N. M. Kayumova


Rejalashtirishning



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

494


Rejalashtirishning 
asosiy 
bosqichlari 
bo'yicha
Venn diagrammasini to'ldiring.
Rejalashtirishning asosiy bosqich va turlari
Rejalashtirishda istiqbolli va joriy turlar farqlanadi.
Istiqbolli rejalashtirish 
bu - M aktabgacha ta'lim vazirligi,
viloyat boshqarm alari, tum an va sh ah ar moliya iqtisod bo'lim lari
tom onidan uzoq m uddatga ( 5 - 1 0 yilga] mo'ljallab tuziladigan re-
jalar tushuniladi.
Joriy rejalashtirish 
- h ar yili am alga oshiriladigan moliyaviy-
xo'ialik ishlari reiasidir. _________________________________________
SMETA- DAVLAT MOLIYAVIY HUJJATI
SIFATIDA
Smeta 
maktabgacha ta'lim 
muassasasining barcha 
xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va 
ota-onalar mablag'larini aks ettiradigan moliyaviy-me'yoriy 
hujjatdir.
Maktabgacha ta'lim muassasasida yozgi hordiq va 
sog'lomlashtirish 
tadbirlarini 
o'tkazish 
uchun 
alohida 
smeta tuzlladi. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlashda 
muassasadagi guruhlar, bolalar soni, ularning muassasada 
qancha vaqt bo'lishi, muassasa xodimlarining necha soat 
ishlashi va ishning turiga ham alohida e'tibor beriladi. Smeta 
xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo'yicha amalga 
oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar»,
495


«Ma'muriy va xo'jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajat­
lari», «Adabiyotlar, ko'rgazmali vositalar va o'yinchoqlar 
sotib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va 
jihozlar sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta'mirlash 
xarajatlari», «Boshqa xarajatlar».
Bolalarni «Ovqatlantirish xarajatlari» moddasi asosida 
taomnoma tuzish:
«Ovqatlantirish 
xarajatlari» 
moddasiga 
bolalarni 
ovqatlantirishga 
mo'Ijallangan 
mablag'lar 
kiritiladi. 
Taomnoma bitta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan 
pul me'yori va yil davomidagi tushumlar asosida tuziladi. 
Bunda maktabgacha ta'lim muassasasining turi, ish vaqti 
e'tiborga olinadi. Ovqatlantirish me'yori Sog'liqni saqlash, 
Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan belgilab beriladi. 
Ovqatlanishga ajratiladigan mablag' miqdorini aniqlash uchun 
bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini maktabgacha 
ta'lim va yasli guruhlari bo'yicha jami bola soniga ko'pay tiriladi. 
Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasasi smetasiga barcha 
xodimlarning ovqatlanishi uchun mablag' ajratish ham ko'zda 
tutiladi. Bu maktabgacha ta'lim va moliya bo'limlari tomonidan 
alohida ro'yxat bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar 
haq to'lash hisobiga maktabgacha ta’lim muassasalarida 
ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va muassasa 
qaysi byudjet hisobidan mablag' bilan ta'minlanishi qayd 
etiladi.
Yozgi dam olish va sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish 
sarf-xarajatlari maktabgacha ta’lim muassasasi xarajat 
smetasiga kiritilmaydi. Bunday tadbirlar o'tkaziladigan 
hollarda ularni amalga oshirish bilan bog'liq qo'shimcha 
xarajatlar uchun alohida smeta tuziladi. Shuningdek, bolalar 
bog'chalarida ota-onalar mablag'lari hisobga olingan alohida 
smeta ham tuziladi.
Smeta byudjetida qayd etilgan xarajat moddalari Moliya 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida tuziladi. 
Smetada muassasaning kelasi yil uchun hisoblab chiqilgan jami
496


hamda har bir modda bo'yicha xarajatlar miqdori joriy yilga 
tasdiqlangan xarajatlar summasi smeta qachon tuzilayotgani 
va o'tgan davrdagi haqiqiy xarajatlar miqdori e'tiborga olingan 
holda kiritilgan o'zgarishlar bilan taqqoslab keltiriladi.
Ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqqoslashda smetani ijro etish 
jarayonida undan chetga chiqish hollarining yuz bergani 
va ularning sababini aniqlash asosida kelasi yilgi xarajatlar 
miqdorini to'g'ri belgilash talab etiladi.
Maktabgacha 
ta'lim 
muassasalari 
smeta 
tuzish 
vaqtida kelgusi yilgi ish ko'rsatkichlarini (guruhlar va 
tarbiyalanuvchilar sonining ortishi, bolalarning muassasada 
bo'Iish vaqti va hokazo] belgilashda o'zi bo'ysungan yuqori 
tashkilotning me'yoriy hujjatlari, buyruq va ko'rsatmalariga 
amal qiladi. Smetaga kiritilgan xarajatlar smeta blankasiga 
keltirilgan aniq hisob-kitoblar bilan asoslangan bo'lishi shart.
Smetaga hisob-kitoblar bilan birga, maktabgacha ta'lim 
muassasasi egallab turgan bino haqida umumiy ma’lumotlar 
(uning hajmi, maydoni, isitish tizimi, elektr, gaz, vodoprovod, 
kanalizatsiya 
tarmog'ining 
mavjudligi), 
shuningdek, 
muassasaning 
ko'lamiga 
oid 
ko'rsatkichlar 
(guruhlar 
hamda bolalar soni va h.k.) ham aks ettiriladi. Bundan 
tashqari, smetaga maktabgacha ta'lim muassasasida faoliyat 
yuritayotgan pedagoglar, tarbiyachilar, enagalar, hamshiralar 
va boshqa xodimlarning ikki nusxada tuzilgan tarifikatsiya 
ro'yxati ilova qilinishi shart.
Smeta loyihasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha ta'lim 
muassasalari tomonidan belgilangan muddatda yuqori 
tashkilotlarga ikki nusxada, zarur hollarda esa uch nusxada 
taqsim etiladi.
Yuqori tashkilot maktabgacha ta’lim muassasasining 
smetasini qabul qilib olgach, eng avvalo, smetaning to'g'ri 
tuzilganini aniqlab, uning to'liq to'ldirilgani, alohida moddalar 
bo'yicha xarajat summalari aniq hisob-kitob qilingani, 
binoning hajmi va maydoni to'g'ri ko'rsatilgani, shuningdek, 
xodimlarning tarifikatsiya ro'yxati ilova qilinganini tekshiradi.
497


Barcha hisob-kitoblar ko'rib chiqilgach, har bir modda 
bo'yicha xarajatlar aniqlanadi va byudjet hisobidan aj- 
ratiladigan xarajatlar unda aniq maqsadlar uchun belgi­
langan summaga tenglashtiriladi. So'ng maktabgacha ta'lim 
muassasasining smeta blankasiga jami xarajatlar (alohida 
modda bo'yicha va umumiy summa), shuningdek, byudjet 
hamda ota-onalar mablag'lari hisobiga ajratiladigan xarajatlar 
kvartallar bo'yicha tasdiqlangan taqsimotga binoan yozib 
qo'yiladi. Smeta yuqori tashkilot tomonidan qabul qilingach
maktabgacha ta'lim muassasasi boshqa xarajatlar va ota- 
onalardan tushadigan mablag'larni har bir kvartal bo'yicha 
taqsimlab, hisob-kitob qilib qo'yadi.
Xarajatlarni 
taqsimlashda 
ba'zilarining 
mavsumiy 
xarakterda bo'lishi (yoqilg'i tayyorlash, sabzavot jamg'arish, 
ta'mirlash ishlari va hokazolar) hisobga olinishi lozim. Agarda 
joriy yilda bolalar sonini ko'paytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, bu 
bilan bog'liq sarf-xarajatlar (ish haqi, bolalarni ovqatlantirish 
uchun sarflanadigan qo'shimcha mablag'lar va h.k.] tegishli 
kvartallar xarajatlari ko'rsatkichlarida aks ettirilishi kerak. 
Smetaning bir nusxasi muassasada qoladi, ikkinchi nusxasi 
yuqori tashkilotga, uchinchi nusxasi esa markazlashgan 
buxgalteriyaga, qishloq kengashiga, moliya bo'limi va 
boshqalarga taqdim etiladi.
Smeta tasdiqlanish blankasining old tomonidagi maxsus 
yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarajatlarning 
jami miqdori, xodimlar ish haqi jamg'armasi, smeta 
tasdiqdangan sana qayd etiladi. So'ngra smetani tasdiqlagan 
yuqori tashkilot boshlig'i imzo chekadi va uning imzosiga idora 
muhri bosiladi. Ta'kidlash joizki, smetani tasdiqlagan tashkilot 
unga o'zgartish kiritishga haqlidir. Bunday o'zgartishlar yuqori 
tashkilotning maktabgacha ta'lim muassasasiga yuborgan 
yozma xati bilan rasmiylashtiriladi.
II. 
Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlash. Maktabgacha 
ta’lim muassasalarining xarajatlar hajmi asosan undagi 
guruhlar va bolalar soniga, har bir bolaning maktabgacha
498


ta'lim muassasasida qancha vaqt bo'lishiga bog'liq. Bunda 
bolalarning umumiy soni va ularning har biri muassasada 
qancha vaqt bo'lishiga oid ko'satkichlar (9-10.5, 12 va 24 
soat) maktabgacha ta'lim va yasli guruhlari bo'yicha alohida 
qayd etiladi. Muassasada sog'lomlashtirish guruhlari mavjud 
bo'lsa, ulardagi bolalar soni ham alohida ko'rsatilishi lozim. 
Bu bo'limda guruhlar va bolalarning yil boshi va yil oxiridagi 
hamda o'rtacha yillik soni ko'rsatiladi. Rejalashtirilayotgan 
yil boshida maktabgacha ta'lim muassasalarida smeta 
tuzilayotgan vaqtda haqiqatda mavjud guruhlar miqdori va 
bolalarning ro'yxatdagi soni keltiriladi. Bu ro'yxatda yuqori 
tashkilot yo'llanmasi bilan muassasaga qabul qilingan barcha 
bolalar qayd etiladi. Agar joriy yil smetasida maktabgacha 
ta'lim muassasasini kengaytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, u 
holda «Yil boshida» grafasida guruhlar miqdori va bolalar 
sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi mumkin bo'lgan 
o'zgarishlar aks ettiriladi. O'zgarishlar bo'lmasa, «Yil oxirida» 
grafasiga yil boshida keltirilgan ma'lumot yozib qo'yiladi. 
Rejalashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha ta'lim 
muassasasida bo'lgan kunlar soni, odatda, davomat tabelidagi 
ma'lumotlar, shuningdek, o'tgan yillar rejasining ijrosini tahlil 
qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan muassasada 
qancha vaqt bo'lganiga qarab aniqlanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin