hisoblaganidan kelib chiqadi.
Amerikalik taniqli psixolog, motivatsiya hodisasi
bo‗yicha ilmiy izlanishlar olib
borgan olima Syuzan Harter
(Susan Harter, 1939-)
tadqiqotlariga ko‗ra
51
, 3-9 sinflarda o‗quvchilarda intrinzik motivatsiya susayadi.
Ekstrinzik (tashqi)
motivatsiya o‗quvchining tashqi rag‗batlar (yaxshi baho olish,
o‗qituvchisi yoki ota-onasidan maqtovga sazovor bo‗lish, mukofotga erishish)
ta‘siridagi xohishidir. Ekstrinzik motivatsiya qisqa muddatlarda samarali bo‗lib
ko‗rinsa ham, uzoq muddatli maqsadlarga erishish va o‗qish-o‗rganish jarayononing
o‗quvchilarga foydali bo ‗lishini ta‘minlashning asosiy
shartlaridan biri ularda
intrinzik motivatsiyani shakllantirishdir. Darsga qiziqmagan o‗quvchi dars oldiga
qo‗yilmagan vazifalarga erishmaydi va erishishga harakat qilmaydi, shu bilan birga,
dars jarayoniga xalaqit berishi mumkin. O‗quvchilarda motivatsiya uyg‗otish uchun
o‗qituvchi:
- o‗quvchilarni rag‗batlantirib borishi (nafaqat baho bilan, balki so‗zlar, dalda berish
orqali);- o‗quvchilarni darsning
passiv kuzatuvchisi emas, faol ishtirokchisiga
aylantirishi;
- dars jarayonida bir xillikdan qochishi;
- darsni o‗quvchi hayoti bilan bog‗lashi lozim.
Intrinzik motivatsiyani kuchaytirish quyidagi
strategiyalarga
tayanadi:
1.
O‗quvchida o‗rganiladigan
materialga nisbatan
qiziqish
uyg‗otish,
o‗rganiladigan material yoki shakllantiriladigan ko‗nikmani
o„quvchi
hayoti
bilan
bog‗lash (hayotda qanday kerak bo ‗lishini ko‗rsatish).
Dostları ilə paylaş: