N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Mashg'ulotning tuzilishi: 
Mashg'ulot quyidagi tuzilishga 
ega: bolalarni uyushtirish, asosiy qism, yakunlovchi qism.
Bolalar mashg'ulotga qiziqib qatnashishlari va unda faol 
ishtirok etishlari uchun uning mazmuni va metodikasi puxta 
o'ylanib olinishi kerak. Bolalar o'quv faoliyatini qanchalik pux­
ta egallab olsalar, tarbiyachini e’tibor bilan tinglab, o'yindan 
mashg'ulotga osonlik bilan o'tadilar.
Bolalarni uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni yig'ib, ularn­
ing mashg'ulotga tayyorligini tekshiradi: tashqi ko'rinishi, 
joy-joyiga to'g'ri o'tirishganligi, diqqatini to'plaganini 
sinab ko'radi.
Mashg'ulot muvaffaqiyatli o'tishi uchun bolalar oldi- 
da turgan faoliyatga qiziqish uyg'otishi, buning uchun bo-
170


lalarning yoshi, qiziqishi, faoliyatiga mos har xil usullarni 
qo'llashi kerak.
Kichik guruh bolalarida mashg'ulotga qiziqish uyg'otish 
uchun bolalarni qiziqtiradigan mazmundagi, kutilmagan, 
topishmoqli usullardan foydalanadi. «Quloq solinglar-chi, 
kimdir eshik qoqyapti! Bu qo'g'irchoq biznikiga mehmon- 
ga kelibdi», - deb mashg'ulotni boshlash mumkin. Bolalar­
ning narsalar va ularning nimaga ishlatilishi to'g'risidagi 
tasavvurini tartibga soluvchi mashg'ulot mana shunday 
boshlanadi.
Katta guruhlarda qanday mashg'ulot bo'lishini tar­
biyachi bolalarga oldindan aytib qo'yadi. Bu bolalarning 
bo'lajak mashg'ulotga qiziqishini orttiradi. Masalan, mus­
taqillik maydoniga ekskursiyaga borishni bolalarga bir 
hafta oldin aytib o'tadi va ularga rasm larni ko'rishni, ota- 
onasi bilan sayr qilganda nimalarni ko'rganini eslashni 
tak lif etadi. Bolalar bu kunni zo'r qiziqish bilan kutishadi.
Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar mashg'ulotning 
zarurligi va majburiyligini tushunishlari, unga ongli ra­
vishda tayyorlanishlari zarur.
Asosiy qism. Mashg'ulotda bolalarga yangi bilim berila­
di, topshiriqni bajarish yuzasidan yo'I-yo'riq ko'rsatiladi, 
qiynalgan bolalarga yordam beriladi. Bolalar bilan 
bo'ladigan jam oachilik munosabatlari alohida munosabat 
bilan qo'shib olib boriladi. Topshiriqni bajarishni hamma 
bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi har xil metod va 
usullarni qo'llaydi.
Mashg'ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqa- 
tini tashkil eta bilish kerak. Bu bolalar oldiga qo'yilgan 
aqliy vazifaga bog'liq. Bolalarga qanday ishlar olib bo­
rish zarurligi ko'rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim 
bolalarga alohida takrorlash shart emas, balki hamma 
bolalarni e'tibor bilan eshitib o'tirishga o'rgatish kerak, 
zarurat tug'ilsagina takrorlash mumkin.
171


Bog'chadagi bolalar o'qish, yozishni bilmaganlari uchun 
o'tilgan materialni qaytarib mustahkamlay olmaydilar, 
shuning uchun bolalarga berilgan bilimni mustahkamlash 
uchun tarbiyachi takrorlash va mashq qildirish usullari- 
dan foydalanadi. Mexanik qaytarish, yodlatishdan qoch- 
ish kerak, chunki anglab olinmagan m aterial tezda esdan 
chiqadi.
Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni 
to'ldirib, tartibga solib boradi, bu bolalarda bilimga qizi­
qish uyg'otadi va shu narsa to'g'risidagi tasavvur va tu- 
shunchalarini 
chuqurlashtiradi. 
Mashg'ulotni 
dastur 
maqsadi va bolalar yoshiga qarab mustahkamlashning har 
xil usullari qo'llaniladi.
Bolalar o'zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo'lgan 
m aterial so'z orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun u yo­
ki bu ishni bajarishda bolalardan uni qanday amalga oshir- 
moqchi ekanini so'z bilan tushuntirib berish talab etiladi 
(masalan, son-sanoqga o'rgatishda, qurish-yasashda, rasm 
chizganda qanday qilishi, qanday tartib bilan bajarishi, 
buning uchun qanday materialdan foydalanishni tushun­
tirib berishi talab etiladi}.
Mustahkamlash jarayonida didaktik m aterial bilan ba- 
jariladigan mashq aqliy vazifani o'z ichiga olsa, bolalarda 
mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Masalan, son-sanoq mashg'ulotida bolalar sanash ma­
terial bilan o'zlari mashqlarni mustaqil bajarishadi: tarbi­
yachining topshirig'iga qarab narsalar sonini kam aytiri- 
shadi yoki ko'paytirishadi. Buning uchun o'yinchoqlardan 
ham foydalanish mumkin.
Mashg'ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qat- 
nashishini va ishni o'z vaqtida puxta amalga oshirishlarini 
nazorat qilib boradi. Agar mashg'ulot yakka tartibda olib 
boriladigan bo'lsa (rasm, loy va plastilindan narsalar ya- 
sash, qurish-yasash, konstruksiyalash), bolalar ishni har
172


xil vaqtda bajarganliklari uchun tarbiyachi mashg'ulot tu- 
gashiga bir necha daqiqa qolganda mashg'ulotni tugatish 
kerakligi to'g'risida ularni ogohlantiradi.
Mashg'ulotni 
tugatayotib, 
tarbiyachi 
o'tkazilgan 
mashg'ulotga yakun yasaydi: bajarilgan ishni bolalar bi­
lan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg'ulotda qat- 
nashganini gapiradi, ba'zan kelgusi mashg'ulotda nimalar 
o'tishlarini aytadi.
Bolalarning o'quv faoliyatini yaxshi egallab olishlari 
ular bilimini to'g'ri baholashga bog'liq.
Qo'yilgan vazifaning bajarilishiga qarab baho berili- 
shi kerak. Bolaning ishini to'g'ri baholab, «to'g'ri» yo­
ki «noto'g'ri» deyish bola uchun oddiy maqtovdan ancha 
qimmatlidir.
Ish qanchalik yaxshi tahlil qilinsa, u bolaning kelgusida 
ishini tuzatib olishiga yaxshiroq imkoniyat yaratadi.
Mashg'ulotdan keyin tarbiyachi bolalarni o'yinga tak- 
lif etadi, boshqa mashg'ulot bo'Imasa, sayrga tayyorlani- 
shadi.
Mashg'ulotda tarbiyachining bolalarga qo'yadigan ta- 
labi ularning yoshi va imkoniyatlariga mos bo'lishi kerak. 
Birinchi kichik guruh bolalarini ikkiga bo'lib mashg'ulot 
o'tiladi. Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg'ulot 
o'tkazganda ikkinchi guruh bolalariga enaga qarab tura- 
di. Tarbiyachi mashg'ulot paytida hamma bolalarning faol 
qatnashishlariga harakat qiladi: savolga to'g'ri javob ber- 
ishlarini, tayyorlanishi kerak bo'lgan jihozlar, bolalar bi­
lan olib boriladigan dastlabki ishlar (agar bunga zarurat 
bo'lsa), mashg'ulotning borishi va tarbiyachi foydalana- 
digan metodik usullar ko'rsatiladi. Mashg'ulot jarayoni­
ni bayon etib yozishda mashg'ulotning boshi va oxirida 
(yakun chiqarish va keyingi faoliyat turiga o'tishda) bo­
lalarni uyushtirishni alohida ajratib ko'rsatish kerak.
Mashg'ulot muvaffaqiyatli o'tishi uchun jihozlarni o'z 
vaqtida tayyorlash zarur. Ularni tanlash mashg'ulotning
173


mazmuniga va tarbiyachi belgilagan metodik usullarga 
bog'liq.
Odatda metodika kabinetida «MTMda ta'lim -tarbi­
ya dasturi»ning hamma bo'lim lari bo'yicha metodik 
qo'llanm alar bo'ladi. Yetishmaganini tarbiyachi o'zi tay- 
yorlaydi, ba'zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bo­
lalarini jalb etadi. Mashg'ulot uchun kerakli m ateriallar­
ni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, di­
daktik m ateriallar hamma bolalar uchun yetarli ekanligi- 
ni tekshiradi.
Agar tarbiyachi ekskursiya o'tkazadigan bo'lsa, u old­
indan ekskursiya o'tkaziladigan joyga borib kelishi, kuza­
tish uchun obyekt tanlashi, bolalarni qanday joylashtirish- 
ni o'ylab qo'yishi, eng yaqin va xavfsiz m arshrutni tanlashi 
kerak. Mayda sanoq m aterial!, rasm mashg'uloti, applikatsi- 
ya, qurish-yasash uchun m ateriallar, she'r, ertak m atnlari 
oldindan tayyorlab qo'yiladi. Ba'zi mashg'ulotlarga tay­
yorgarlik ancha oldin boshlanadi. Masalan, kichik guruh 
bolalariga ekish yoki ko'chat o'tkazishga qiziqish uyg'otish 
uchun ularga ko'karib turgan o'simlikni ko'rsatish kerak. 
Buning uchun uni avval yetishtirish zarur.
Navbatchilar mashg'ulotga kerakli jihozlarni tayyorlay- 
dilar, stol, stullarni qulay qilib joylashtiradilar, qo'llanma 
va, m ateriallarni qo'yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya va mu­
siqa mashg'ulotlaridan oldin bolalar poyabzalni almashti- 
radilar, sport formasini kiyadilar.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin