2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan,
ularning xulqi, xatti-
harakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi
vositalarni topa olishi;
3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan
xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, man-
tiqiy, ixcham bo'lishi lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vosita
lardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka,
ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirib olishlari uchun ularni faol
lashtirib savollardan foydalanishi;
4. Tarbiyachi o'ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bo
lalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularn
ing
diqqatini jalb qilib, faolligini o'stirish, bolalarning xulqini,
xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;
5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan
tayyorlab qo'yishi;
6. Kun tartibini to'g'ri tashkil
eta bilishi, bolalar jamoasiga
undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;
7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va
buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ish-
larida e'tiborga olishi;
8. Tarbiyachi ota-onalar bilan
muntazam ravishda suhbat-
Iar, uchrashuvlar o'tkazib, axborot almashtirib turishi;
9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda
bo'lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo'lsa
ovuntira olishi;
10. Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila
bilishi va uni yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak.
Eng muhimi - tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi,
ularning
mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini
to'g'ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoni-
yat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.
Dostları ilə paylaş: