N. M. Kayumova


M ashg'ulotlarda tarbiyachin ing yetakchilik roli va



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

M ashg'ulotlarda tarbiyachin ing yetakchilik roli va
uni o'tkazishga tay yorgarlig i. 
Tarbiyachi MTMda asosiy 
shaxs hisoblanadi. Butun g'oyaviy-tarbiyaviy ishlarning 
sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bi­
lish darajasi tarbiyachining g'oyaviy-siyosiy va ilmiy-pe- 
dagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik 
mahoratiga va ishga bo'lgan ijodiy munosabatiga bog'liq.
Bolaning o'quv faoliyatiga bo'lgan munosabati ko'proq 
uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.
174


> Tarbiyachining o'ziga xos xususiyati - uning yuksak 
kasb mahoratidir. Eng muhimi - bolaning ruhiyati- 
ni, yosh va o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlari­
ni bilishdir,
> Bolalar bog'chasi dasturi bolalarning yoshini, jis­
moniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzil- 
gani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyat- 
ning qay vaqtda va qanday namoyon bo'lishini oldin- 
dan ko'ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlan- 
gan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi.
> Tarbiyachi o'z guruhidagi har bir bolaning jismoniy 
tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoli­
yati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy axloqiy, 
mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uc­
hun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir 
boladagi o'ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan hol­
da undagi o'ziga xos xususiyatlarni (zararli bo'lsa] 
yo'qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo'yadi.
> Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson 
bo'Iishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoni­
yatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha ta'lim yo- 
shi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta'siri ju­
da katta bo'ladi. Chunki, bu davrdagi har bir taas- 
surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
Bolani tushuna bilish va uning ma’naviy dunyosiga ki- 
ra olish tarbiyachidan zo'r kasb tayyorgarligini talab eta­
di. Bola bilan jonli munosabatda bo'lish - fikrlar manbayi
pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz 
tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib bo'lmaydi.
Mashg'ulotda tarbiyachi o'z ovozidan qurol sifatida foy- 
dalanishi mumkin. Sekin, tinch ovoz bolaga yaxshiroq 
ta’sir etishini pedagog bilishi zarur. Bolaga qattiqroq va 
qat'iy gapirish mumkin, ammo bunda so'z ohangi bolaga 
tinchlantiruvchi ta'sir etishi lozim.
175


Tarbiyachi asosan bolaning normal ruhiy taraqqiyoti 
asosi bo'lgan jismoniy rivojlanishiga alohida e'tibor beri- 
shi lozim.
Bolaning ko'p vaqt harakatsiz o'tirishi uning sog'lig'i 
uchun juda zararli, u bolaning har tomonlama rivojlanishi- 
ni sekinlashtiradi.
Bolaning ko'p harakatlarni o'tirib bajarishi ham gavda 
tuzilishining noto'g'ri o'sishiga olib keladi. Shuning uchun 
faoliyat turlarini alm ashtirib borish maqsadga muvofiq- 
dir.
Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch, 
quvnoq muhitni tashkil etish lozim. Bolani: «Tezroq yuvi- 
ninglar - nonushtaga kech qolyapmiz», «O'yinchoqni tez­
roq yig'ishtiringlar, sayrga yoki mashg'ulotga kech qol­
yapmiz» va hokazo deb shoshiltirish kerak emas.
Ta'lim berganda uni shunday tashkil etish kerakki, har 
bir bola faol ishlasin va har biri ijobiy natijaga erishsin.
Bolalarning mashg'ulotda olgan bilim va malaka- 
lari boshqa faoliyat turlarida qo'llanilishi mumkin. Bo­
lalar olgan bilim larini qo'llay olishlari ularning yaxshi 
o'zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya'ni ular hech 
qanday qiyinchiliksiz bu bilimlardan foydalanishlari 
mumkin. Ta'limning amaliy ahamiyati ham ana shundan 
iboratdir.
Agar bolalar yetarlicha bilim va malakalarga ega bo'lsa, 
ular bilan xilma-xil m ashg'ulotlar o'tkazish mumkin, bu 
mashg'ulotlarda bolalar mavjud bilimlardan ijodiy foy- 
danishlari: bemalol rasm chizishlari, biror narsani qur- 
ish yoki yasashlari, hikoya qilib berishlari mumkin. Bu 
m ashg'ulotlar odatdagi mashg'ulotlardan boshqacharoq 
qilib tashkil etiladi: bolalar ixtiyoriga har xil m aterial­
lar beriladi va ularga rasm mavzusini o'zi belgilash, qu- 
rilishni o'zi o'ylab topish, hikoya tuzish imkoniyati yara- 
tiladi. Bunday m ashg'ulotlar dasturning ayrim bo'lim lari 
bo'yicha ta'limning yakunlovchi bosqichlarida o'tkaziladi.
176


Bolalar olgan bilimlaridan o'z o'yinlarida keng foydala­
nadilar: rasm chizish, qirqib olish, qurish-yasash soha- 
sidagi m alakalarni qo'llab zarur jihozlarni tayyorlaydilar, 
inshootlar barpo etadilar va hokazo. Olingan bilim lar turli 
xil o'yinlarning mazmunida aks ettiriladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin