“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   98
mirzayeva z metodika

BILIMINGIZNI ISHGA SOLING: 
Komissar, so„ngra rayonda birinchi kotib, hozir esa tuman moliya bo„limiga 
mudir. Bu ma‟lumotdan bolaning dadasi haqida qanday xulosa chiqarish 
mumkin? 
Rahmatli buvamlar Yoqub (jonlari jannatda bo‗lg‗ay!) haqiqatan Qarnoq 
qishlog‗ining eng katta masjidida to inqilobgacha so‗filik qilgandilar. Odamlarning 
aytishicha, u kishining ovozlari shu darajada zo‗r bo‗lgan emishki, har subhidam 
masjid mezanasiga chiqib azon aytganlarida nafaqat o‗n ming kishilik Qarnoq ahli, 
balki o‗ttiz chaqirim naridagi Turkiston namozxonlari ham eshitgan emishlar. Shu 
boisdan Qarnoq ahli buvamlarining ismlariga Shayx so‗zini qo‗shib, Yoqub shayx 
deb ataganlar... Lekin o‗n oltinchi yilgi qattiq qurg‗oqchilikda bobomiz Yoqub shayx 
og‗ir ahvolga tushganlar. Shu bois otamiz oilasini boqa olmay, bir-ikki qo‗y, bir-ikki 
qop g‗alla evaziga bir boyning o‗g‗li o‗rniga mardikorlikka ketganlar-u, uyoqdan 
bolshevoy bo‗lib qaytganlar. Shu-shu, ota-bola biri — shayx, biri — bolshevoy, qip-
qizil sinfiy dushmanga aylanganlar. 
ESLANG: 
Mardikorlikka ketish, bolshevoy ... Qaysi davr voqealari haqida gap ketmoqda?
Dadamlarning mahkamasi ulkan savdogar qurgan va 
endilikda partiya qo‗mitasi joylashgan ko‗rkam binoning 
shundoq biqiniga joylashgan edi. Men borganimda 
dadamlar ham idoradan chiqqan ekanlar. Meni uzoqdan 
ko‗rib darvoza oldida to‗xtadilar. Dadamlar to‗ladan 
kelgan, novcha, qirraburun, o‗sha davrda rasm bo‗lgan 
to‗mtoq mo‗ylovli, xushqad, salobatli kishi edilar. Egnidagi 
libosi hozir xotiramda yo‗q, agar yanglishmasam o‗sha 
mahalda Stalinga taqlidan kiyiladigan ko‗krak cho‗ntakli 


yashil kostyum va galife shim kiygan, oyoqlarida ham o‗sha zamonlarda rasm 
bo‗lgan g‗arch-g‗urch xrom etik. 
Rahmatlik dadamlar, uyqusizlikdanmi, boshqami — ko‗zlari qizargan, allaqanday 
horg‗in ko‗rindilar menga. U kishi hansiray-hansiray aytgan gaplarimni eshitdilar-u, 
chehralari sal yorishib: 
— Yur, bolam! — dedilar boshimni silab. — Senga bitta muzqaymoq oberay! 
Boya aytganimdek, dadamlar diydasi qattiqroq, o‗ktam, kamgap odam edilar. 
O‘sha kungacha men u kishining biror marta boshimni silaganlarini bilmasdim. 
Aksincha, hanuz esimdan chiqmaydi: dadamlar ur kaltak, sur kaltak tagidan 
chiqolmay, ishdan haydala-haydala oxir pirovardida qishloqqa qaytib, uyda 
ko‗kragini zaxga berib yotgan paytlar. Bir kun oyimlar qo‗limga pul va ikki-uch litrli 
grafin (dadamlar katta lavozimlarda ishlagan mahalda orttirgan nodir matoh) 
tutqazib: 
— Do‗konga kirib qimiz olib chiq, dadang aytdilar! — dedilar. 
Do‗konga kirsam qimiz tugagan ekan. Men parvoyi falak, qo‗limdagi grafinni 
o‗ynatib uyga qaytdim. Yo‗lim yog‗och va temir qoziqlar qoqilgan mol bozoridan 
o‗tardi. To‗satdan nimadir «shaq» etdi. Qarasam, qo‗limdagi grafin temir qoziqlardan 
biriga tegib, tangaday joyi o‗pirilib tushibdi. Yuragim orqamga tortib ketdi. Uyga 
qaytishga jur‘at qilolmay anchagacha bog‗imiz poyidagi soy bo‗yida aylanib yurdim. 
Nihoyat, yuragimni hovuchlab uyga kirib bordim. Oyimlar meni ko‗rib: 
— Qayoqlarda daydib yuribsan, bevosh? Dadang sho‗rlik kutaverib diqqinafas 
bo‗p ketdilar-ku! — deb koyidilar, so‗ng grafindagi teshikka ko‗zlari tushib, 
qo‗limdan ushlagancha ichkariga sudradilar. 
Dadamlar ulkan, chorxari uyimizning to‗rida kitob varaqlab, yonboshlab 
yotardilar.. 
— Do‗konda qimiz yo‗q ekan, bu ham yetmagandek, o‗g‗lingiz grafinni sindirib 
qo‗yibdi... — Oyimlar shunday deb grafinni dadamlarning oldidagi xontaxtaga 
qo‗ydilar. 
Keyinchalik oyimlar bu ishlaridan pushaymon bo‗lib ko‗p gapirganlar. «Nega 
shunday qilganimni o‗zim ham bilmayman, bolam, dadanglarning nochor ahvoli 


hammamizni ezib qo‗ygan edi», deguvchi edilar, rahmatlik. 
Dadamlar shitob bilan qadlarini rostladilaru xontaxtadagi grafinni olib, menga 
qarab otdilar. Zarb bilan otilgan grafin shundoq qulog‗im tagidan o‗tib (chamasi, 
jonholatda boshimni olib qochgan bo‗lsam kerak!) devorga tegib chil-chil sindi. 
Men tura qochdim, qocharkanman, oyimlarning: 
— Qimiz ham o‗lsin! Qimiz deb bolamni o‗ldirmoqchimisiz, adasi? — degan 
achchiq faryodini eshitdim. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin