pedagogika texnologiyalarni o'zlashtirish va ish faoliyatida
qo'llay olish.
Maktabgacha ta'limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish
sohasining metodologik asosini O'zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi,
«Ta'lim
to‘g‘risida»gi
qonun,
Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi
konsepsiya va nizomda ko'rsatib berilgan maqsad va vazifalar
tashkil etadi. Shu bilan birga, maktabgacha ta'lim muassasasi
mustaqil ravishda o'z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan,
qonunchilikka va pedagogik tamoyillarga zid bo'lmagan har
qanday qarorlar qabul qilishga haqlidir.
Tamoyil
-
biror bir sohada, jumladan, ta'lim sohasida ilmiy-
amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
Boshqarish usuli
- boshqaruv subyektining (bizning
holatimizda bu - maktabgacha ta'lim boshqaruvi idoralari,
muassasa rahbariyati va h.k.) muayyan maqsadlarga erishishni
nazarda tutgan holda boshqaruv obyektiga (bizning holati
mizda bu - maktabgacha ta'lim muassasasi, tarbiyalanuvchilar
va h.k.) ta'sir etish usul hamda vositalarining majmuyi.
Boshqarishning psixologik uslublari
-
bu shaxsning
mustahkam psixologik xislatlari - diqqat, idrok, tafakkur,
sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmuyi.
Bu tushunchalar o'zaro bir-birlari bilan uzviy bog'liq
bo'lib, bularning barchasi kishilar o'rtasidagi munosabatlarda
kuzatiladi.
Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida,
shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilib,
ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqda.
Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri uning
ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo'ladi. Zero,
bugun
boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning
izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo'lmaydi.
Albatta, rahbar shaxs muayyan sohani, korxona yoki
502
tashkilotni samarali boshqarishi uchun, avvalo, yetarli malaka
va bilim,
rahbarlik salohiyati, ko'plab ma'naviy-axloqiy xislat
va fazilatlar sohibi bo'lishi darker. Ta'lim sohasi, jumladan,
maktabgacha ta'lim muassasalarini boshqarish ham bundan
istisno emas.
Ushbu muassasalardagi boshqaruv faoliyatida nazariy bilim
va amaliy tajriba va ko'nikmalarni o'zaro uyg'un holda qo'llash
ta'lim-tarbiya bilan bog'liq masalalarni
talab darajasida hal
etish, bu jarayonda foydalaniladigan usul va uslublarni uzluksiz
takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta'lim-
tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shu ma’noda, kadrlar tanlash, tayyorlash, malakasini
oshirish barobarida ularning
rahbarlik salohiyati va
ma'naviyatini yuksaltirish g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: