124
“Falyazhaku”
oyatini tafsir qilsa,
Andog‘ olim olim bo‘lur, do‘stlarim-o.
Yunus Emro she’rlarida ham “Tangri” so‘zi ko‘proq qo‘llangan. Jumladan,
shoirning mana bu misralari fikrimizni tasdiqlaydi:
Āṣik mi diyem ben ana Tanri’nun Uçmagin seve
Uçmak dahi tuzadimiṣ mȕ’min cȁnlarin tutmaga.
Ko‘rinib turibdiki, shoir “jannat” so‘zining turkcha “ujmoh”
shaklini
qo‘llagan. Ahmad Yassaviy hikmatlarida ham ayni shakldan unumli foydalaniladi.
Birgina misol:
Tavba qilib, Haqqa yong‘on oshiqlarg‘a
Ujmoh ichra to‘rt arig‘da sharbati bor.
Ikki buyuk shoir asarlari tili va uslubi masalasini kengroq,
chuqurroq va
mufassal tadqiq etish turkiy adabiyotshunoslikning istiqboldagi vazifalaridandir.
Xulosa qilib aytganda, ikki qardosh xalqning
buyuk mutasavvif shoirlari
Xoja Ahmad Yassaviy
va Yunus Emro adabiy merosi turkiy adabiyotda an’ana va
yangilik, hikmat janri takomili, irfoniy
mazmunning badiiy ifodasi, til va uslub
nuqtai nazaridan qiyosiy tadqiqotlar uchun boy material bera oladi. Bu ikki ulug‘
shoir irfoniy mohiyat va milliy ruhiyat betakror talqin etilgan asarlari bilan o‘zbek
va turk xalqlari adabiyoti takomilida yangi bir bosqichni boshlab berdi. Xoja
Ahmad Yassaviy
va Yunus Emro hikmatlari ikki xalqning qadimiy va mustahkam
ildizlarga ega do‘stlik va qardoshlik munosabatlari ravnaqi yo‘lida
bundan keyin
ham beqiyos manba bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.
Dostları ilə paylaş: