Abstract
: The period of independence in Uzbek poetry folklorisms also
reveals features such as the emergence of creative intent and the expression of the
problems of the time.
Poets such as Abdulla Aripov, Azam Oktam, Farida Afroz,
Iqbol Mirzo also skillfully used folklorisms traditions and folklorisms to convey
philosophical observations and the psyche of the lyrical subject and folklorisms in
the style of the poets of the time.
Analytical folklorisms serves to reveal the idea of
a lyrical work, that is, the period described in the work provides the basis for the
expression of problems, socio-moral, spiritual and spiritual state, as well as their
analytical observation. Analytical folklorisms appear in the epigraph of the
composition of the lyrical work, the first line of the poem, the first line of each
verse and the last line of each verse and serves as a proof of the poet's opinion and
the effectiveness of the image of the lyrical experience, the creation of national
characters, in general, the emergence of artistic and aesthetic ideals.
The article describes the poetic functions of analytical folklorisms in the
poetry of poets such as Azam Oktam, Farida Afroz, Iqbol Mirzo, who wrote in the
poetry of the independence period.
In particular, it discusses the role of analytical
folklore in the composition of lyrical works, the ability of poets to use analytical
folklorisms.
Key words:
folklore,
folklorism, simple folklorism, complex folklorism,
analytical folklorism, stylistic folklorism, lyrical composition, lyrical experience,
work idea
, poetics.
Istiqlol davri adabiyotida ham folklorizmlardan ijodiy foydalanish an’anasi
davom ettirildi. Bu davr she’riyatida ijod qilgan A’zam O‘ktam, Farida Afro‘z,
Abdulla Oripov, Iqbol Mirzo kabi shoirlarimiz folklorizmlardan o‘z davri
muammolarini yoritishda, lirik sub’ekt falsafiy mushohalarini hamda ruhiyati
tasvirini berishda mahorat bilan foydalandilar.
70
Yozma adabiyotning folklordan foydalanishi, uning ta’sirida asar yaratishi
folklorizmdir [8,15]. Analitik folklorizm haqida B.Sarimsoqov ”
... asarning
badiiy to‘qimasi, uning yetakchi g‘oyasi bilan organik birikib keta olmasligi
jihatdan xarakterlanadi. Ijodkor o‘z asariga o‘z o‘rni bilan folklorga oid biror
motiv yoki syujetni qistirib ketadi va shu orqali o‘zi tasvirlamoqchi bo‘lgan
epizodga falsafiy-didaktik ruh bag‘ishlashga, tasvirning emotsionalligini oshirishga
erishadi” [6,354] – deydi. L.Sharipova esa folklorga mansub satr yoki bir band
she’r yozma she’r tarkibida aynan keltirilsa, analitik folklorizm sanalishini
ta’kidlaydi [9,134].
Xalq og‘zaki ijodidagi xalq qo‘shiqlari, mif, afsona, rivoyat, ertak kabi
janrlarga oid biror satr yoki bir band she’r yozma she’r tarkibida muallif
tomonidan aynan keltirilishi (g`oyaviy maqsadni yuzaga chiqarish uchun) analitik
folklorizmdir. Farida Afro‘zning “Iltijo” she’rida o‘zbek xalq ertagi bo‘lgan
“Yoriltosh” dagi qo‘shiqning bir satrini keltirish kuzatiladi. Ushbu she’rda
keltirilgan analitik folklorizm lirik asar g‘oyasini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi,
ya’ni asarda tasvirlangan davr muammolar, ijtimoiy –axloqiy, ma’naviy-ruhiy
holatni ifodalashga hamda ularni analitik mushohada etishga zamin yaratadi.
Ertakdagi xalq qo‘shig‘i va yig‘i janri ritmi birlashib, otasi vafot etgan qizning
qalb iztiroblarini berishda vosita bo‘lib keladi.
“Iltijo” she’ri to‘rt misradan iborat bo‘lgan qaytariqli bandlar ko‘rinishida
shakllantirilgan. She’rning har bir bandi 1-misrasida “Yoriltosh” ertagidagi
qo‘shiqning “Yorilgin, tosh, yorilgin-ey“ parchasi keltiriladi. Ushbu she’rda
analitik folklorizm lirik asarning lirik kirish vazifasini bajaruvchi ilk misrasida
hamda har bandning ilk misrasida takror qo‘llanadi. Analitik folklorizmning
she’rning har bir bandi misrasida takror qo‘llanishi lirik sub’ektning alam-iztirobga
to‘la kechinmalarining ta’sirchan ifodasiga xizmat qilgan:
Yorilgin, tosh, yorilgin-ey,
Men otamni ko‘rayin
Tuproq to‘lgan ko‘zlarini
Tilim bilan yalayin [2,320].
Band misralarida vafot etgan otani ko‘rish istagi yetakchilik qiladi. Shoira
ertakdagi qo‘shiqning mohiyatini o‘zgartirgan holda qo‘llaydi. Bizga ma’lumki,
“Yoriltosh” ertagi o‘gaylik motivi asosida shakllantirilgan. Ertakdagi qo‘shiqda qiz
o‘gay akasiga turmushga chiqishini xohlagan otasini ko‘rishni istamaydi, natijada
Yaratganga iltijo qiladi va toshning orasiga yashirinadi. Farida Afro‘z “I
ltijo
”
she’rini ertakdagi ayni shu iltijo ohangini saqlab qolgan holda shakllantiradi va
yetimlik motivini berishda foydalanadi. Biroq she’rning mohiyatiga parodoksal
munosabatda bo‘ladi, ya’ni qo‘shiqning lirik sub’ekti bo‘lgan qiz otasini ko‘rishni
xohlaydi va uni ko‘rsatishni otasining qabridan iltijo qiladi:
71
Yorilgin, tosh, yorilgin-ey,
Yo‘qotganim tillomni top.
Hali meni yumushim ko‘p,
Gapim ko‘pdir otambop.
Lirik sub’ektning o‘z otasini “tillom”, “otajon” kabi murojaatlari xalqning
yig‘i-yo‘qlovlari mazmunini yodga soladi, she’rdagi ushbu sifatlash va murojaatlar
esa lirik sub’ektning otasiga cheksiz muhabbati ifodasiga xizmat qiladi. Shoira
she’rda marhumning ruhi haqidagi alohida bir afsona yoki rivoyatga asoslanmaydi.
Balki she’rda marhumning ruhini o‘lmaydi deb tasavvur qilish bilan bog‘liq
animistik qarashlarni ifodalovchi mif va afsonalarining mohiyatini sintez qilib
yuboradi. She’rning keyingi bandidagi ayriliq, hijron, falakdan shikoyat motivlari
“yaxshiga kun yo‘q, yomonga o‘lim” maqolining mazmunini berish orqali
ifodalanadi:
Evoh, falak, tushunmayman,
Jumboq erur har ishing,
Yaxshilarga yuriming yo‘q,
Yomonga hech o‘liming!
Shoiraning “Iltijo” she’ri xalq qo‘shiqlariga xos barmoq vaznida yig‘i-
yo‘qlovlar ritmida yozilgan, biroq undagi bandlar noodatiy qaytariqli band
ko‘rinishida shakllantirilgan.
Farida Afro‘zning “Nikoh yoxud ayolning yaratilishi haqida rivoyat”
she’rida xalqimizning milliy urf-odatlari, turmush tarziga xos jihatlar tasviri orqali
lirik qahramonning o‘z xalqi va yurtiga bo‘lgan cheksiz muhabbati ifodalanadi.
Ushbu she’r ham voqeaband bo‘lib, milliy xarakter tasviri analitik folklorizm
vositasida yaratiladi:
O‘zbek elim azaldan
To‘yni yaxshi ko‘radi.
Duosi-to‘y, o‘yi-to‘y
To‘yda davron suradi.
Ikki yoshni qo‘shmoqlik
Savob deydilar vojib.
Falonchining o‘g‘liga
Falonchi qiz munosib[2,210].
She’r bandlarida tasvirlangan to‘y marosimida xalqning turmush tarzi, milliy
o‘ziga xosligi adabiy etnografizmlar orqali tasvirlanadi. “Yozma adabiyot
asarlarining matnida qo‘llanilgan xalq turmush tarzi, marosim va an’analari, rsm-
rusumlari, an’anaviy qarashlari va e’tiqodiy ishonchlariga oid talqinlarni adabiy
etnografizmlar deb baholash lozim [7,12].
O‘rgilay, tanti elim,
72
Himmatingga qul bo‘lay,
Bir savob deb gir chopgan,
Qadamingga yo‘l bo‘lay!
Aytgin,ena, qay yurtda,
Qay elatda himmat bor?
Nechun bu so‘z muqaddas,
Savobda ne hikmat bor?
She’rning keyingi misralarida o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, bolajonligi,
mehr-oqibatliligi kabi fazilatlari ena va bola o‘rtasidagi savol-u javob asosida
ko‘rsatiladi:
Nega shuncha jonbozlik?!
Savob bo‘ladi,bolam,
To‘y boshida shahbozlik?
Savob bo‘ladi,bolam,
O‘zi kiymay kiydirar?
Savob bo‘ladi, bolam,
O‘zi yemay yedirar?
Savob bo‘ladi,bolam.
She’r kompozitsiyasida keltirilgan analitik folklorizmlar “hikoya ichida
hikoya” keltirish usuli asosida beriladi. Ya’ni, she’rda payg‘ambarimizning qizlari
Fotima to‘g‘risidagi rivoyat, rivoyat ichida esa Odam Ato va Momo Havo haqidagi
rivoyat keltiriladi:
Alqissa shu, jumlaga,
Tavfiq tilay Xudodan.
Qoldi shu ajib doston,
Fotimai Zahrodan.
O‘zbek eli shu sabab,
To‘yni yaxshi ko‘radi.
Duosi-to‘y, o‘yi-to‘y,
To‘yda davron suradi.
Voqeaband she’r kompozitsiyasida kelgan analitik folklorizm o‘zbek
xalqining milliy xarakterini yaratishga xizmat qiladi.
A’zam O‘ktamning “Qo‘shiq” she’ri analitik folklorizm hamda qo‘shiq janri
va ritmi stilizatsiyasi asosida yaratilganligi bilan ajralib turadi. She’rning yondosh
matni bo‘lgan sarlavhaning qo‘shiq deb nomlanishi hamda sarlavha ostida “xalq
yo‘lida” izohining berilishi uning xalq qo‘shiqlari ohangida yaratilganligini
anglatadi. Shoir she’rning ilk bandini xalq qo‘shig‘idan olingan parcha – analitik
folkorizm asosida shakllantiradi:
Farg‘onadan kelaman,
73
kelasanmi yor-o, kelasanmi, yor?
Senga oshiq bo‘lganligim
bilasanmi yor-o, bilasanmi, yor?[1,146] .
Shuningdek, shoir she’r misralarida “birovga choh qazimoq”, “bir boshga bir
o‘lim”, “yakkaning yori xudo” kabi maqol va xalqona iboralardan foydalangan
holda jamiyatdagi yomon illatlarga to‘la insonlarning tanlovi noto‘g‘ri degan
fikrni she’r misralari qatiga singdiradi.
Odamlar bor dunyoda
g‘oyatda makkor-ey, dog‘uli, ayyor —
Soyangni ham choh kavlab,
ko‘mmoqqa tayyor-ey, ko‘mmoqqa tayyor.
Analitik folklorizmlar lirik asar kompozitsiyasining turli o‘rinlarida
qo‘llanishi mumkin. Yuqoridagi Farida Afro‘zning “Iltijo” she’rida bandning ilk
misralarida qo‘llangan bo‘lsa, quyida keltirmoqchi bo‘lganimiz Iqbol Mirzoning
“Ramazon” she’rida she’rning ramka unsurlaridan bo‘lgan epigrafda keladi.Ushbu
she’rda xalq qo‘shiqlaridan bo‘lgan “Ramazon” qo‘shig‘idan olingan ikki misra
she’r g‘oyasini ifodalashda kalitlik vazifasini bajargan:
Ramazon aytib keldik eshingizga,
Xudoyim o‘g‘il bersin beshigingizga...
She’rda serfarzandlik hamda farzandsizlik o‘rtasidagi zid munosabatni
tasvirlash orqali befarzand Yoqub polvonning farzandsizlikda chekayotgan
iztiroblari ta’sirchan ifodalanadi. She’r befarzand Yoqub polvonga ezgu tilak bilan
yakunlanadi:
Do‘st, tirnoqqa zor bo‘lma, ko‘rmagil tirnoqcha g‘am,
Har yili ko‘ztumorlar osilsin beshigingga.
Mening ham yelkamdagi yukimni olsin bolam,
Ramazon aytib borsin bir kuni eshingga [3,188].
She’rda beshikka ko‘z tegmasin deb ko‘ztumor osish, ramazon oyida ramazon
qo‘shig‘ini aytish va farzand tilash udumining mavjudligi kabi etnografik
folklorizmlarni qo‘llash orqali befarzandlikning og‘ir yukini ko‘tarib yurgan
Yoqub polvon kechinmalarini o‘quvchiga his qildirishga erisha olgan.
Iqbol
Mirzoning
“Boychechak”
she’rida
xalq
qo‘shig‘ining
“Boychechagim boylandi” misrasi har bir bandi so‘nggida keladi. Bu haqda
L.Sharipova shunday deydi: ”Iqbol Mirzoning “Boychechak” she’rida esa xalq
qo‘shig‘ining “Boychechagim boylandi” satri bandlarni o‘zaro tutashtiruvchi satr
sifatida keltirilgan. She’r kompozitsiyasini yaxlitlovchi vositaning xalq
qo‘shig‘idan olinishi she’rning el ko‘ngliga tezroq yetib borishini ham
ta’minlagan” [8,28]:
Ko‘zlarimning muzini
74
Ko‘z bilan ertigan qiz,
Anduhlarim izini,
Bir kulib, aritgan qiz,
Boychechagim boylandi[4,2].
Bizga ma’lumki, boychechak, binafsha obrazlari xalq qo‘shiqlarida ilk
bahor elchisi, ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi darakchisi sifatida talqin
qilinadi. Yozma adabiyotda ham mazkur obrazlar turli davrlarda turlicha
talqinlarga ega bo‘lgan motiv obraz sanaladi. Shoir ana shu obrazdan lirik sub’ekt
– oshiqning qalb kechinmalarini berishda vosita sifatida foydalanadi.
Boychechagim – oychechak,
Osmon bo‘ldim, yorijon
Yulduzni quchgan kecha
Bag‘rim to‘ldi, yorijon
Boychechagim boylandi.
She’rda boychechak ramzi orqali lirik qahramon – oshiqning muzlagan
qalbiga ishq solgan, unga bahoriy kayfiyat – yoshlikdagi sevgini qaytargan qiz
ma’nosi ifodalanmoqda. She’r besh misrali olti banddan iborat bo‘lib, she’r
bandlarini bir-biriga bog‘lash vazifasini o‘tovchi analitik folklorizm lirik kechinma
silsilasini izchil berishga xizmat qilgan. Shuningdek, analitik folklorizm bo‘lgan
“Boychechagim boylandi” misrasi she’rning ritmik-intonatsion xususiyatlarini xalq
qo‘shiqlari ohangida (4+3=7 )shakllantirishga xizmat qilgan. Shu o‘rinda xalq
qo‘shiqlarining ritmik-intonatsion xususiyatlariga to‘xtalsak. Xalq qo‘shiqlari yetti
yoki sakkiz hijoli barmoq vaznida bo‘ladi hamda 4+3 yoki 4+4 turoqlanish asosida
qofiyalanadi.
Xalq
lirikasini
o‘rgangan
Asqar
Musaqulov
xalq
qo‘shiqlaridan:”To‘p qayrag‘och tagida / to‘p o‘ynagan yetimlar” qo‘shig‘ini
keltirgan hamda qo‘shiqning an’anaviy barmoq vaznlaridan biri – yettilik
bo‘g‘inda [5,19] yaratilganligini ta’kidlaydi.
Xulosa qilib aytsak, istiqlol davrida ijod qilgan Abdulla Oripov, A’zam
O‘ktam, Farida Afro‘z, Iqbol Mirzo kabi shoirlar analitik folklorizmlardan davr
muammolarini yoritishda mahorat bilan foydalandilar. Analitik folklorizmlar lirik
asar kompozitsiyasining epigraf qismida, she’rning birinchi misrasi, har bandning
birinchi misrasi hamda har bandning so‘nggi misrasida kelib, shoir fikri daliliga
hamda lirik kechinma tasvirining ta’sirchanligiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |