79
o’zidan ro’yobga chiqavermaydi. “Xalqda umumiy rag’bat uyg’otib, uning
fantaziyasini junbushga keltiradigan shunday
bir lahza yuzaga keladiki, u albatta
xalq epik poeziyasida o’zining muayyan ifodasini topadi” [1.298]. Shu sababdan
«doston» so’zi (atamasi) ta’rif va maqtov ma’nolariga ega [2.227].
Epik qahramonni ulug’lash, uning faoliyatini madh etish, g’alabalarini
ta’riflash, unga loyiq ma’shuqa sifatlarini tavsif qilish ijrochidan so’z san’ati
sirlarini mukammal bilishni talab etadi. Albatta, doston faqat madhu ta’rif-
tavsiflardangina iborat emas. U badiiy asar sifatida ijtimoiy-siyosiy hayot, maishiy
turmushni tasvirlaydi. SHu sababli dostonda ta’rif va madhiyadan tashqari
xalqning dardu g’ami, obrazlarning shodligi bilan birga ichki iztiroblari, do’stga
muhabbati, g’animga bo’lgan nafrati o’z ifodasini topadi. Ushbu keng ko’lamdagi
nutqiy bayon ijrochidan yuksak badehago’ylikni, suxandonlikni,
tilning sehrli
ohanglarini mahorat bilan qo’llay bilishni taqozo qiladi. Natijada o’z-o’zidan
badiiy nutq bo’yoqdorligini ta’minlovchi omillarga murojaat etish mahorati talab
etiladi. Agarda ertak oddiy kishilar tomonidan hikoya etilsa, doston professional
baxshilar tomonidan ijro etiladi, kuylanadi [3.25].
Shu sababli eposda baxshi o’zining badiiy mahorati, ijro uslubi bilan bog’liq
iz qoldiradi. Biroq «Uning epik matnga qo’shgan hissasi ijrochining hayotiy
tajribasi va badiiy – estetik didiga bog’liq» [4.58]. Eposda ko’p asrlarga oid
atributiv
va stereotip formulalar borki, ular keyingi avlod baxshilari uchun
an’anaviy klishelar bo’lib hisoblanadi. Agarda ijrochi ana shu formulalarga loyiq
darajada biror narsa qo’sha olsagina o’sha hissa yana keyingi baxshilar uchun
stereotip tasvirga aylanib qoladi [5.218] «Kitobi dadam Qo’rqut» matnidagi
an’anaviy stereotip formulalar, atributiv ifodalar, tasvir vositalari masalasida ham
o’sha fikrni aytish mumkin.
Ilgarigi faslimizda qayd qilib o’tganimiz kabi o’g’uz yozma yodgorligining
badiiyati masalasida ilk tadqiqot olib borgan olimlardan biri V.M.Jirmunskiydir.
Uning ko’rsatishicha, epos qadimiy turkiy xalqlar epik an’analari doirasida
yaratilgan.
Voqea bayoni nasrda, obrazlarning ichki kechinmalari nazm orqali
berilgan. Nasr tarkibida saj’, nazm tarkibida alliterasiya ko’p uchraydi. Ayrim
misralarda bo’g’inlarning noteng ravishda kelishi turkiy arxaik eposdagi
she’riyatga mos keladi, sintaktik parallelizmlarga ko’proq murojaat etiladi [6.616-
618]. Mumtoz o’g’uz eposidagi ushbu xususiyatlar uning qadimgi turkiy epos
ana’analariga juda yaqin ekanligini ko’rsatadi.
Bizning kuzatishimizga qaraganda, uning she’riy parchalarida aruzning ta’siri
ko’rinmaydi. «Turkiy xalqlar poeziyasida qofiya va alliterasiya bir – biriga teskari
proporsional bo’lib, qofiyaga e’tibor berilgan she’riyatda alliterasiyaning roli
ikkinchi darajaga tushib qoladi» [7.50].
80
Darhaqiqat, aruzda qofiyaga e’tibor juda kuchli bo’lganidan
qadimgi turkiy
poeziyadagi alliterasiya va sintaktik parallelizmning she’riyatdagi ishtirokini ancha
chetga surib qo’yadi. «Kitobi dadam Qo’rqut» asarida aruzning ta’siri sezilmaydi.
Xorazm dostonlarida esa bu holatning aksi kuzatiladi. Xorazm dostonlarida she’riy
parchalar qat’iy bo’g’in tartibi asosida tuzilgan bo’lib, asosan, murabba’ tarzida
qofiyalashadi. Shuningdek, she’riy parchalar orasida muxammas, g’azal kabi
shakllar uchraydi. Umuman olganda, bu xususiyatni turkman,
ozarbayjon kabi
o’g’uz guruhiga mansub xalqlar eposida to’la kuzatish mumkin.
Demak, «Kitobi dadam Qo’rqut»dagi matn juda qadimiy, arxaik epos qonun-
qoidalariga ancha mos keladi. Xorazm dostonlari esa (shu jumladan, turkman
eposi ham) keyingi asrlarda yozma adabiyot ta’sirida ancha mukammal she’riy
shakllarga ega bo’lib, musiqiylik tamoyillariga muvofiq qayta ishlangan. Bundan
qat’iy nazar, «Kitobi dadam Qo’rqut» asaridagi epos qonuniyatlariga xos
an’analarning katta ko’pchiligi Xorazm dostonlarida o’z ta’sirini saqlab qolgan. Bu
holatlar asar leksikasida, epik bayon uslubida,
badiiy tasvir vositalarida, ranglar
simvolikasi va boshqa qator omillarda o’zini namoyon qilib turadi.
«Kitobi dadam Qo’rqut» matnidagi o’g’uz shevasiga oid ko’plab leksik
birliklar hozirda Xorazm shevasida faol ishlatiladi. Buni quyidagi so’zlar orqali
ko’rish mumkin: o’kcha ‒ tovon; g’oli – gilam; gizlamoq – yashirmoq; cho’rak –
kulcha; doyi – tog’a; cholimli – o’xshash; do’l – urug’, shaxvat, tuxum; et – go’sht;
so’lqim – g’ujum kabilar. Bulardan tashqari mumtoz o’g’uz eposi tarkibidagi
ko’plab frazeologik iboralar, uchiriq so’zlar,
idiomalar ishlatilganki, ularning
aksariyati hozirda ham mahalliy so’zlashuv nutqida qo’llaniladi.
Xorazm dostonlarining tili va badiiy xususiyatlari haqida talaygina ishlar
amalga oshirilgan va dostonlardagi an’anaviy formulalar, stereotiplar,
parallelizmlar, badiiy tasvir vositalari va ularning lokal xususiyatlari haqida
S.Ro’zimboev,
O.Madaev,
G.Eshchonova,
I.Devanova,
N.Sobirova,
S.Soriyevlarning ishlarida ancha batafsil so’z yuritilgan [8.26….8.96]. Biroq ushbu
masalalar «Kitobi dadam Qo’rqut» asari bilan qiyosiy ravishda o’rganilmagan.
Qoraqalpoq folьklorshunosligida bu borada K.Polimbetovning
nomzodlik ishida
ayrim mulohazalar bildirilgan [9.22].
Shu narsa ko’zga yaqqol tashlanadiki, mumtoz o’g’uz eposida ishlatilgan epik
bayon uslubi asosan og’zaki etib kelgan dostonlarda o’zini barqaror holda saqlab
kelgan.
Dostları ilə paylaş: