umumlashtirib, o‗zlashtirilishi lozim bo‗lgan tushuncha yoki qoidani o‗zlari ―kashf
qiladilar‖ va so‗ngra uni mustahkamlaydilar.
Vazifa: O„quvchilar dramatik asarda sollilokuy va monologni ajrata
oladigan bo„ladilar
Deduktiv metod
Induktiv metod
O‗qituvchi sollilokuy va monologga ta‘rif
keltiradi, ularning farqini tushutiradi.
O‗quvchilar dramatik asardan sollilokuy
va monologlarni topadilar.
O‗qituvchi sollilokuy va monologga
misollar keltiradi. O‗quvchilar
ularni
solishtirib, sollilokuy va monologning
farqlarini topadilar, so‗ng
dramatik
asardan sollilokuy va monologlarni
topadilar.
Induktiv va deduktiv metodning darsda qo„llanilishiga misol
- ketma-ketlik tamoyili:
o‗quvchilar o‗rganilayotgan tushuncha va qoidalar oldin
o‗rganilgan va keyin o‗rganiladigan tushuncha va qoidalarga qanday bog‗liqligi
haqida aniq tasavvurga ega bo‗lishlari lozim.
- o„zlashtirish va integratsiya tamoyili:
qismlarga bo‗lib o‗rganilgan tushuncha va
qoidalar dars so‗ngida birlashtirilishi va o‗quvchilar yaxlit kartinani ko‗ra
olishlari
lozim.
Darsda ishlatiladigan metodlar tanlashda o‗qituvchi o‗qish va o‗qitish
nazariyalariga suyangan holda quyidagi savollarga javob bera olishi lozim:
- Benjamin Blumning
(Benjamin Blum, 1913-1999)
ta‘limiy maqsadlar
taksonomiyasi
(taxonomy of educational objectives)
: o‗quvchilarda
qaysi
ko‗nikmalarni qaysi darajada rivojlantirish ko‗zda tutilgan va o‗quvchilarni bu
darajaga olib chiqish uchun qanday metodlar samara beradi?
- Lev Vigotskiyning
(Lev Vygotsky, 1896-1934)
―yaqin rivojlanish zonasi‖
(zone of
proximal development)
nazariyasi: o‗quvchilar bajara oladigan ko‗nikmalar
(o‗quvchilarning aktual rivojlanish zonasi) va men ularga o‗rgatmoqchi bo‗lgan
ko‗nikma orasidagi masofa haddan tashqari katta emasmi?
-
Jerom Brunerning
(Jerome Bruner, 1915-2016)
―havoza‖
(scaffolding)
nazariyasi:
o‗quvchilarda ko‗nikmalarni shakllantirish uchun yetarlicha ko‗mak berilyaptimi?
- Hovard Gardnerning
(Howard Gardner, 1943-)
―turfa zakovatlar‖
(multiple
intelligences)
nazariyasi: dars uchun tanlangan metodlardan turli qobiliyatga ega
o‗quvchilar bahramand bo‗ladilarmi va bu metodlar o‗quvchilarga o‗z qobiliyatlarini
namoyish qilishga imkon beradimi?
Dostları ilə paylaş: