ADABIYOT O„QITISH METODIKASIGA XOS BO„LGAN TAMOYILLAR
Reja:
1. Mutolaa jarayonining ilmiy-nazariy asoslari: an‟anaviy, kognitiv va
metakognitiv qarashlar.
2. Badiiy matnning o„ziga xosligi. Badiiy matn tahliliga xos xususiyatlar.
3. Badiiy matnni tushunish tamoyillari va strategiyalari.
4. Adabiyot darslarida badiy asar matni bilan ishlash bosqichlari.
Adabiyot darsida o‗quvchilar ishlaydigan eng asosiy obyekt – bu badiiy matn.
Shunday ekan, adabiyot o‗qitish metodikasiga xos bo‗lgan tamoyillarni tushunish va
ularni adabiyot darslarida ongli qo‗llay olish uchun adabiyot o‗qituvchisi
birinchi
navbatda matn, xususan, badiiy mutolaasi jarayonining ilmiy asoslarini tushunishi
talab qilinadi.
Mutolaa – o‗ziga xos g‗ayrioddiy jarayon.
Mutolaaning nazariy asoslari,
kitobxonlik masalasi, kitobxon va matn (har qanday badiiy, ilmiy va publistik matn)
o‗rtasidagi munosabat haqida O‗zbekistonda va xorijda qator tadqiqotlar yaratilgan
25
.
Lekin milliy metodika yo‗nalishida tadqiq etilgan nazariyalarning aksariyati adabiy
ta‗lim amaliyotiga tatbiq etilmagan.
Mutaxassislar avvallari
mutolaaga passiv jarayon, ya‘ni o‗quvchi matn bilan
ishlashda undagi yashirin ma‘noni passiv qabul qiladi deb qarashgan bo‘lsa, o‗tgan
asrning 70-yillari oxiriga kelib mutolaaga munosabat o‗zgargan va uni
Dostları ilə paylaş: