Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojianti
rish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim
o'rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini
shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan
pedagogik ta’sir sistemasidir.
Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg'a su-
ruvchi usullar majmuyi bo'lib, ma'nan yetuk, mustaqil fikrlov-
chi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Shi-
fokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan Maktabgacha ta'lim
metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida-
gi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-ona
lar o'z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg'ularini
uyg'ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odam-
larga, balki o'z ota-onasiga ham hissiz bo'lib qoladilar. Monte
sori metodikasi bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sen
sor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak;
1. Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish.
2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to'liq shakllan-
magan barcha ruhiy jarayonlarni rivojiantirish kerak. Chunki
diqqat, intellekt va iroda to'liq rivojlanmagan bo'ladi.
3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo'lish.
4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojiantirish, so'z boyliklari-
ni oshirish.
5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq
tarzda, o'z-o'ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojian
tirish.
Yuqorida ko'rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish
uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullari
ni tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa, aqliy faoliyatni ri-
vojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: