“validity”
) va ishonchlilik (inglizcha
“reliability”
)
21
. Validlik deganda testning
aynan baholanishi (о‗lchanishi) kerak bо‗lgan bilim, kо‗nikma, malaka yoki
kompetensiyalarni tekshirishga qaratilganligi tushuniladi. Ishonchlilik esa testning
muayyan о‗quvchilar (talabalar) kontingentida qaytadan olingandagi natijalarning
oldin olingan natijalarga qay darajada yaqinligidir. Validlik va ishonchlilik
kategoriyalarini tarozi misolida quyidagicha tushuntirish mumkin: agar biz tarozi
yordamida vaznni о‗lchamoqchi bо‗lsak va tarozi bizga aynan vaznni (deylik, uzunlik
yoki hajmni emas) kо‗rsatsa, bu tarozining biz kо‗zlagan maqsad, ya‘ni
vaznni
о‗lchash uchun valid о‗lchov vositasi ekanligidan dalolat beradi. Agar tarozi og‗irligi
10 kg bо‗lgan jismni har safar tortganimizda 10 kg natija kо‗rsatsa, bu tarozining
ishonchli о‗lchov vositasi ekanidan dalolatdir. Lekin 10 kglik jismni tarozi bir safar
9,5 kg, boshqa safar 10,5 kg kо‗rsatsa, bu tarozining ishonchli emasligini anglatadi.
Pedagogik о‗lchovlar va baholash sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan
yetakchi mutaxassislarning yakdil fikricha, validlik va ishonchlilik nisbiy
tushunchalar bо‗lib, hech qaysi test tо‗liq valid,
ishonchli yoki aksincha, umuman
novalid va ishonchsiz bо‗lishi mumkin emas. Validlik darajasi asosan test
savollarining chuqur, ilmiy asoslangan tahlili natijasida belgilansa, ishonchlilik test
savollarining aprobatsiyasi va aprobatsiya natijalarining statistik
tahlili natijasida
maxsus formulalar orqali matematik yо‗l bilan hisoblanadi va 0dan 1gacha bо‗lgan
son bilan ifodalanadi. Bunda 1 testning о‗ta ishonchliligini 0 testning umuman
ishonchsizligini bildiradi. Testlarning validligi ularning nima maqsadda tuzilganligi
va nima maqsadda qо‗llanilayotganiga ham bog‗liq: bir maqsad uchun tuzilgan test
boshqa maqsad uchun valid bо‗lmasligi mumkin, shuning uchun ham jahon
tajribasida har bir alohida olingan vaziyatda muayyan maqsadlardan kelib chiqqan
holda alohida testlar tuziladi va bir testlar
bankidan faqat bir maqsadda
foydalaniladi
22
. Shu bilan birga, pedagogik о‗lchov vositasi sifatida ishlatiladigan
testlarning validlik va ishonchlilik darajasi testlarning ta‘lim sifatiga va keng
21 Kubyszyn Tom, Borich Gary. Educational Testing and Measurement:
Classroom Application
and Practice. 10th edition. - Hoboken, NJ: ―Wiley‖, 2013.
22
Miller M. David et al. Measurement and Assessment in Teaching. 10th ed. - New Jersey, NJ:
―Pearson Education‖, 2009.
ma‘noda jamiyatga ta‘siri (bundan ta‘sir baholash bо‗yicha ilmiy adabiyotlarda
inglizcha
Dostları ilə paylaş: