96
ta’kidlashadi. Ammo epos tahlili, mutolaasi o’qirmanga Qo’rqit Otaning qilgan
qahramonliklari haqida ham so’zlaydi.
Jumladan, Bamsi Bayrak Bonuchechakka talabgor bo’lganda, o’g’uzlar
qizning akasi Dali Qarchardan qo’rqib, sovchilikka borolmay turishganda, el Dada
Qo’rqutning borishini iltimos qiladi.
Dali Qarchar chapani, singlisini so’rab borgan sovchini o’ldirar edi. Qo’rqut
Ota barcha mas’uliyatni zimmasiga olib Dalining oldiga borib, uning shartlarini
bajaradi. Nihoyat Dali taqdirga tan berib, Bonuchechakning uzatilishiga rozi
bo’ladi. Mana shu birgina jihat ham turkiy qavmlar orasida yoshulliyu oqsoqollar
ham muhim o’rin tutganidan darakdir.
Eposdagi 12 bo’yning barchasida yuqorida ta’kidlanganidek, o’g’uz yoxud
turkiy er-yigitlar faqat qahramonliklar ko’rsatadi. Ularga xiyonat, qo’rquv,
hayiqish begona. Epos so’nggidagi Ich O’g’uz va Tash O’g’uz o’rtasidagi jang
ham anglashilmovchilik, munosabatlar o’rtasidagi tafovut sabab yuzaga kelgan.
To’g’ri, buzuq (bo’zo’qlar) hamda uchuq (ucho’qlar) orasidagi farq, buning tarixiy
ildizi yana bir qadimiy turkiy eposi “O’g’uznoma”ga borib taqaladi. Bu haqda
boshqa maqolalarimizda batafsil to’xtalganimiz bois (Oripov, “Dada Qo’rqut” ‒
“O’g’uznoma” kitobiy eposning davomi(mi)?!, 2022-y, B.61-67), ortiqcha
murojaat qilishni lozim topmadik.
Akademik Baxtiyor Nazarov fikriga ko’ra: “
Dostları ilə paylaş: