Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Badiiy obraz yaratishdagi an’ana va o‘ziga xoslik



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   431
Anjuman Boku (6)

Badiiy obraz yaratishdagi an’ana va o‘ziga xoslik. 
Har ikki shoir 
hikmatlarida badiiy obraz vositasida o‘quvchi ongi va qalbini ma’rifat yog‘dulari 
bilan yoritishga erishgan. Irfoniy qarashlari orqali o‘quvchida ko‘ngilni isyon 
zanglaridan poklash, ma’naviy kamolotga intilish ruhiyatini tarbiyalagan. Biz 
ushbu mo‘jaz tadqiqotda ushbu masalani birgina Do‘st obrazi orqali tahlil etishga 
harakat qilamiz. 
Sharq islom adabiyotida Tangri taoloni Do‘st obrazi orqali vasf etish 
an’anasi mavjud va bu an’ana natijasida badiiyatning nodir namunalari yaratilgan. 
Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlaridan birida bu obrazning mana bunday talqini 
kuzatiladi: 
Do‘st tilagan ul bo‘stonda qaror qilmas, 
Haqiqatlik oshiqlari ishqsiz bo‘lmas. 
Ko‘ngul mulkin bersa anga ko‘zga ilmas, 
Taqvo qilur ichar nabot sharbatinda. 
Do‘st tilamoq – Haq taolo muhabbatini da’vo qilmoq ma’nosida. Sultonu-l-
orifin fikricha, ishqsiz bu maqsadga erishib bo‘lmaydi. Do‘stning visoliga 
muyassar bo‘lmoqning yagona yo‘li ko‘ngil mulkini Unga berish va taqvo 
qilmoqdir.
Mening tilim qush tilidur,
mening qo‘lim Do‘st qo‘lidur,
Men bulbulman, Do‘st gulimdur,
biling, gulim so‘lmas mening.
Ul Do‘st menga kelsin demish,
sundim qadah, olsin demish,
Oldim qadah, ichdim sharob,
endi ko‘nglim o‘lmas mening!
Yunus Emro she’rida solikning ko‘nglini Do‘stga butunlay bag‘ishlash 
holati tasvirlangan. Tili qush tiliga, qo‘li do‘st qo‘liga aylanishi, Do‘st gul bo‘lsa, 
o‘zining bulbul ekani bilan bog‘liq talqinlar Haq taologa muhabbat tuyg‘usi ohorli 
badiiy talqin etilgani bilan qimmatlidir. Haqiqiy Do‘st qo‘lidan ishq sharobini 
ichgan oshiq ko‘ngli o‘lmasligi, doimiy barhayotligi bilan bog‘liq qarashlar shoir 
she’rining irfoniy-badiiy ahamiyatini yuksaltirib yuborgan. 
Do‘st(i) uchun dunyo uqbo mulkin solib, 
Mavt o‘ti ichra kirib kuyub-yonub, 


123 
Necha quvsa dargohidin qorshu kelib
«Ariniy!» deb zor yig‘layur hazratinda. 
Xoja Ahmad Yassaviyning ushbu hikmatida Do‘st obrazi teran irfoniy 
mohiyat va yuksak badiiyat uyg‘unligida talqin etilgan. “Baqara” surasi 60-
oyatidagi “Robbi ariniy” (“Rabbim menga ko‘rsat”) degan iltijo mazmuni bilan 
bog‘langani hikmatda haqiqiy Do‘stni chin ma’rifat bilan tanimoq zarurati dunyo, 
uqbo mulki, mavt o‘ti singari tushunchalar mazmuniga bog‘lab ifodalangan.
Yunus Emroning mana bu satrlarida ham ayni mazmun ulug‘ salafini 
takrorlamagan holda aks etgani kuzatiladi: 
Ikki jahon zindon esa, 
kerak, manga bo‘ston bo‘lur, 
Ortiq manga ne g‘am g‘ussa, 
Chun inoyat Do‘stdan bo‘lur... 
Ul Do‘st yuzin ko‘rdi ko‘zim, 
Eranlarga – tuproq yuzim, 
So‘z bilganga, bas bu so‘zim, 
Kerak, shakkariston bo‘lur. 
Haqiqiy Do‘stni chin ma’rifat bilan tanimoq – Ahmad Yasaviy hikmatidagi 
ushbu mohiyat Yunus Emro she’rida o‘ziga xos ifodalangan. Ya’ni orif zotlarning 
qalbi Do‘stga bog‘langani uchun ham na dunyo tashvishlari, na oxirat g‘ami ularni 
o‘ylantirmaydi. U har doim rizo maqomida sobit bo‘ladi.
Xoja Ahmad Yassaviy va Yunus Emro ijodidagi oshiq, g‘arib, soqiy, piri 
mug‘on singari obrazlar va ularning irfoniy mohiyatni badiiy talqin etishdagi o‘rni 
masalalari yuzasidan kelajakda ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmog‘i zarur. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin