“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   98
mirzayeva z metodika

Tasavvur qilish:
She‘r sezgi organlaringizga qanday ta‘sir qilayotganini kuzating. 
She‘rni o‗qish (tinglash) davomida nimalarni tasavvur qildingiz, nimalarni 
eshitdingiz, nimalarni his qildingiz?
Reaksiya bildirish:
She‘r sizga qanday ta‘sir qildi? Xayolingizdan nima o‗ylar, 
ko‗nglingizdan nima kechinmalar o‗tdi? Qanday xotiralarni yodga soldi? 
Savol berish:
shoir nimalar demoqchiligini tahlil qiling. Bu qatorda (misrada, 
to‗rtlikda) nima haqda gap ketyapti? Shoir kimga (nimaga) murojaat qilyapti? Ushbu 
simvol (obraz) nimani bildiradi? Shoir nimaga ayrim so‗zlarni (misralarni) 
qaytaryapti? 
Aniqlashtirish:
Misralarni (to‗rtliklarni yoki butun she‘rni) o‗z so‗zingiz bilan aytib 
bering.
Talqin qilish:
She‘r sarlavhasi she‘ring mazmunini ochib berishga qanday xizmat 
qiladi? Shoir o‗quvchiga qanday asosiy g‗oyani yetkazmoqchi? She‘rning har xil 
ma‘nolari bo‗lishi mumkinmi? 
Dramatik asarlar
bilan ishlashda esa faol o‗qish modelining quyidagi 
strategiyalarini qo‗llash mumkin (bunda o ‗quvchilar asarni o‗qish davomida o‗zlari 
uchun har bir strategiyaning muhim savollariga javob izlaydilar: 
Vizualizatsiya (xayolda tasavvur 
qilish): Sahnada nimani ko‗ryapman? 
Qahramonlar qanday kiyingan? Ular sahnada qanday harakat qilishadi, qanday 
gapirishadi, o‗zlarini qanday tutishadi? 
Quloq tutish:
Aktyorlar qanday gapirishi kerak? Rollarini ijro etayotganida qaysi 
so‗zlarga urg‗u berishi, obrazning ichki kechinmalarini ovoz orqali qanday yetkazib 
berishi kerak? 
O„ziga o„zi savol berish: 
Nima bo‗lyapti o‗zi? Qahramon nega bunday deyapti yoki 
qilyapti? Uning maqsadi nima? 
Hayot bilan bog„lash:
Hayotimda shu obrazga o‗xshagan insonlarga duch 
kelganmanmi? Shu vaziyatda men nima qilgan bo‗lar edim? 



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin