SAKU
– O‘rta Osiyo Kommunistik Universiteti
(Среднеазиатский коммунистический
университет)
tomga chiqdim. Ammo tanish tuynukka yaqinlashganimda ko‗chaning boshida qo‗sh
ot qo‗shilgan chiroyli foytunga ko‗zim tushdi. Sal o‗tmay, foytun darvozamiz
ro‗parasiga kelib to‗xtadi. Undan o‗sha paytlarda barcha kattalar uchun rasm bo‗lgan
yashil rang galife shim va gimnasterka kiygan o‗rta yashar
ikki kishi bilan qizil
ko‗ylakli, ko‗zlari qiyg‗och bir ayol tushdi. Erkaklardan biri tomda meni ko‗rib qolib:
— Egamberdi Jaqipovning uyi shulma? — deb so‗radi.
— Shu, — dedim men. Shu payt hovlidan chiqqan oyimlarning:
— Kelinglar, mehmonlar,
xush kelibsizlar, — degan ovozi eshitildi. Men
boloxona ustunidan sirpanib, yerga sakrab tushdim. Mehmonlar ichkariga kirishgan,
oyimlar allaqanday hayajonda edilar.
— Dadangning mahkamasiga chop! — dedilar oyimlar negadir shivirlab — Ayt:
SAKUda birga o‗qishgan og‗aynilaringiz
kelishdi, de! Kutib o‗tirishibdi, tezroq kelar
ekansiz, de! Ha aytmoqchi, biryo‗la
maktabga borib, onang bilan pochchangga
ham ayt — tezroq kelishsin.
Dasturxon-
pasturxonga qarashib yuborishsin!
Men negadir, aftidan «mehmon»
so‗zidan ko‗nglim yorishib, ikki oyog‗imni
qo‗limga olib chopa ketdim. Garchi
pochcham bilan katta opamlar o‗qituvchilik
qiladigan maktab dadamlar ishlaydigan mahkamadan xiyla narida bo‗lsa-da, avval
o‗sha tomonga o‗tib, oyimlarning
gapini opamlarga aytdim, so‗ng, hamon ikki
oyog‗im qo‗limda, yalangoyoq, yalangbosh, ko‗cha changitib dadamlarning
mahkamasiga qarab chopdim.
Dadamlar bir mahallar Qozog‗iston Xalq
komissarlari kengashi qoshida tuzilgan mayda millatlar
(asosan o‗zbeklar) xalq komissari lavozimida ishlagan.
SAKUni tugatganlaridan
keyin esa hozirgi Chimkent
viloyatining Sayram rayonida birinchi kotib, keyinroq
Xalq
komissari - xalq
komissarligi boshlig
‘i, hozirgi til
bilan aytganda vazir
Birinchi kotib - hozirgi til bilan
aytganda hokim
I.V.Stalin
— 1922-1953
yillarda SSSRni
boshqargan. Uning
hukmronligi davrida
millionlab odamlar
qatag‘on qilingan.
esa Qozog‗iston temir yo‗li Siyosiy boshqarmasi boshlig‗ining birinchi o‗rinbosari
vazifalarida xizmat qilganlar. Lekin keyingi yillar «Otang so‗fi bo‗lgan, sen buni
yashirgansan», — degan aybnoma bilan pastga surila-surila, yumalay-yumalay oxir-
pirovardida Turkiston tumani moliya bo‗limiga mudir etib tayinlangan edilar.
Dostları ilə paylaş: