VII BOB, AXLOQIY TARBIYA
Axloqiy tarbiyaning nazariy asoslari
Axloq so'zi - lotincha «myeros», ya'ni moral, mantiq so'zidan
kelib chiqib, u hech qayerda qat'iy yozib qo'yilmagan
ijtimoiy
qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalari-
dan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari
har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy
tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, har
qanday vaziyatlarda o'zini ana
shu normalarga munosib tuta
oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy
tarbiyalangan kishida barqaror ma'naviy motivlar shakllan-
gan bo'ladi. Bu motivlar esa o'sha
kishini jamiyatda munosib
xulq-atvorga rag'batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnat
ga, o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga
muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy
tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni
talab qiladig;an murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ong
li ravishda o'zlashtirib olishgina o'quvchilarga atrofdagi kishi
lar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon
ekanligini anglab olishga yordam beradi.
Axloqiy tushunchalaming turli yosh davrlarida
shakllanish darajasi
Axloqiy
onglilik
185
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, muayyan jami-
yatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo'lgan ma'lum xat-
ti-harakat qoidalari yig'indisidir.
Axloq
odamlarning bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq
mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xat-
ti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo'Iadi.
Axloq
- kishining ichki olami, e'tiqodi, fazilatlari sifatida
mavjud bo'lsa, odob - shaxsning ko'zga tashlanadigan muloza-
mati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo'Iadi.
Qadimgi
faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq
malasalari markaziy o'rinni egallab kelgan. Ular axloq-odobni
jamiyatning «poydevori» deganlar. Shuning uchun jamiyatning
har bir a'zosining xulqi-odobiga alohida e'tibor bilan qaraladi.
Muqaddas Qur'oni Karimda va payg'ambarimiz Muhammad
Alayhissalomning hadislarida insoniy
axloq-odobning barcha
qirralari o'z ifodasini topgan.
Quyidagi hadislarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobi-
ni ham yaxshilangizlar», «Men barcha yaxshi axloqni takomil-
lashtirish uchun yuborilganman», «Mo'min kishida quyidagi
ikki xislat bo'lmasligi kerak: baxillik va axloqsizlik».
Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik
bo'lmish ilm-u ma'rifat, ta'lim va
tarbiyani inson kamoloti va
millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar.
Albatta, ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda
ong darajasi va uning
rivojini ham belgilaydigan, ya'ni xalq
ma'naviyatini boyitadigan eng muhim omildir»7.
Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oila
viy va fuqarolik axloq asoslarini o'z ichiga olgan. U 40 bob-
dan iborat. Muallif asarda adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob,
ishonch, va'daga vafo qilish masalalari haqida so'z yuritadi.
Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida axloqiy
muammolar, ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi.
Asarni
yozishda muallif Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sinolar-
Dostları ilə paylaş: