“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98
mirzayeva z metodika

Bashorat qilish:
Keyin nima bo‗ladi? Kim nima deydi, nima qiladi, o‗zini qanday 
tutadi? 
Tahlil qilish:
Bu obrazni muallif qanday tasvirlayapti? Sahnadagi voqealar bilan 
muallif tomoshabinlarga nima demoqchi? 
Kechinmalarga quloq tutish:
Bu asar menda qanday taassurot qoldirdi? Bu asarda 
menga nima yoqdi? Nima yoqmadi? 
Har bir xalq fitratida mavjud xususiyatlar, asrlar osha millat tiynatida yashab 
kelayotgan tutumlarni saqlab qolish, inson kamoloti, tafakkur inqilobi uchun eng 
muhim omillar qatorida bо‗lgan g‗urur, e‘tiqod, erk kabi tuyg‗ularni balandparvoz, 
quruq g‗oyalardan xoli farzandlarimiz onggi, shuuri va ruhiyatiga singdirishda 
adabiyot eng muhim robita bо‗lib xizmat qiladi. Ayniqsa, 
mumtoz sо„z san‟atining 
durdona asarlari, ulardagi gо‗zal badiiy an‘analar, kо‗ngilni tozartiruvchi 
tuyg‗ularning betakror talqinlari, bugungi virtual olamning eng ―faol‖ ―ermak‖ iga 
aylanib borayotgan yoshlarning hayot yо‗lidagi ―muhim‖ va ―nomuhim‖ nuqtalarni 
farqlay olishida birlamchi faktor, ―globallashuv olovi‖ dan omon qolish instinki 
bо‗lib xizmat qilishi soha mutaxassislariga kundek ravshan. Ammo afsuski, klassik 
adabiyot namunalarini о‗qitishdagi turli xil, bizga ma‘lum va noma‘lum muammolar, 
tо‗siqlar sabab ayrim holatlarda о‗quvchi va о‗qituvchilarni Lutfiy, Navoiy, Bobur 
kabi buyuklar san‘atining qaynar buloqlaridan tо‗yintirish ―imkondan xorij masala‖ 
kabi xulosalarga olib keldi.
Ma‘lumki, Alisher Navoiy asarlarini о‗qitish umumiy о‗rta ta‘limning 5 sinfidan 
boshlanadi. Quyi sinflarda о‗quvchilar Navoiy hikmatlari, ruboiylari haqida 
ma‘lumotlarga ega bо‗ladi. Keyingi bosqichlarda esa epik asarlaridan parchalar, turli 
xil mavzulardagi g‗azallari о‗qitiladi. Umumо‗rta ta‘limning sо‗nggi bosqichida 
Navoiy ijodining gultoji ―Xamsa‖ о‗rganiladi. Navoiy asarlari tilini tushunish, uning 
tasvir san‘atidagi betakror xosliklarni talab darajasida anglay olish nafaqat о‗quvchi 
balki о‗qituvchilar, ayniqsa yosh, tajribasiz pedagoglar uchun ham jiddiy muammo 
ekanligi hech kimga sir emas. Mazkur muammo 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin