Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   431
Anjuman Boku (6)

 Key words:
 Holiday, Rite, Tradition, Folklore, Tradition, Value, Spirituality, 
Behavior, Speech, Song, Genre, Ethnos, Spectacle.
Bayramlar eng qadimgi davrdan boshlab inson hayotining muhim tarkibiy 
qismiga aylangan. Ularsiz insoniyat hayotini tasavvur qilib boʼlmaydi. Bayramlar 
xalq hayotining eng yaxshi va goʼzal tomonlarini aks ettiruvchi kuzgudir.”Bayram 
xalqning shodlik va xursandchilik kuni”
,[1-47]
degan edi, sharqning buyuk olimi 
Maxmud Qoshgʼariy. Darhaqiqat, inson hayotini bayramlarsiz tasavvur qilish juda 
ham qiyin. Hayotimizdagi yutuqlar‚ xursandchiliklar, tantana va shodiyonalar, 
muhim sanalar oilada, mahallada, umummilliy davlat miqyosida bayram sifatida 
nishonlanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, milliy bayramlarimizning 
soni yana ham koʼpaydi. Mustaqillik sharofati bilan milliy bayramlarimizga katta 
eʼtibor berilib, xalqimizning unut boʼlib ketgan milliy qadriyatlari, bayramlari ham 
qayta tiklandi. Yurtimizda oʼtkazilayotgan milliy bayramlar, qator folklor 
festivallar buning dalilidir.
Har bir xalqning milliy oʼziga hosligini koʼrsatadigan anʼana va marosimlari
urf-odat va bayramlari bor. Аsrlar boʼyi yaratilib, zukko xalqning teran ijodiy 
iqtidori tufayli saqlanib, sayqallanib kelgan ana shunday anʼanalar millatning 
oʼzligini, mentalitetini, milliy qiyofasini belgilaydi.
Olamni bilish va tushunish ”olam-odam” munosabatlari falsafiy 
dunyoqarashda oʼziga xos ravishda xal etiladi. Falsafa “inson va olam” 
munosabatlarini aqliy, nazariy va mantiqiy asoslarda, dalillar, tamoyillar, oʼy-
mushohadali qarashlar asosida oʼrganadi. Shunday ekan yurtimizdagi turkiy 
xalqlar urf-odatlari, marosimlari, folklorini tushuna olib, ilmiy talqin qilishga 
yordam beradi. Falsafa fani olam va inson mohiyatini barcha rang barangligini, 
oʼzaro aloqalari va munosabatlari bilan toʼlaroq tushunishga yordam beradi. Har 
bir inson- eng muhim komponentlari inson xayotining muhim substantsiyasini 
tashkil etuvchi madaniyat doirasidagi muxitda tarbiyalanadi. Madaniyat yoki 


83 
madaniy muxit mavjud tabiiy muhitga moslashish usulidir. Madaniy ziddiyatlarni 
oldini olishga koʼmaklashuvchi madaniyatlararo hamkorlikning toʼrtta usulini 
ajratib koʼrsatadi. Birinchi usul shartli ravishda “gettolashuv”deb nomlanadi: inson 
yashash joyini oʼzgartirganda biron -bir sabab (til bilmaslik, diniy eʼtiqoddagi 
oʼziga xosliklar va shu kabilar) tufayli boshqa madaniyatlar bilan har qanday 
toʼqnashuvdan qochishga harakat qiladi. Buning uchun esa, urugʼdoshlari bilan 
birga yashab oʼzlarining madaniy muhitlarini yaratishga va mazkur muhitni tashqi 
madaniy taʼsirlardan himoyalashga intiladilar. Ikkinchi usul “assiliyatsiya”dir. Bu 
jarayonda individ butunlay oʼz madaniyatidan voz kechadi va oʼzga madaniyatga 
hos xulk atvor meʼyorlarini oʼzlashtirishga xarakat kiladi. Biroq, kundalik turmush 
uchun lozim darajadagi madaniyatni oʼzlashtirgan taqdirda ham, u aʼzosi 
boʼlmoqchi boʼlayotgan madaniyat tomonidan qarshilik koʼrsatish oʼta yuqori 
boʼladi‚ yaʼni uni oʼziniki sifatida qabul qilishmaydi. Uchinchi usul madaniy 
almashuv va hamkorlik asosidagi oraliq usul boʼlib, ikkala tomondan ham bir -
birlariga nisbatan ijobiy munosabatlarni talab etadi. Toʼrtinchi usul-qisman 
assiliyatsiyalashuv boʼlib, bunda individ turmush tarzining biron bir sohasida oʼz 
madaniyatidan voz kechib, oʼzga madaniyatni qabul qiladi
.[2-15]
Turli madaniyat vakillari oʼrtasidagi muloqot samaradorligini oshirishning 
muhim sharti oʼzga madaniyatlarga xos qadriyatlar xissiyotlar va tasavvurlarni 
tushunishdir. Mavjud madaniy oʼxshashlik va farqlarni tushunish, tan olish 
yoʼlidagi birinchi qadam - madaniy bagʼrikenglikni shakllantirishdir. Madaniyatni 
bilish, uning vakillarini tushunish, ularga nisbatan milliy yoki maxalliy anʼanalar, 
meʼyorlar, urf-odatlarga xos boʼlgan qoidalar majmui va etiketini qoʼllash 
imkonini beradi.Oʼzgalarga nisbatan hurmat eʼtiborda boʼlish-har qanday 
mamlakatda muvaffaqiyatli muloqot qilishning muhim tarkibiy qismidir. Hurmat 
koʼrsatishda yosh qanaqa ahamiyatga ega, hurmatni anglatuvchi hatti- harakatlar 
nimalardan iborat, qanday savollar shaxsiy hisoblanadi va nima mazkur 
madaniyatda "shaxsiy hayotga aralashish" deb qaraladi, soʼzlashish usuliga kanday 
ahamiyat beriladi, kabi bir kator savollar millatlararo munosabatlar muhitida 
toʼgʼri yondashuvni belgilab olish imkonini beradi.
Noaniqlikka nisbatan sabr bilan yondashish- yangi tushunarsiz xodisaga 
toʼgʼri munosabatda boʼlish bizga tushunarsiz boʼlgan xulq-atvor natijasida yuzaga 
kelgan boʼlib, yangi muhitga moslashish va oʼzgacha qadriyatlarga ega insonlar 
bilan muvaffaqiyatli mulokot qila olish jarayonining muxim qismidir.Birovni 
muhokama qilishdan tiyilish va obektiv munosabatda boʼlish, oʼz kuzatishlarini 
oʼzida qoʼllash, fikr bildirishda kamroq qatiyat koʼrsatish va muloqotda 
komponentlikni saqlash (bir madaniyatda toʼgʼri deb topilgan narsa-xodisalar, 
oʼzga madaniyatda notoʼgʼri hisoblanishi mumkin)- bularning barchasi oʼzaro 
ishonch muhitini yuzaga keltirib, samarali muloqotga koʼmaklashadi.
[2-17] 


84 
Oʼzaro ishonch haqida gap ketganda, Respublikamizda istiqomat qiluvchi 
koʼplab millatlarning yuzdan ortiq madaniy markazlari borligi, bu markazlar 
xukumatimizning qoʼllab quvvatlashi natijasida vujudga kelib rivojlanib 
borayotganligini aytib utish joiz. Markazlar oʼziga xos milliy anʼnalar, urf-odatlar, 
va milliy marosimlarini tiklagan holda oʼzaro ahil munosabatda boʼlib, bir-birini 
boyitib, umumiy uyimiz- Oʼzbekistonda ulkan oila bulib yashab kelmoqda. 
Ularning shodliklari, gʼam-tashvishlari ham, ishlari va bayramlari ham bir. 
Markazlarning asosiy maqsad va vazifalari oʼz xalqining tarixini oʼrganish, ona 
tilini va yozuvini, adabiyotini xalq ogʼzaki ijodi, teatr va rassomlik sanʼtini, milliy 
urf-odatlar va hunarmandchilikni, milliy sport turlarini saqlash va rivojlantirishdan 
iborat. Markazlarda seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, festivallar va 
uchrashuvlar tashkil qilingan, badiiy havaskorlik rivojlantirilgan. Oʼzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan 
Respublika baynalmilal madaniyat markazi tuzilganligi madaniy markazlar 
faoliyati rivojida muhim ahamiyatga ega boʼldi. Markazning asosiy vazifasi 
millatlararo munosabatni takomillashtirish, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 
turli millat va elat vakillarining milliy, maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish, ularning 
har biriga xos boʼlgan urf-odat va anʼanalarni saqlab qolish va rivojlantirishda 
amaliy va uslubiy jihatdan yordam berish, umuman, millatlararo totuvlik va 
hamjihatlilikni mustahkamlashdan iboratdir. Markazlar umumxalq bayramlarida, 
oʼzbek xalqi va boshqa xalqlar hayotining muhim sanalariga bagʼishlangan 
tadbirlarda faol qatnashmoqda. Respublikamizda 140 ga yaqin milliy-madaniy 
markazlar boʼlib, quyida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan, aynan turkiy 
xalqlarga mansub milliy-madaniy markazlar bilan qisman tanishtirmoqchimiz.
[3-19]
Qozoq milliy- madaniy markazi 1992 yil mart oyida tashkil qilinib, uning 
tarkibiga Qoraqalpogʼistondagi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm va Toshkent 
viloyatlaridagi, shuningdek Toshkent va Chirchiq shahridagi qozoq makazlari 
kiradi.
Qirgʼiz milliy-madaniy markazi 1995 yil may oyida tashkil topdi.Bu markaz 
hozir Oʼzbekistondagi qirgʼizlar yashaydigan hududlar-Jizzax, Sirdaryo, Аndijon, 
Fargʼona, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi markazlarni birlashtiradi.
Turkman madaniy markazi 2001 yil fevral oyida roʼyxatga olindi, 
Qoraqalpogʼistonda “Аydыn yol” gazetasi nashr qilingan, “Orzu” ansambli ishlab 
turibdi. Toshkent shahrida, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ham markazlar 
muvaffaqiyat bilan faoliyat olib bormoqdalar. 
Toshkent shahar tatar ijtimoiy madaniy-maʼrifiy markazi 1989 yilda 
tuzilgan. Markaz qoshida “Laysan”,”Yashʼlek”,”Yaktashlar”,”Dustlik”kabi folklor 
ansambllar va oqsaqollar kengashi ish olib boradi. Jizzax, Guliston, Аngren, 


85 
Yangiyoʼldagi hamda Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi 
tatar-boshqird markazlari ham shunday xayrli ishlarni amalga oshirmoqdalar. 
Toshkent shahar”АVDET”qrim-tatar milliy madaniy markazi 1997 yilda 
tuzilgan.1944 yil qrim tatarlar tarixida iztirobli sahifa boʼlib, asossiz ayblangan 
xalq ona yurtidan koʼchiriladi va ularning bir qismi Oʼzbekistonga 
joʼnatiladi.Urush davrida hayot ancha ogʼir kechganiga qaramay, bagʼri keng 
oʼzbek xalqi ularga yordam beradi.Ular oʼz vataniga qaytishni doimo orzu qilib 
1967 yilga kelibgina Qrimga asta-sekin qayta boshlashdi.80-yillarda bu jarayon 
ommaviy tus oldi. Oʼzbekistonda qolgan qrim-tatarlar esa bir-birlari bilan koʼproq 
muloqot qilish va madaniyatini saqlab qolish uchun markaz tuzdilar.Markaz 
qoshida “Yalta”, “Vetan”, “Xaytarma” folklor ansambli faoliyat yuritadi. 
Respublika “АXISXА”turk milliy-madaniy markazi 1991 yil dastlab 
Buxoroda, soʼng Toshkentda paydo boʼldi.1997 yil mart oyida Respublika turk 
milliy-madaniy markazi tashkil qilindi. ”Sevinch”, ”Аna-Doʼlu”, ”Аxisxa”, 
”Аzgur” badiiy havaskorlik ansamllari faoliyat yuritadi. Samarqand, Navoiydagi 
markaz boʼlimlari muvaffaqiyat bilan ish olib bormoqda. 
Ozarbayjon milliy-madaniy markazlari uyushmasi 2003 yilda roʼyxatga 
olingan boʼlib eng muhim vazifalaridan biri ozarbayjon tilini oʼrganish va 
oʼrgatishdan iborat.Toshkent shahrida 1989 yil yanvarda tuzilgan “Gardashlik” 
markazi va Samarqanddagi markaz mamlakatimizdagi Ozarbayjon madaniy 
markazlarining dastlabkilaridan boʼlib, hozirgi kunda Buxoro va boshqa 
viloyatlarda ham makazlar bor. Ozarbayjon madaniy markazi 2004 yilda oʼzining 
muhtasham binosiga ega buldi. Bu binoda kutubxona,bolalar uchun tasviriy sanʼat 
studiyasi, kompyuter sinfi, sport-trenajyor zali, raqs sinflari bor. 
Uygʼur milliy-madaniy markazi 1989 yilda Toshkentda tuzildi. Markaz 
faoliyatining boshlanishi Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi, 
mamlakatimizda mashhur uygʼur ansamblining tashkilotchisi X.R.Xudoyberdiev 
nomi bilan bogʼliq. U markaz ishini uygʼur xalqining madaniyatini, xalq ijodini, 
milliy taomlari, qadriyatlarini oʼrgatish va targʼib qilish bilan olib bordi. Bugungi 
kunda markaz tarkibiga Toshkent shahridagi tumanlar markazlari,Toshkent 
viloyati Toshkent tumanidagi Y.Oxunboboev nomli, Yuqori Chirchiq tumanidagi 
Kim Pen Xva nomli shirkat xoʼjaligida, shuningdek Аndijon va Sirdaryo 
viloyatlarida tuzilgan uygʼur milliy markazlari kiradi
.[3-20]
Yana oʼzaro ishonch haqida gapiradigan boʼlsak, ayniqsa Oʼzbekiston milliy 
bayramlarida turkiy xalqlar folklor dasturlarini koʼllash katta ahamiyatga 
ega.Respublikamizda istiqomat qiluvchi koʼplab millatlarning bizning milliy 
bayramlarimizda 
teatrlashtirilgan 
bayramona 
marosim 
xatti-harakatida 
avlodlarimiz tomonidan bizgacha yetib kelgan boylik xalk anʼanalari va folklor 
obrazli emotsional shakl boʼlib xizmat qiladi.


86 
Bizga maʼlumki, hayot tarzi faqatgina jamiyat ishlab chiqarish yoʼllarinigina 
emas, balki u yoki bu jamiyat iqtisodiy farmatsiyasining spetsifik tomonlarini, xar 
bir xalqning madaniy etnik boyligini, odamlarning ijtimoiy hayotini, oʼzlarini 
tutish shakllari, urf-odatlari maʼnaviyati jamiyat munosabatlarida asosiy 
oʼrinlardan birini egallaydi.
Turkiy xalklarning folklor dasturlarida, asrlar davomida insonni shaxs 
sifatidagi kamoloti, uning orzulari va rivoji asosiy gʼoya boʼlib kelgan. Shuning 
uchun xam xalklarning anʼana marosim va folklori hozirgi kunda xam dolzarbdir. 
Hozirgi kunda, zamonaviy milliy bayramlarda qoʼllanilayotgan bayramona 
marosim xatti-harakati passiv tomoshaviylikdan, insonlarning mehnat, maʼishiy 
hayoti bilan bogʼliq boʼlgan ijtimoiy-madaniy xavaskorligi teatrlashtirilgan shaklga 
koʼchib oʼtmoqda. Oʼzbekiston xalklarining bir maqsad sari intilishlari mustaqil 
davlat qurish va hayot bilan bogʼliqliklari xalq anʼanalari va folklorida ilgari 
surilgan gʼoyalarni xurmat qilishlari, doʼstlikni mustaxkamlash, kattalarni xurmat 
qilish, qahramonlarni ulugʼlab, yodda saqlash dasturlarning asosiy negizini tashkil 
etadi.
Millatlarning anʼana va folklori xayotdagi maʼlum bir voqelarni 
birlashtirilishi funksional xarakterga ega boʼlib oʼziga xos aniqlikni vujudga 
keltiradi. Shuning uchun folklor har doim ‚ bayramona marosim xarakatida, aniq 
shakllar yordamida oʼzini namoyon qilib, hayotda keskin burilish yasagan 
davrlarni koʼrsatishga, badiiy bezak sifatida yordam beradi. Xalk anʼanalari va 
folklorni badiiy ommaviy harakat deb qarashda, undagi hayotiy kuchni
yashovchanlik yigʼindisini anʼanaviy hamda modernizatsiya qilinganligiga eʼtibor 
berish lozim. Voqealar xalq anʼanasi va folklor harakatidagi atmosferani berib, 
undagi munosabatlarning maʼlum stereotipi vujudga keladi. Xalq urf-odatlariga 
bunday oʼziga xoslikni xarakterlab, V.Veresaev shunday yozadi: “Badiiy jixatdan 
mukammalikka ega boʼlgan urf-odatlarning butun kuchi, axamiyati, siqilgan 
sezgilarga taʼsir qilib, insonni kuchli emotsiya qildirishdan xalos etadi
”.[4-195]
Har yili Oʼzbekistonda oʼtkazilayotgan milliy bayramlarimizda jumladan 
mustaqillik, navroʼz bayramlari, konstitutsiya va xalq sayillarida xar qaysi millat 
oʼz folklor dasturlari bilan bir-biriga singib boradi. Millatlararo totuvlik, 
hamjixatlik mavzusi "Turkiston umumiy uyimiz" mavzusiga ulanib bu qutlugʼ 
mintaqada asrlar davomida ahil yashab kelayotgan oʼzbek, qozoq, turkman, qirgʼiz, 
azarbayjon, tatar va uygʼurlarning bugungi kuni va kelajagi ham bir degan gʼoyani 
ifodalashga harakat qiladilar. Bunda har bir millatga xos kuy va qoʼshiqlar, qizlar 
va yigitlarning oʼziga xos raqslari, doiralarning sadolari ostida barcha guruhlarning 
asosiy cahna oldida qoʼl ushlashib, aylanalar hosil qilib oʼynashi muhim ahamiyat 
kasb etadi
.[5-35] 


87 
Bugungi kunda yer yuzi aholisining soni bir necha yuzdan tortib, bir necha 
yuz million kishini tashkil etadigan 1 600 dan ortiq millat va elat istiqomat 
qilmoqda. Dunyoning haqiqiy boyligi, qadriyatlarni oʼzaro ayirboshlash, bir-birini 
boyitish imkoniyati ana shu xilma-xillikdadir. Аmmo hozirgi zamonning hal 
qilinishi mushkul boʼlgan muammolaridan biri ham unga borib taqaladi, ̶ deb 
yozadi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev “Qonun ustuvorligi va 
inson manfaatlarini taminlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” 
asarida. Dunyoda yashayotgan etnoslarning koʼpchiligi oʼz milliy davlatchiligiga 
ega emas. Dunyo siyosiy xaritasida atigi ikki yuzga yaqin davlat borligi ham 
buning dalilidir. Millat va elatlar miqdorining davlat tuzilmalari sonidan bir necha 
barobar koʼpligi aksariyat mamlakatlarning koʼp millatliligidan dalolat beradi. 
Аholisining soni 34 mln.dan ziyod boʼlgan mustaqil Oʼzbekiston 
Respublikasi ham jahondagi koʼp millatli mamlakatlar sirasiga kiradi. Dunyodagi 
eng qadimiy sivilizatsiyalardan biri mana shu mintaqada paydo boʼlgan. Jahon 
madaniyatini rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan, qadimiy Turon, Movarounnahr, 
Turkiston hududida ulugʼvor memoriy obidalarga boy tarixga ega boʼlgan Buxoro, 
Samarqand, Xiva kabi durdona shaharlar aynan mana shu zaminda bunyod etilgan.
Olis asrlar osha ortga qarab, hozirgi Oʼzbekistonning etnik tarkibi 
shakllanishi tarixiga nazar tashlasak, uning koʼp millatliligiga hayron qolmasa ham 
boʼladi. 1897 yilda oʼtkazilgan aholini roʼyxatga olish maʼlumotlariga koʼra, 
hozirgi Oʼzbekiston hududida 70 ga yaqin, 1989 yilgi aholi roʼyxati 
maʼlumotlariga koʼra esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilgan. 
Bugungi kunda respublika aholisining qariyb 80% oʼzbeklar, 20%dan ortiqrogʼini 
qoraqalpoqlar, uygʼurlar, ruslar, qozoqlar, tatarlar, qirgʼizlar, koreyslar, turkmanlar 
va boshqa millat hamda elat vakillari tashkil qiladi. Аgar urf-odatlari, anʼanalari, 
tili oʼxshash boʼlgan turkiy xalqlar, yaʼni qirgʼiz, qozoq, koraqalpoq, tatar, 
turkmanlar azal-azaldan oʼzbeklar bilan yonma-yon yashab kelgan boʼlsalar, 
boshqa millat vakillari turli ijtimoiy-siyosiy jarayonlar oqibatida bu diyorda oʼtroq 
boʼlib qolishgan.
[3-10] 
Tarixiy manbalarga asoslanib tayyorlangan bu maʼlumotlarda eramizdan 
oldingi IV asrdan to XIX asr oxirigacha boʼlgan davr ichida qaysi turkiy millat 
vakillari yurtimizga kelib, oʼtroq holda yashay boshlaganliklari qayd qilingan.VI 
asrning ikkinchi yarmi – Buyuk Ipak Yoʼli Samarqanddan, Kavkaz va 
Vizantiyagacha Buxoro, Xorazm, va Kaspiy dengizining shimoliy qirgʼogʼi 
boʼylab oʼtuvchi Buyuk Ipak Yoʼli yoʼnalishi olingan. VIII – XII – Ozarbayjon 
savdogarlari Buxoro, Samarqand, Shosh orqali Oʼrta Osiyo bilan savdo aloqalarini 
oʼrnatgan. 922 yil – Аrab diplomati Аhmad ibn Fadlan Orol va Kaspiy dengizi 
oʼrtasida istiqomat qiluvchi turklar, ugʼuzlar va chechenlardan tashqari yana 
boshqirtlar ham yashashini qayd etgan. XIV asr – Movarounnahr aholisi va 


88 
Rossiyalik tatarlar oʼrtasida mustahkam savdo-sotiq aloqalari oʼrnatilgan. XIX 
asrning 70-80 yillari – Аndijonda ilk bora qirg’iz koʼchmanchilarining paydo 
boʼlishi, XIX asrning 90-yillari – yer tanqisligi natijasida oʼz yurtlarini tashlab 
chiqqan XIX asr oxiri – Toshkent, Samarqand va Fargʼona vodiysi shaharlarida 
mingdan ortiq turklar yashashi aniqlangan.
[6]
“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan Respublika Baynalminal madaniy 
markazi hamkorligida milliy markazlar raislari va vakillari oʼrtasida 2016 yilning 
14 – 18 noyabr kunlari sotsiologik soʼrov oʼtkazilgan. Unda oʼz faoliyati bilan 150 
mingdan koʼproq kishini va yirik milliy guruhlarni qamrab olgan 24 ta milliy-
madaniy markazlar ishtirok etgan. Sotsiologik soʼrov yakunlari boʼyicha tub 
millatga mansub boʼlmagan vakillarining 60% dan koʼprogʼi Oʼzbekistonda 
tugʼilganligini koʼrsatdi. Undan tashqari, 7.8 % respondentlar oʼzlarini tub 
yashovchilar hisoblaydi. Sababi ular Oʼzbekistonda tugʼilgan kishilarning qariyb 
uchinchi avlodidir. Soʼrov yakunlarining tahlili Oʼzbekistonda tugʼilganlarning 
ota-onalari asosan qaysi sabablarga koʼra Respublikamizga koʼchib kelganligini 
koʼrsatdi. Javoblar quyidagicha boʼldi: 
18.1 % oʼqish yoki ishga yuborilganlar; 
11.8 % urush oqibatida kelib qolganlar; 
10.3 % iqtisodiy sabablarga koʼra; 
9.0 % qatagʼon qilingan xalqlar vakillari; 
5.3 % oilasi bilan birlashishga kelganlar; 
Koʼrinib turibdiki, soʼralganlarning qariyb yarmini (45.5 %) tashkil etuvchi 
koʼchmanchilarning bu kategoriyasi uchun Oʼzbekiston koʼp yillar davomida sobiq 
sovetlar hududida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikning ifodasi, boshpana, ish va 
quvgʼin dahshatlaridan holi makon boʼlib qolgan.
[7-4]
Oʼzbek millatiga mansub boʼlmagan soʼralganlardan 75.5 % MDH da 38.8 
% esa xorijda oʼz qarindoshlariga ega. Ular bilan tegishli ravishda 88.6 % va 87.7 
% aloqa qilishadi yoki chegaralar boʼlinishi bilan qarindosh urugʼlar oʼrtasidagi 
aloqa uzilmagan. Soʼrov yakunlari Oʼzbekistonda yashovchi xalqlar boshqalardan 
ajralib yashashni istamasliklari va integratsiya jarayonlarini rivojlantirish zarur deb 
hisoblashlarini koʼrsatadi. Bu haqida tub millatga mansub boʼlmagan respondentlar 
61.2 % elatlar aro nikohlarga ijobiy, 29.0 % nikohga kiruvchilarning millatlarga 
befarq qarashidan dalolat beradi. Faqat 9.6 % respondentlargina bir millatga 
mansub odamlar oʼrtasidagi nikohni maʼqullaydilar.Oʼzbek millatiga mansub 
respondentlarning 55.3 % elatlararo nikohga ijobiy, 38.3 % befarq, 6.4 % salbiy 
munosabatda boʼlishgan. Natijalardan koʼrinib turibdiki, nikoh, oila, bolalar 
tushunchalari milliy tushunchalardan yuqoriroq boʼlib, ular respublikamizdagi 
elatlararo munosabatlarning mutanosib tarzda rivojlanayotganligini tasdiqlaydi
.[7-10] 


89 
Hozir mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elat vakillari Mustaqil 
Oʼzbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari orqali yaratib berilgan teng huquq va 
imkoniyatlardan foydalanib, tinch va osoyishta hayot kechirish bilan birgalikda, 
ertangi kunga qatiy ishonch bilan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, ilm-fan va 
madaniyatning xilma-xil sohalarida Vatanimiz ravnaqi yoʼlida sidqidildan xizmat 
qilmoqdalar. Shuni xam aytishimiz joizki, mustaqillikni mustahkamlash, 
mamlakatning jahondagi shuhrati va nufuzini oshirish, islohotlarni muvaffaqiyatli 
oʼtkazish ishida davlat va xalq orasidagi buyuk xizmatlari uchun, shuningdek, koʼp 
yillik qahramona mehnati, bebaho madaniy-maʼnaviy merosni saqlash va 
rivojlantirishga qoʼshgan hissasi uchun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
davrida, ularning farmonlari bilan Oʼzbekistonning munosib turli millatli fuqarolari 
hamyuksak hukumat mukofotlari bilan taqdirlanganlar.
[3-11] 
Yangi Oʼzbekistonda millatlararo bagʼrikenglikni qoʼllagan holda 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev boshchiligidagi respublika rahbariyati Oʼzbekistonda 
istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning rivojlanishi uchun teng sharoit 
yaratishni mamlakat milliy siyosatining asosiy ustuvor yoʼnalishi sifatida 
belgilagan. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, respublikamizda istiqomat qiluvchi har 
bir millatning tarixiy va madaniy qadriyati rivoj topib, kelgusi avlodlarga 
yetkazilishida turli millat vakillarining badiiy madaniyatini, xalq anʼanalari va 
folklorini teatrlashtirilgan xarakatga qoʼshish katta ahamiyatga ega. Bu esa oʼz 
navbatida 
xalqlararo 
totuvlik, 
millatlararo 
xamjixatlikni 
mustaxkamlab, 
Oʼzbekiston deb atalmish yagona uyimizda bahamjixat hayot kechirishimizga 
asosiy omil boʼla oladi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich 
Mirziyoyev aytganlaridek:”Dunyoda turli etnik toʼqnashuvlar, zamonaviy tahdidlar 
kuchaygan bir vaqtda ogohlik va birdamlik tinchlik kafolatidir.” 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin