119
Yassawi in Turkic poetry. The works of two great poets are compared in three
directions: 1) artistic interpretation of the esoteric meaning; 2) tradition and
originality in the creation of an artistic image; 3) the language
of the work of art
and the way of expression. Comparative analysis leads to the following
conclusions: firstly, Yunus Emro was a great esoteric poet, secondly, he continued
the traditions of Hazrat Khoja Ahmad Yassawi in artistic creativity, and thirdly, he
made a great contribution to the development of the literary and aesthetic thinking
of the Turkic peoples.
Keywords:
poem, wisdom, esoteric meaning, poetic image, artistic
interpretation, language of a work of art,
mode of expression, creative tradition,
continuity, comparative analysis.
Tarixi va taqdiri, tili, dini va dili bir bo‘lgan o‘zbek va turk xalqlari
adabiyoti mushtarak ildizlarga ega ekani ayon. Ikki qardosh xalq adabiy aloqalari
ko‘pasrlik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani, jahon adabiyoti xazinasiga ko‘plab
buyuk shoiru adiblarni yetishtirib bergani ham ma’lum. XIII asrda yashab ijod
etgan ulug‘ turk mutasavvif shoiri Yunus Emro ana shunday jahoniy e’tirofga
sazovor mutafakkir ekani isbot talab qilmaydi. Shoirning irfoniy mazmun va go‘zal
badiiyat uyg‘unligida yaratilgan nodir she’rlari, masnaviy yo‘lida bitilgan
“Risolatu-n-nus’hiyya” nomli falsafiy-didaktik asari bizgacha yetib kelgan. Bu
asarlar
inson va uning kamoloti, e’tiqod va ma’rifat, Haq va haqiqat mavzulari
betakror badiiy talqin etilgani bilan bugungacha ahamiyatini saqlab kelayotir.
Yunus Emro nazmiy asarlarini tahlil etish natijalari ularda “Turkiston
mulkining shayxu-l-mashoyixi” (hazrat Alisher Navoiy ta’rifi – N.J.) Xoja Ahmad
Yassaviy an’analari munosib davom ettirilganidan dalolat beradi. Ulug‘ shoirning
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev so‘zboshisi bilan, atoqli
olim va shoir Mirzo Kenjabek tarjimasi asosida nashr etilgan “O‘lmas ko‘ngul”
saylanma she’rlar to‘plamidagi hikmatlari ham ushbu fikrni tasdiqlaydi.
Davlatimiz rahbari mazkur nashrga yozilgan so‘zboshida mana bunday ahamiyatli
fikrlarni aytgan: “...hazrat Yassaviy izdoshlarining, jumladan, Yunus Emroning
turkiy xalqlar ma’naviyatiga ko‘rsatgan hayotbaxsh ta’sirini o‘rganish
borasida
olimlarimiz oldida jiddiy vazifalar turibdi va biz bu yo‘lda faol hamkorlik
qilishimiz zarur” [1.4]. Darhaqiqat, Ahmad Yassaviy “Devoni hikmat”idagi
she’rlarni Yunus Emro nazmiy asarlari bilan qiyosiy o‘rganish, an’ana va yangilik,
izdoshlik va badiiy takomil nuqtai nazaridan ilmiy baholash turkiy xalqlar
adabiyotshunosligi oldida turgan dolzarb ilmiy muammolardandir.
Ilmiy izlanishlar bu ikki buyuk shoir ijodini quyidagi masalalar kesimida
qiyosiy o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi:
1.
Irfoniy mazmunning badiiy talqini.
120
2.
Badiiy obraz yaratishdagi an’ana va o‘ziga xoslik.
3.
Badiiy asar tili va ifoda usuli.
Ushbu masalalar tahlili, birinchidan, Yunus Emroning ulug‘ bir irfon shoiri
ekani, ikkinchidan, badiiy ijodda hazrat Xoja Ahmad Yassaviy an’analarini
munosib
davom ettirgani, uchinchidan, turkiy xalqlar adabiy-estetik tafakkuri
yuksalishiga katta hissa qo‘shgani haqidagi to‘xtamga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: