“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98
mirzayeva z metodika

OYLAB KO‟RING: 
Nega harbiy bolani maqtadi?
Kapitanning bu kutilmagan maqtovidan yuragim «jiz» etdi. Keyinchalik, katta 
bo‗lganimda, men uydagi dod-faryodga qaramasdan otamni qamashga kelgan 
jallodning maqtovidan bir zumgina bo‗lsa-da, yayrab ketganimni har eslaganimda bir 


o‗zimdan ijirg‗anib yurdim. Ammo o‗sha daqiqada, afsus-nidomatlar bo‗lsinkim, 
uning so‗zlaridan g‗ururlanib ketganim ham haqiqat, mudhish haqiqat! 
Shu payt dadamlarning: 
— Suv! — degan ovozlari eshitildi. — Bir piyola quduq suvi beringlar, yuragim 
kuyib ketyapti! 
Uyda suv yo‗q ekan. Opam yig‗idan to‗xtab: 
— O‘rtoq kapitan! — dedilar hiqillab. — Ruxsat bering, ukam quduqdan suv 
olib kirsin! 
Kapitan shkaf tortmasidan boshini ko‗tarib: 
— Agar dod-voyingni qo‗ysang — ruxsat beraman! — dedi va kuldi: — 
Shunday chiroyli qiz ham bunaqa yig‗loqi bo‗ladimi? 
Kapitanning opamlarga qilayotgan soxta xushomadi yoqmadi. Lekin nima ham 
qilardim? Chelakni olib tashqariga otildim. Hovlidagi chiroq o‗chgan, ayvondan 
uzoqroqda, quduq yonidagi gujum panasida kimdir qoqqan qoziqdek qaqqayib 
turardi. Bu — pochchamlar edi. U lom-mim demasdan qo‗lidagi chaqaloqni menga 
tutqazib, quduqdan yarim chelak suv olib berdi-da, sharpasiz odimlab hovlining 
qorong‗i burchagiga qarab ketdi. 
BAHO BERING: 
Pochchasi ketib to„g
ʻ
ri ish qildimi?
Keyinchalik marhum oyimlar ko‗p aytguchi edilar: 
— O‘sha kuni pochchangni xudo o‗zi asradi! Agar pochchang opang bilan birga 
kelganida, kim bilsin, uni ham birga opketisharmidi bu toshbag‗irlar? 
Oyimlarning bu gapida jon bor edi, chunki tintuv tutab, dadamlarni olib 
ketayotganlarida harbiylar SAKUchi sho‗rlik mehmonlarga Turkistondan ketishdan 
avval NKVDga borib, ruxsat olishlari shart ekanini uqtirishib, qo‗llaridan tilxat 
olishdi. 
Men yarim chelak suvni ko‗tarib, ichkariga kirganimda, dadamlar stulda o‗tirib, 
oyoqlari tagida hamon dod solib yig‗layotgan katta opamlar bilan oyimlarni 
tinchitishga urinardilar. Azaldan qoramag‗iz odam, dadamlar bir zumdayoq bamisoli 
olovda qolgan archadek qorayib ketgandilar. Oyimlar tokchadan kosa olib berdilar. 


Dadamlar bir kosa muzday quduq suvini bitta sipqorib: 
— Qo‗y, yig‗lama, qizim, yig‗lama, Gulshan! — dedilar og‗ir hansirab. — 
Hukumat oldida tariqcha gunohim yo‗q! O‘rtoq Stalin tirik ekan, bu tuhmatlardan 
qutqarib oladi hali! 
Dadamlar quduq suvini kosalab sipqorar edilaru shu bitta gapni qayta-qayta 
takrorlardilar: 
— Hukumat oldida begunohman, Gulshan! O‘rtoq Stalin barhayot ekan, bizni 
bularning oyog‗i ostiga tashlab qo‗ymaydi!

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin