Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


XALQ TOPONIMIKASI VA UNING RIVOYAT VA AFSONALAR



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   431
Anjuman Boku (6)

XALQ TOPONIMIKASI VA UNING RIVOYAT VA AFSONALAR 
BILAN ALOQADORLIGI 
 
Ulug’bek SATTOROV,
filologiya fanlari nomzodi,
Navoiy shahar kasb-hunar maktabi direktori. 
(O’zbekiston) 
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada toponimik obyektlarning geografik 
xususiyatlariga qarab, uning xalq toponimikasi tarixi bilan bog‘liqliklari, 
shuningdek toponimik afsonalar va rivoyatlar asosidagi nomlanishlari tavsif etiladi. 
Jumladan, Markaziy Osiyoda katta va yirik toponimik obyektlar o‘zlarning kelib 
chiqishiga qarab tarixiy, lingvistik va rivoyatlar hama afsonalar bilan bog‘liq 
tomonlari juda ko‘p.
 
Tayanch so‘zlar: toponimika, geografik ob’ektlar, xalq toponimikasi, 
toponimik afsona va rivoyatlar. 
Аннотация: 
В данной статье описываются топонимические объекты с 
учетом их географических особенностей, их связи с историей народной 
топонимии, а также их именование на основе топонимических легенд и 
преданий. В частности, крупные топонимические объекты Средней Азии в 
зависимости от их происхождения имеют множество аспектов, связанных с 
историческими, лингвистическими, 
нарративными 
и 
легендарными 
особенностями.
 
Ключевые слова: топонимия, географические объекты, народная 
топонимика, топонимические предания и легенды. 
Annotation: 
This article describes toponymic objects, taking into account 
their geographical features, their connection with the history of folk toponymy, as 


65 
well as their naming on the basis of toponymic legends and legends. In particular, 
large toponymic objects of Central Asia, depending on their origin, have many 
aspects associated with historical, linguistic, narrative and legendary features.
 
Key words: toponymy, geographical objects, folk toponymy, toponymic 
traditions and legends. 
“Xalq toponimiyasi” bahsida hududimizda mavjud “xalq toponimiyasi” va 
“tarixiy toponimiya” tizimiga kiradigan ob’ektlarning muqoyasa (qiyoslash) 
metodida o‘rganish ham toponimik afsona va rivoyatlar ilmiy bahsini kengaytirishi 
tadqiqotimiz natija va xulosalari o‘z ilmiy qimmatini beradi.
Milliy va xalqaro ensiklopedik manbalarda, boshqa leksikografiyadagi 
iqtiboslarda “toponimiya” atamasining mohiyati to‘liq ochib berilgan. Jumladan, 
E.Murzaevning barcha toponimiya sohasidagi lug‘atlarida batafsil aynan 
toponimya o‘z aksini va izohini topgan. 
Toponimiya va joy nomlari haqida lingvistikaning onomastika bo‘limida o‘z 
tavsifini topgan. Atoqli otlar bo‘yicha yetarli tadqiqotlar olib borgan, olim 
E.Begmatov tadqiqotlarida ham onomastikaning yetakchi bir bo‘limi toponimika 
antroponimakadan o‘z ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha farqlanadi degan ilmiy xulosani 
bergan[2.79-81]. Lekin yuqorida nomlari qayd etilgan olimlarning ishlarida “xalq 
toponimikasi” va “tarixiy toponimika” atamalari ishlatilmaydi. Toponimikaning 
“xalq toponimikasi” xususiyatlarini esa toponimika ichida ichki tadqiqotlar 
zamirida o‘rganilgan xolos. Ammo ayrim holatlarda bunday ilmiy bahsda “xalq 
toponimiyasi”ga oid yo‘nalishlarda qo‘shila olmaymiz. Toponimlar, antroponimlar 
va boshqa o‘ziga xos nomlarni o‘rganishda chuqur iz qoldirgan olimlar V. A. 
Nikonova E. M. Murzaev toponimirni alohida bir ilmiy yo‘nalishga bo‘lib 
o‘rganishni alohida taklif etmaganlar. Toponomikani “mustaqil fan” deb hisoblab, 
lingvistik, tarixiy-geografik tahlil usullari asosida o‘zining tadqiqot usullarini faol 
rivojlantirdilar. Ularnin fikricha, toponimika uchta fan: geografiya, tarix va 
tilshunoslikningtarkibiy qismlaridar. Va buni quyidagicha tartibda amalga oshirish 
mumkin mumkin: geografik nomlarni o‘rganish uchun hududda yashovchi xalq 
(etnos) haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz, toponim mavjud bo‘lgan joylarning 
tarixini, shuningdek, ma’nosi va kelib chiqishini yaxshi bilishingiz zarur bo‘ladi 
(so‘zning etimologiyasi) [5.36-41;6.98-179.]. Bundan tashqari, tadqiqot 
jarayoniga dunyo bilimlarining bir murakkab qismi sifatida qarash zarur bo‘ladi. 
Bunda faylasuf "Xalq" so‘zining to‘liq etimologiyasini tushuntirish shart emas.
Xalq tomonidan yaratilgan, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi (folklorshunoslik) 
– doston, matal, rivoyat va afsonalarda xalq toponimikasi o‘z aksini topishi zarur.
Xalq toponimiyasi nafaqat lingvofolьkloristika sohasida, balki filologik 
ta’limning bir qancha yo‘nalishlarida o‘rganishga asos bo‘ldi. Ular asarlarida 
o‘rganilayotgan fan sifatida o‘z e’tirofi masalasi folьkloristika sohasi fani emas 
balki tilshunoslik, tarix va geografiya sohasidagi chuqur bilimlarni nazarda tutishi 
e’tiborga olinadi.. “Xalq toponimiyasi”ning yaratilishi vazifasi oddiy – rasmiy 
nomdan tashqari ikkinchi mashhur nomga ega bo‘lgan geografik nomlarni, 
madaniyat, 
me’morchilik 
yodgorliklarini 
to‘plash, 
umumlashtirish 
va 


66 
tizimlashtirish zarur bo‘ladi. Xuddi shunday qisqartirilgan yoki soddalashtirilgan 
tegishli nomlar ko‘chalar, qishloqlar, bog‘lar va suv havzalari(gidronimlar) uchun 
mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, 17-sovxoz (Jizzax viloyati), 4-xutor, 5-xutor, 
72-raz’ezd (samarqand viloyati) , Krasnogvardeyskiy sovxoz (Samarqand viloyati) 
bu xalq etimologiyasiga singishib ketgan “xalq toponimiyasi” qachonlargacha xalq 
tilida saqlanadi. Bundan tashqari sobiq ittifoq davrida me’moriy va memorial 
ob’ektlarda ham ( rus revolyusionerlari “sharafiga” haykallar o‘rnatish) “xalq 
toponimiyasi” tizimida o‘z o‘rnini topgan.
Bulardan tashqari “xalq toponimiyasi” bilan bog‘liq Navoiy viloyati 
hududida 
bir 
qancha afsona va rivoyatlar borki, ularni o‘rganish 
folklorshunoslikning eng asosiy vazifalaridan biridir. Bu afsona va rivoyatlar esa 
“xalq toponimiyasi” bilan “tarixiy toponimiya”ning muqoyasa qilib o‘rganilishi 
ham yetarlicha ilmiy natija va xulosalarni beradi. 
Taniqli toponimshunos olim S.Qoraevning fikricha, “...
Toponim
tarixiy 
asosga ega geografik ob’ektining konkret manzilidir[2.18-19]”. Jumladan, 
toponimlar biron geografik tushunchani ifoda etib, geografik xususiyatlarini 
o‘rganmasdan turib, joy nomlarini tavsiflash ko‘pincha ayrim ilmiy xatoliklarga 
olib kelishi tadqiqotlarda o‘z aksini topgan. 
Ko‘pincha joy nomlarining atalishida geografik muhitning xususiyatlari 
hisobga olingan. Masalan, bizda, Markaziy Osiyoda relьef shakllari, o‘simlik va 
hayvonlar nomlari etgan bo‘lishi toponimik afsona va rivoyatlar mazmunidan 
ma’lum. Ko‘pincha toponimik obyektlar o‘rmonli va tog‘li hududlara mavjud 
bo‘lgani uchun “o‘rmon” va “tog‘” so‘zian tuzilgan toponimlar juda ko‘p uchraydi. 
Bu toponimlarning ko‘pchiligi xalq tomonidan afsona va rivoyatlar asosida 
berilgan toponimik nomlardir. Bular haqida E.Murzaevning tadqiqotlarida batafsil 
ma’lumotlar berilgan bo‘lib, ularning natijasidan esa “xalq toponimlari” atamasi 
etimologiyasini emas, balki hududimida mavjud “xalq toponimiyasiga” oid 
manbalarni o‘rganishda ham yetarli asosga ega. 
Yana S. Qoraevning ta’kidlashicha, “...toponimikada nisbiy negativlik deb 
ataladigan bu qonun-qoidalarning asosiy sababi shundaki, hamma yoq cho‘l 
bo‘lgan joylara cho‘l kishilar e’tiborini unchalik tortmaydi, shu sababdan ham nom 
qo‘yishda bu motivlar bir-biridan farq qilib turadi. Bu kabi nomlangan ob’ektlarda 
cho‘llarda mavjud bo‘lgani uchun quduqlar, ayrim qirlar nomlari ko‘proq 
chraydigan jarayonlardir. Chunki bu quduq va qirlar yo‘lovchilar hamda 
cho‘ponlar uchun orientir, o‘tloq va suvliq bo‘lib xizmat qiladi” [2.18-19]. 
Abat Pangeevning tadqiqotlarida esa, tarixiy mazmunga ega xalq 
toponimikasiga aloqador, tarixiy asoslarning mavjudligi toponimik afsona va 
rivoyatlarning tarixiy fakt va asoslarga ega motivlarning mavjudligi esa tarixiylik 
tamoyillari(prinsiplari) mazmuniga uyg‘unlashishi mavjud[4.1-3]. 
Qozoq toponimikasi rivoyat va afsonalari bilan shug‘ullangan yetakchi olim 
S. Kaskabasovning tadqiqotlarida xalq toponimika, toponimik rivoyat va afsonalar, 
tarixiy 
toponimik 
motivlar, 
ularning 
syujet 
liniyalari 
to‘liq 
farqlanmagan(differensiya qilinmagan).


67 
Qozoq toponimshunos olimlari S.Qasqabasov va A.Pangerevlarning 
tadqiqotlarida Qozog‘istonning Aktyubi viloyati toponimlaridagi afsonalar 
asosidagi tarixiy asoslarda yuqori qoyalar haqida gap boradi. Yuqori qoyalar 
Keregeshin, Jamanshin, Temirtau tog‘lar tizimi(sistemasi) bilan bog‘lanishi qayd 
etilgan[4.1-3;5.74-110]. 
Mazkur afsonaga ko‘ra, qadimgi davrda kalmiqlar qozoqlarga hujum qilib
ularning chorva mollari, hukmdorning chiroyli rafiqasini o‘ziga xotinlikka oladi. 
Bu sobiq hukmdorning xotini qiz tug‘adi. Bu qiz 17 yoshga to‘lganda, uning onasi 
vafot etadi. Qizning onasi butun umri o‘z orzulari bilan yashaydi. Bu ayol o‘z 
o‘limi oldidan vasiyat qilib, o‘z vataniga, xalqiga qaytishini tayinlaydi. Yana ona 
aytadi: biz bilan yetti yoshli bola bo‘lib, echkilarni boqadi. Hozir u o‘sib ulg‘aydi, 
bahodir yigit bo‘lib yetishdi. Qochsalaring birgalikda qochinglar deydi. Shunda bu 
qiz otlarni tayyorlab, ikkalasi birgalikda qochib ketadilar.. Shunda qiz qalmiqlar 
hujumidan qozoqlarning talofatini tushuntirib, men vafot etsam meni shu joyga 
dafn etinglar. Yigit qizning istagini bajo keltirib, uni shu joyga dafn etadi. 
Demak, bu afsonada ham toponimik afsona va rivoyatlar mazmunidan 
tashqari, “xalq toponimikasi”, “tarixiy toponimika” terminlari ishlatiladiki, 
ularning mazmuni har bir xalq, millat, elatning o‘z joyi, ularning kelib chiqish 
tarixi, mazkur tarixni yaratilishida xalqning ishtiroki va og‘zaki nasr (usnaya 
proza)da mavjud mazmuniy motiv ham yuqoridagi atama va terminlar 
tavsiflanishida esa motivning xalqchilligi asosiy xususiyatlari bilan ifodalanadi. 
Mazkur afsona mazmunida esa xalqning yuqori ma’naviy madaniyatining 
cho‘qqilari, ufqlari ko‘rining turibdi. Qozoq xalq toponimikasining, qozoq tarixiy 
toponimikasi bilan bog‘lanadigan, uyg‘unlashadigan motivlar boshqa turkiy 
xalqlar xalq toponimikasi va tarixiy toponikasi bilan o‘xshash tomonlari 
mavjudligi folьkloristika manbalarida o‘z aksini topgan. 
Folьklorshunos olim T. Mirzaevning “To‘maris” va “Oysuluv” 
dostonlarining qiyosiy tahlilidagi obrazlar evolyusiyasi va motivlari buni to‘liq 
isbotlaydi[3.25-26]. 
Tadqiqotchilar Ye.Berezevich va V.S. Kuchkolar esa, tarixiy toponimlar va 
xalq toponimikasi tavsifida esa, folьklor, tarixiy etnografiya(tarixiy toponimika) 
hamda lingvistning ishtiroki masalasiga e’tibor qaratib, ularning asosiy vazifalariga 
tavsif beradi. Masalan, folьklorshunos epik matnlarni shakllantirsa, tarixchi 
mazkur matnlarni yangi-yangi tarixiy manbalar bilan boyitadi, lingvist esa 
matndagi funksional - motivatsion xususiyatga ega tomonlari bilan 
tavsiflanayotgan nomlarning yangi bilimlar va mazmun bilan boyishini ko‘rsatadi 
[1.4-19]. 
To‘g‘ri, toponimik rivoyat va afsonalar nafaqat folьkloristika bazasida 
o‘rganiladi, balki tarixiy etnografik xususiyatlariga ko‘ra, lingvofolьkloristika 
sohasida, agar bu sohani fanga to‘liq o‘zlashmagan yangi soha demasak, bu 
masalada ijobiy natijaga erishish mumkin.
Demak, toponimik rivoyatlar va tarixiy faktlar asosidagi toponimik 
ob’ektlarning shakllanishidagi tarixiy toponimlar, xalq toponimlari va ularning 
funksional-motivatsion lingvistik xususiyatlari asosida tekshiriladigan toponimik 


68 
manbalar o‘zbek folьklrshunosligida jua mukammal variantlarda mavjud. Masalan, 
“Malikcho‘l” haqidagi afsona Navoiy viloyatida juda katta hududiy – areal 
xususiyatga ega. Bu toponimik afsona motivida “xalq toponimiyasi” ham, “tarixiy 
toponimiya” singari atamalar mazmuni bilan to‘liq uyg‘unlashgan. 
Adabiyotlar: 
1.Berezovich Ye.L.,Kuchko V.S., Surikova O.D. Toponimicheskoe preanie 
i istoricheskiy fakt// Voprosы onomastiki. 2015.№1, 18-19 s. 
2. Begmatov E. Joy nomlari – ma’naviyat ko‘zgusi. – Toshkent: Ma’naviyat, 
1998. 64 b. 
3.Qoraev S. Toponimika. O‘zbekiston faylasuflar jamiyati. T.2017.18-19 b. 
4.Mirzaev T. Qadimgi davr folьklori. //O‘zbek folьklori ocherklari. 1-qism. 
Toshkent, 1988.25-bet. 
5. Murzaev E. M. Tyurkskaya etnotoponimiya // Etnicheskaya toponimika. 
– Moskva. 1987. S. 36-61. 
6. Murzaev E. M. Slovarь narodnыx geograficheskix terminov. –M., 
Mыslь, 1984. -654 s. 
6.Pangereev Abat Shamovich. Toponimicheskie legendы Kazaxstana. 
Internet resurs Kazaxstana.1-3 s. 
7.Kaskabasov S.Kazaxskaya neskazochnaya proza. Alma-ata.Nauka.1990. 
74-110 s. 
8.Sattorov U.F. Toponimik rivoyatlarning epik belgilariga doir// “O‘zbek 
folьklorshunosligi masalalari”, 1-kitob. T.: 2006. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin