N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

rivojiantirish
aqliy 
tarbiyaning 
muhim
vazifasidir.
Aqliy mehnat madaniyati aqliy faoliyatning maxsus malaka­
lari va ko'nikmalarini, kitob bilan ishlash ko'nikmalarini egal-


lash darajasi, ilmiy bilish usullari va metodlarini, turli yordam- 
chi vositalardan foydalanish bilan ham bog'liqdir. Aqliy tarbiya 
vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbi- 
yalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo'lgan bir qancha 
vazifalarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni 
aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada 
rivojlanganligini bolaning aqliy ko'rsatkichining yuqoriligida 
ko'rish mumkin.
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta ’lim
berishning o'ziga xosligi
Ta’lim - maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatla- 
rining muntazam rejali ravishda rivojlantirib borish, MTMning 
ta'lim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar siste- 
masi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllan- 
tirishdan iborat. Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga aqliy 
tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o'ynaydi. Ta'lim jarayonida 
aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim - bo­
lalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va 
sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini ri- 
vojlantirishni nazarda tutadi.
Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkov- 
lik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yor­
dam beradi. Ta'lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini mu­
vaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTMda bo­
lalarga madaniy - gigiyenik ko'nikmalar, asosiy harakatlar 
o'rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o'zlashtirib oladi­
lar.
Ta’lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyatlari asoslari hosil 
qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun muhim 
shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’limni ikki yo'l bilan amalga oshi­
rish maqsadga muvofiqdir:

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin