“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


Allohning kalomi  QUR‟ONI karim



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
mirzayeva z metodika

Allohning
kalomi 
QUR‟ONI karim
yaratilgandan davrdan boshlab sо‗z san‘ati 
insoniyatning og‗ir kechmishi, qirg‗in va halokatida, unga ozodlik, erkinlik, о‗zlikni 
anglash kabi eng ulug‗ tuyg‗ularni in‘om etib, muallimlik qilganligi isbotlangan. 
Hayot hech kimga ―qanday qilib‖ degan savolga javob bermaydi, shuningdek, 
inson muammolarining yechimiga kо‗rsatmalar berish imkoniga ham ega emas. 
Badiiy asar, jumladan roman, hikoya yoki drama ham bugun yoshlarimizni о‗rab 
olayotgan muuammolarni bartaraf etish imkoniga ega emas. Aniqroq qilib aytganda, 
adabiyot davolash shakli emas, ammo 
о„rganish vositasidir.
Chunki asarlarda savob 
va gunohlar, hayotiy yо‗qotishlar, adolat, yaxshilik, yomonlik va yana bir qancha 
umuminsoniy xususiyatlar aks etgan voqea hodisalar bayon qilinadi. Keng doiradagi 
nuqtai nazarlar, konsepsiyalar, munosabatlar, tushunchalar eshigini ochadiki , badiiy 
asarda aks etgan voqea hodisalar orqali о‗quvchi eng kamida о‗zini taftish etish, tahlil 
qilish majburiyatini his qiladi, hayot haqidagi chalkash tushuchalarning asl 
mohiyatini anglaydi. О‗zi sevib, ma‘naviy ehtiyoji о‗laroq mutolaa qilgan badiiy asar 
namunasi va undan olgan xulosalari о‗quvchining hayot haqidagi qarashlarini


konsepsiyalarini tartibga solishda, tо‗g‗ri tushunchalar strategiyasini rivojlantirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy asar orqali о‗quvchi yangi dunyoni kо‗rishni 
о‗rganadi.
Adabiyot darslarida ―nima uchun bu asarni о‗qishimiz kerak?‖ yoki ―falon asar 
о‗rniga falon asarni о‗rgansak bо‗lmaydimi?‖ degan savollarni kо‗p eshitamiz. 
О‗qituvchining mazkur savolga javobi – о‗quvchining notanish badiiy asarga mehr 
muhabbatini uyg‗otishga bо‗lgan dastlabki qadam. О‗qituvchining savolga 
munosabati talabalarni adabiyotga yaqinlashtirish va ularni badiiy asarga bog‗lashga, 
qiziqishini orttirishga rag‗bat berishi kerak. Zotan adabiyot о‗qituvchisi boshqa fan 
о‗qituvchilariga nisbatan maxsus intizom va tartibga, muayyan kognitiv maqsalarga 
ega bо‗ladi. Uning eng muhim, fundamental maqsadlaridan biri mudom ma‘naviy, 
intellektual va ijtimoiy rivojlanishda bо‗lishdan iboratdir. Adabiyot о‗qituvchisi 
bergan ta‘lim rag‗bati yoki Qodiriy, Chо‗lpon, Tolstoyni о‗qish jarayonlaridagi 
ta‘limiy yondashuvlar ularni bir kun kelib adabiyot о‗qituvchisi bо‗lish orzulariga 
katta turtki beradi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin