“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


) O„quvchilarning dars oldiga qo„yilgan vazifalarga qay darajada



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98
mirzayeva z metodika

4) O„quvchilarning dars oldiga qo„yilgan vazifalarga qay darajada 
erishganligini tekshirish usullarini tanlash 
Bu bosqich darsning oldiga qo‗yilgan vazifalar bilan bevosita bog‗liq. 
O‗qituvchi o‗quvchilarning darsdan ko‗zlangan ko‗nikmalarni bajara olishlarini 
qanday usulda (og‗zaki, yozma) va qanday vositalar yordamida (savol-javob, test, 
amaliy topshiriq) tekshirishini oldindan aniq va puxta rejalashtirib olishi lozim. 
Bunda shuni hisobga olish kerakki, tekshirish usuli 
valid
, ya‘ni tekshiriladigan 
ko‗nikmaga mos bo‗lishi kerak. Masalan, agar o‗qituvchi o‗quvchilarning 
o‗rganilgan hikoyada ishlatilgan badiiy san‘atlarni topib, ularning nima uchun 
ishlatilganligini izohlab bera olishini tekshirmoqchi bo‗lsa, bu ko‗nikmani hikoya 
syujetini qayta hikoya qildirish orqali tekshirib bo‗lmaydi.
5) Darsni xulosalash usullarini tanlash 
Bu bosqichda o‗quvchilar darsda nimani o‗rganganliklari va nima uchun 
o‗rganganliklari xulosa qilinadi. Xulosani o‗qituvchining o‗zi qilishi yoki 
o‗quvchilarga qildirishi mumkin. Shu bilan birga, darsda o‗rganilgan material bunday 
keyin o‗rganiladigan material bilan bog‗lansa, o‗quvchilarda qiziqish kuchayadi va 
fanda mavzular orasidagi bog‗liqlikni ko‗rish imkonini beradi. 
Savol va topshiriqlar 
1.
 
Blum taksonomiyasi nima? Blum taksonomiyasi qanday bosqichlarni o‗z ichiga 
oladi? Uning adabiy ta‘limdagi o‗rni va ahamiyatini qanday mezonlar bilan 
belgilash mumkin? 
2.
 
O‗quvchilarda adabiyot faniga nisbatan intrinzik (ichki) motivatsiya shakllanishi 
uchun qanday strategiya va metodlarni taklif qila olasiz? 
3.
 
Maktab davringizdagi adabiyot darslarini eslang. Bu darslar qanday tashkil 


qilingan edi? Bu darslarning yutuq va kamchiliklarini tahlil qiling. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin