N. M. Kayumova


Jamoa - shaxs axloqiy kamolotining asosi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Jamoa - shaxs axloqiy kamolotining asosi
Jamoa so'zi lotincha «kollektivus» so'zining tarjimasi bo'lib, 
omma, birlashma, yig'ilma, guruh ma'nolarini anglatadi. Aniq- 
roq aytiladigan bo'lsa, jamoa bu kishilardan iborat guruh de- 
makdir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi ahami­
yati to'g'risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish 
davridanoq bildirilgan.
Kishilarning jamiyatda birga yashashi, o'zaro bir-birini 
qo'llab-quvvatlashi, ozchilikdan-ko'pchilikning afzalligi haqi­
da Payg'ambarimiz s.a.v.ning hadislarida: «Ikki kishi bir kishi- 
dan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to'rt kishi uch kishi- 
dan yaxshi, ko'pchilik bilan birga bo'linglar. Tangri ummat- 
larini faqat to'g'ri yo'lda borishlikka birlashtiradi», deyilgan. 
Kishilarning boshiga yaxshi kun ham, yomon kun ham tush- 
ganda, albatta, mahalla, qarindosh-urug' madadkor bo'ladi. 
Buni biz urf-odatlarimizda ko'rishimiz mumkin. M: hasharlar, 
to'yga to'yona bilan kelish va hokazo.
Shaxsni shakllantirishning muhim omillari bo'lgan jamoa 
to'g'risidagi ta'limot axloq tarbiyasida muhim o'rinni egallay- 
di. Buning uchun bolalarni asta-sekin, avval bir necha kichik- 
kichik guruhlarda uyushtirib, so'ng birgalikda biron ishni ba- 
jarishga tortish kerak. Bunda qo'yilgan maqsad bolalarga tu- 
shunarli bo'lishi kerak. Umumiy ish har bola ozgina bo'lsa ham 
ishtirok etadigan qilib tashkil etilishi lozim. Bunday xususi- 
yatlarni tarbiyalashda san’at, bolalar bayramlari, birgalikdagi 
mehnat va faoliyatlarning tutgan o'rni kattadir.
Bolalar o'yinlari va mehnatining jamoa tusida bo'lishi alo­
hida ahamiyatga ega. Bular bolalarni birga harakat qilishga,
192


o'z intilishlarini umumiy maqsadga yo'naltirishga, o'z ishini 
va maqsadini boshqarish ishi va harakatiga bo'ysungan holda 
boshqarishga o'rgatadi.
Bola yoshlikdan boshlab, o'zida boshqalar bilan, bolalar ja- 
moasi bilan muloqotda, birgalikda bo'lishga ehtiyoj sezadi. 
Ammo kichkina bola jamoani o'zi tanlay olmaydi. U biron ja- 
moaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. Yashab turgan joy- 
dagi yoki ota-onasini ish joyidagi maktabgacha ta'lim muas- 
sasalariga qatriay boshlaydi. Bu muassasalarga bola o'z xohi- 
shi bilan bormaydi. Shunga qaramay bola bu jamoaning qonun- 
qoidalariga bo'ysunishi, uning tartiblariga rioya qilishi shart. 
Aks holda uni jamoa kechirmaydi. Natijada bola o'zi yashayot- 
gan axloq, odob tajribalarini egallashga majbur bo'ladi. Shu­
tting uchun buyuk mutafakkir A.Navoiy bola yoshligidan oqil 
va fozil kishilar jamoasida qatnashib, ularning suhbatlaridan 
bahramand bo'lishlarini tavsiya etadi.
Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ich­
ki jihatlariga katta ahamiyat bergan. U jamoada shakllangan 
eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko'rsatgan edi:
- Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyor- 
ligi;
- O'z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning 
uchun g'ururlanish asosida o'z qadr-qimmatini anglash;
- Uning a'zolari o'rtasidagi do'stona birlik;
- Jamoaning har bir a'zosidagi do'stona birlik;
- Tartibli, ishchan harakatga yo'llovchi faollik;
- O'z hissiyot va so'zlarini boshqara olish ko'nikmasi.
Bolalar o'zaro yashayotgan jamoaga bo'lgan munosabatiga
qarab bir necha guruhga bo'linadi. Birinchi guruh ijobiy xulq- 
li bolalar bo'lib, ularni jamoa a'zolari hurmat qiladilar. Bu toi- 
fadagi bolalar jamoasining faollari bo'lib, tarbiyachi jamoa mu- 
nosabatlarini o'rnatishda ularga suyanadi.
Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollar tashabbusiga qo'shiladi, 
ammo barqaror bo'lishadi.
193


Uchinchi guruhdagilar tortinchoq bo'lib, o'yinda qatnash- 
maydi, mashg'ulotlarida ham sust bo'lishadi, bunday bolalarga 
alohida e'tibor va yordam berish zarur.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin