L.D.Trotskiy
—
SSSRda yuqori
lavozimlarda
ishlagan, Stalin
hokimiyatga
kelgach,
mamlakatni tark
etishga majbur
bo‘lgan
ayol, chol-kampirlar yig‗ilishadi, bular «xalq dushmanlari»ning
oila a‘zolari. Yosh-yosh juvonlar qaqshab-qaltirab qolgan keksalar
hibsxona xodimlarining ovqat qabul qilishini kutib, ertalabdan
kechgacha tikanli sim oldida diydirab turishadi. Oyimlar
qamoqxonaga gohida meni ham yetaklab borishlariga sabab —
mabodo dadamlar bilan yuz ko‗rishish nasib etsa otamlar meni
ko‗rib qolsinlar degan niyatda edilar. Lekin dadamlarni biror marta
ko‗rsatishmadi, ko‗rsatishmaganlari ham mayli, bot-bot olib
borgan ovqatlarimizni qabul qilmasdan qaytarib yuborishardi.
Goho men bir necha soat mahtal bo‗lib kutganimdan keyin biror
bahonani ro‗kach qilib, hibsxonaning shundoq yonginasidagi
shahar bog‗iga qarab chopardim. U yerda xudoning kuni borki, miting bo‗lar, shahar
maktablaridan nog‗oralar gumburi va karnay-surnaylar sadosi ostida bolalar saf tortib
boqqa kelishardi. Bog‗ o‗rtasiga qizil alvon bilan o‗ralgan ulkan minbar o‗rnatilgan
bo‗lib, charm palto kiygan, to‗pponcha taqqan faollar unga chiqib va‘z aytishar,
va‘zlarning aksariyati trotskiychilar va ularning «dum»larini fosh qilishga
bag‗ishlanardi. Bu va‘zxonliklarning dahshatli tomoni shunda ediki, bugun
Trotskiyning «dum»larini fosh etib, otashin nutq so‗zlagan notiqlarning aksari
ertasiga o‗zlari «dum»ga aylanib, fosh etilganlar ro‗yxatiga tushib qolishardi.
Dostları ilə paylaş: