I BO„LIM
ADABIYOT O„QITISH METODIKASINING TARIXI VA
SHAKLLANISH TARAQQIYOTI: AYRIM CHIZGILAR
Reja:
1. XX asr adabiy ta‟limiga xos xususiyatlar. Sho„ro mafkurasining milliy adabiy
ta‟limga ta‟siri.
2. Mustaqillik yillarida adabiy ta‟lim taraqqiyotining o„ziga xos xususiyatlari.
3. Adabiy ta‟limning yangilanish jarayonlari: an‟anaviylikdan zamonaviylikka.
Adabiyot inson tafakkuri rivojining eng muhim omillaridan biri sanaladi. Badiiy
adabiyotda
muayyan bir millat qomusi, ruhiyati, tarixi, dini, madaniyati, e‘tiqodiga
xos bо‗lgan xususiyatlar mujassam. Demakki, inson
adabiyot orqali dunyoni
anglaydi, ma‘lum ma‘nodagi ruhiy yuksaklikka erishadi.
Uzliksiz ta‘lim bosqichlarida о‗quvchilar adabiyot olamiga ―О‗qish kitobi‖
orqali kirib keladilar. Sо‗ng bosqichma bosqich, asta sekinlik bilan о‗z dunyoqarashi,
tafakkuri, badiiy sо‗z sehrini anglashga bо‗lgan iqtidoriga kо‗ra adabiyotning cheksiz
ummonlariga g‗arq bо‗ladilar. Adabiyotni sevishi, о‗quvchida unga mehr muhabbat
uyg‗otishda fan о‗qituvchilarining о‗rni muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, bugungi
globallashuv davrida, texnika asrining talotumlarida ulg‗ayayotgan
yoshlarimizni
adabiyotga, badiiy asar mutolaasiga qiziqtirish oson kechmayotganligi ham ayni
haqiqat. Maktab ta‘limining quyi va yuqori bosqichlarida о‗tilayotgan til va adabiyot
darslarining kutilgan darajada emasligi, adabiyot darsliklaridagi yondashuvlar, bolani
tanqidiy fikrlashga, atrofida bо‗layotgan voqea- hodisalarga
mustaqil munosabatini
shakllantirishga,
tafakkurini
tiniqlashtirishga
xizmat
qiladigan
savol
va
topshiriqlarning aksariyati rivojlangan mamlakatlar til va adabiyot darsliklari bilan
qiyoslanganda anchayin g‗arib ahvolda ekanligi bir necha bor katta siyosiy
davralarda, matbuot sahifalarida qayd etildi.
Adabiyot o‗qitish metodikasining XX asrdagi tarixiy
tarsaqqiyotiga nazar
tashlansa, XX asrning 30-yillargacha davom etgan turli ―novatorlik tajribalari‖dan
keyin ―sinf-dars‖ tizimiga qaytilib, adabiyot maktab darturlarida alohida fan sifatida
o‗rin egallaganidan so‗ng adabiyot o‗qitish metodikasining nazariy asoslarini yaratish
harakatlari boshlandi. Tabiiyki, O‗zbekiston sobiq sho ‗ro tarkibida bo‗lgan davrda
milliy metodikaning nazariy asoslari shо‗ro davrida hukmron bo‗lgan
markscha-
lenincha metodologiyaga asoslanar, adabiyot о‗qitish ham dialektik materializm
falsafasi ta‘sirida shakllangan edi.
Subutoy Dolimov, Haydarali Ubaydullayev,
Qodirjon Ahmedov kabi ustoz metodist olimlar adabiy ta‘limga oid ilmiy nazariy
yо‗nalishdagi tadqiqotlarining aksariyatida yuqoridagi ta‘kidlangan
mutlaq metodik
falsafa tutumlariga ergashishga majbur bо‗lganlar, oqibatda adabiyotni bilishga,
anglashga bо‗lgan muayyan subyektiv munosabat mutlaqlashtirilgan hamda badiiy
matn tahlili yuzasidan kо‗plab g‗ayri ilmiy xulosalar chiqarilgan edi.
Shо‗ro davrida asosiy e‘tibor badiiy matnning
Dostları ilə paylaş: