Olimlarning fikricha, badiiy matnni tushunish o‗quvchining
mutolaa
maqsadiga
bog‘liq bo‗ladi. Masalan, Tompkins mutolaa muayan maqsadlarga
asoslanishi zarurligini ta'kidlaydi. Maqsadsiz o‗qishni boshlagan yoki badiiy asarni
faqat estetik zavq olish uchungina o‗qigan har qanday kitobxon matndan tez zerikib
qoladi. Chindan ham, badiiy asar mutolaasi avvalida ―nimani‖, ―qanday‖ va ―nima
uchun‖ kabi savollarning ko‗ndalang qo‗yilishi kitobxonni nafaqat asardan tez
zerikishi balki badiiy matn tahlilida o‗quvchi fikrlarining hokimlik kasb etishiga ham
zamin yaratdi.
Adabiyot darslarida ham o‗quvchilar asosiy ma‘lumotni
mutolaa (o„qish)
orqali
oladilar. O‗qituvchining asosiy maqsadlaridan biri o‗quvchiga kitob o‗qishni,
mutolaani o‗rgatishdir. Shunday ekan, o‗qituvchi mutolaa jarayonining ilmiy
asoslarini tushunsa va tahlil qila olsa, u o‗quvchini kitob o‗qishgao‗rgatish jarayonini
samarali tashkil qila oladi.
O‗quvchi biron-bir matn bilan ishlayotganida uning ongida qanday jarayonlar
ro‗y beradi? Bu jarayonlar o‗qilayotgan matnni tushunishga qanday ta‘sir qiladi?
O‗quvchi shaxsiyati matnni tushunishda rol o‗ynaydimi? Mutolaa jarayoniningilmiy
asoslarini tahlil qilgan olimlar shu savollarga javob topishga uringanlar va bu
tahlillarda uch bosqichni ajratish mumkin
26
:
- an‘anaviy qarashlar,
- kognitiv qarashlar,
- metakognitiv qarashlar.
Bu qarashlar bevosita psixologiya va pedagogikada yetakchi oqimlar sanalgan
bihevorizm
va
kognitivizm
nazariyalari ta‘siri ostida shakllangan bo‗lib, mutolaa
jarayonini shu nazariyalarga tayangan holda tahlil qilishga harakat qiladi.
1) An‟anaviy qarashlar
Mutolaa jarayoni ilmiy tahlilidagi an‘anaviy qarashlar XIX asr oxiri - XX asr
boshlarida asosan Amerika va Rossiyada shakllangan hamda psixologiya va
pedagogikada yetakchi oqimlardan biriga aylangan
bihevorizm
nazariyasiga
asoslangan. An‘anaviy qarashlar tarafdorlari: Filip Gaf
(Philip Gough)
, Devid Laberj
(David LaBerge)
, S.J.Semyuels
(S.J.Samuels)
va boshqalar.
Bihevorizm
(inglizcha
behaviourism,“behaviour”
– ―hatti-harakat, o‗zini
tutish‖ so‗zidan) – psixologiya va pedagogikadagi yetakchi nazariyalardan biri.
Ushbu nazariya tarafdorlarining fikricha, o‗rganish – bu passiv jarayon bo‗lib,
o‗rganuvchining tashqi ta‘sirlarga javoblaridan iborat. O‗rganuvchi ―toza taxtacha‖
(tabula rasa)
sifatida qaraladi va ta‘lim jarayonining maqsadi tashqi ijobiy yoki salbiy
ta‘sirlar (stimullar) yordamida unda kerakli hatti-harakatlar shakllantirishdan
iboratdir. Bihevorizm nazariyasi asoschilari: Jon Uotson
(John Watson)
, Burrus
Skinner
(Burrhus Skinner)
, Ivan Pavlov, Edvard Torndayk
(Edward Thorndike)
,
Albert Bandura
(Albert Bandura)
va boshqalar.
26
Dole J. A., Duffy G. G., Roehler L. R. and Pearson P. D. Moving from the Old to the New:
Research on Reading Comprehension Instruction. // Review of Educational Research. – 1991, Vol.
61, No. 2, pp. 239-264.
An‘anaviy qarashlar tarafdorlarining fikriga ko‗ra, mutolaa– bu
Dostları ilə paylaş: |