95
Ushbu jihati bilan u “O’g’uznoma”, “Alpomish”, “Manas”, “Go’ro’g’li”
kabi eposlarga juda yaqin turadi. Boshqa eposlarda bo’lgani kabi o’g’uz eposida
ham turkiy qavmlar yoxud urug’lar Ona yurtini g’animdan
himoya qiladi,
egallangan qo’rg’onlarini qaytib oladi, dushmanni
tuproqlaridan nari suradi,
xossatan, yigitlik burchini sharaf bilan bajaradi. Hatto, bu yo’lda shahid ketsa ham.
Bu omil mana bu parchada yaqqol ko’zga tashlanadi: “
Qazan bəgüñ qardaşi
kafiriñ tuğiyla sancaği qilicladi, yərğə saldi. Dərələrdə, dəpələrdə kafirə qirğun
girdi, leşinə üşdi. On iki biñ kafir qilicdan keçdi. Beş yüz Oğuz yigitləri şəhid
oldi...
”
(Kitabi-Dədə Qorqud. 50-b. Əsil mətn. Baki, 2004)
Epos bo’ylarini o’qir ekansiz, ularning deyarli barchasi qahramonlik,
vatanparvarlik, jasorat ruhida ekaniga guvoh bo’lasiz. O’g’uz
xalqining etti
yoshdan to etmish yoshgacha bo’lgan barcha o’g’il-erkagi mana shu fazilatlarga
egaligi, qadimturkiylarning tarixan jismonan kuchli, aqlan etuk, yovga murosasiz,
eliga yuksak sadoqati ajdodlarga nisbatan yanada faxr-iftixor tuyg’ularini jo’sh
urdiradi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, epos qahramonlari orasida nafaqat erkaklar,
bo’z yigitlar, balki qizu ayollar ham qahramonlik qila oladi. Bonuchechak, Saljon
xotun, Burlo xotun shular jumlasidan.
“Qombo’raning o’g’li Bamsi Bayrak dostoni” bo’yida
Bonu chechak
jasorati, o’g’uz (turkiy) qizlariga xos mardligi ta’riflanadi: “Ol öyle adam degildir
kim, sa
Dostları ilə paylaş: