungi hayot bilan paralel ravishda tahlil
qilish uchun eng avvalo Navoiy yohud Shekspir davridagi ijtimoiy va psixologik
vaziyatlarni о‗rganish muhim hisoblanadi. Zotan, har ikki ijodkor asarlari asosini
―ezgulik va yovuzlik‖, ―yolg‗on va haqiqat‖, ―qо‗rquv va jasorat‖ kabi bir-biriga zid
tushunchalar olamida harakatlanuvchi, о‗z haqiqatlari va e‘tiqodlari uchun
kurashuvchi qahramonlar tashkil qiladi. Navoiy va Shekspir asarlari leymotividagi
sevgi, muhabbat, nafrat, rashk, kelishmovchiiklar, umidsizlik, hayrat kabi
yoshlarning doimiy ―hamroh‖ iga aylangan tuyg‗ularning jonli talqinlari ularning
shaxsiyatini yanada kuchaytirishi, turli xil murakkab vaziyatlarda tо‗g‗ri qaror qabul
qilishini ta‘minlashda muhim asos bо‗lib xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa, о‗n yetti,
о‗n sakkiz yoshni qoralayotgan yoshlar umid va umidsizlik, topish va yо‗qotish,
sevgi va nafrat, sadoqat va hiyonat, qadriyat, insoniylik kabi masalalar mohiyatini
tо‗g‗ri va atroflicha anglashga ehtiyojmand bо‗ladilar. Kо‗pchiligi esa ―pul hamma
narsani hal qiladi‖ qabilidgi notо‗g‗ri qarashlarga ergashib boshi berk kо‗chalarga
kirib qoladi. Moddiylik g‗am alamni, gunohni, yо‗qotishlarni, umidsizlik bilan
bog‗liq muammolarni hal qila olmasligini anglashda esa ulardagi hayotiy tajriba
yetmaydi. Mana shunday davrda ular ongidagi ma‘naviy bо‗shliqni adabiyot,
54
Bu o ‗rinda biz ―hаmmasi‖ degan fikrni aytishdan yiroqmiz. Z.M.
xususan, Navoiy, Shekspir asarlaridagi о‗lmas g‗oyalar tо‗ldiradi, ular uchun najot
quroli bо‗lib xizmat qiladi. Zotan inson huqularini ilk bora himoya qilish va ularni
zalolatdan qutqarish maqsadida nozil bо‗lgan Ollohning kalomi QURON karim
yaratilgan davrdan boshlab sо‗z san‘ati insoniyatning og‗ir kechmishi, qirg‗in va
halokatida, unga ozodlik, erkinlik, о‗zlikni anglash kabi eng ulug‗ tuyg‗ularni in‘om
etib, muallimlik qilganligi isbotlangan.
Kо‗plab G‗arb metodist olimlari har qanday о‗qib tushunish jarayoni - bu
matndan olingan ma‘lumotni о‗rganuvchiga ma‘lum bо‗lgan ma‘lumot bilan
integrasiya qilish‖ degan xulosaga keladi.
55
Kognitiv nazariyada ―sxema‖ (inglizcha
―schema‖) tushunchasi mavjud bо‗lib, bu tushuncha inson xotirasida mavjud bо‗lgan
ma‘lumotlar yig‗indisidan iborat bо‗ladi. Inson yangi ma‘lumotlarni qabul
qilayotganda о‗zida avvaldan mavjud sxemalar bilan muqoyasa qiladi va ana shu
sxemaga mos tushgan yangi ma‘lumotlarni nisbatan yaxshiroq va osonroq
о‗zlashtiradi.
56
Demak, kognitiv nazariyaning muhim asoslaridan biri bо‗lgan,
о‗quvchilarning yangi matnni idrok qilish jarayonlarini osonlashtiradigan
―о‗quvchida avvaldan mavjud sxemalarni faollashtirish‖ tamoyili nafaqat, mumtoz
balki, har qanday millat adabiyotiga xos, turli xil zamon va makonda yaratilgan
badiiy asar matnini turli xil rakuslarda tushunishida muhim ahamiyat kasb etadi.
О‗qishdan oldingi topshiriqlar, matnni tushunishga yо‗naltiruvchi savollar, matndagi
notanish sо‗zlarni oldindan о‗rgatish, boshqa fanlardagi (masalan, tibbiyot, tarix,
geografiya) muayyan badiiy matnga aloqador ma‘lumotlar yoki faktlarni
о‗quvchilarga
eslatish
va
hokozolar
sxemani
faollashtirishda
tayanch
yondashuvlardan bо‗lib xizmat qiladi.
Umumta‘lim maktablarining yuqori bosqich adabiyot darsliklariga avval
Navoiyning ―Layli va Majnun‖ dostoni kiritilgan edi. Dostonni falsafiy mushohadaga
boy, mazmun - mohiyat jihatidan о‗quvchilar tushunishi murakkab asar sifatida
о‗qituvchilar va soha mutaxassislari о‗rtasida jiddiy muhokamalarga sabab bо‗ldi va
55
Grabe William. Reading in a Second Language: Moving from Theory to Practice. Cambridge
University Press, 2009.
56
Slavin Robert. Educational Psychology: Theory and Practice. 8th edition. Pearson Education
Limited, 2006. P. 23
alal oqibat darslikdan olib tashlandi. ―Murakkab asar‖ о‗rniga ―nisabatan sodda‖
―Saddiy Iskandariy‖ dostoni kiritildi. Vaholanki, Navoiy ijodiga yaqinlashish, yoshlar
ruhiyatida mutafakkir ijodidagi nafis xususiyatlar uning ―sodda‖ yoki ―murakkab‖
asarlari orqali emas, butun bir ijodi foni (yosh xususiyatini hisobga olgan holda,
albatta) orqali singdirish har jihatdan tо‗g‗ri va adolatli qaror, deb о‗ylaymiz.
Yanayam aniqroq qilib aytganda, uzluksiz ta‘limda Navoiyni о‗qitish bilan bog‗liq
muammolar adabiyot darsliklaridagi shoir asarlari, xususan, ―Layli va Majnun‖ ni
―Saddiy Iskandariy‖ ga yoki ―Farhod va Shirin‖ ni ―Sab‘ai Sayyor‖ ga almashtirish
bilan yechim topolmaydi. Eng muhim masala о‗rganuvchini Navoiy ijodiga, Navoiy
shaxsiga va Navoiy sanatiga imkon qadar quruq g‗oyalarsiz, ―silliq‖ va ―о‗ta tabiiy‖
olib kirish, yanayam aniqroq qilib aytsak, Navoiyga borar yо‗lni tо‗g‗ri belgilay olish
bilan bog‗liqdir.
O‗qish jarayonini
Dostları ilə paylaş: |