Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA IJODKORLARINING



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə425/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   431
Anjuman Boku (6)

XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA IJODKORLARINING 
MUSHTARAK G‘OYALARI 
Gulnavoz MAMADALIYEVA
Nam DU magistarnti
Annotatsiya: Mazkur maqolada XIX sar oxiriXX asr boshlarida yashagan 
ma’rifatparvarlarning hayotga umumiy ko‘z bilan qarashi, hamfikrlilik ijod 
yo‘nalishlari bir-biriga hamohang ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tilgan. 


917 
Ularning bu yo‘lda ko‘plab to‘siqlarga duch kelgani va bu yo‘ldagi maslagidan 
qaytmaganligi ifodalangan. 
Kalit so‘zlar: Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti, jadid, mustamlaka
inqilob, yangi usul maktablari, darsliklar, doston. 
XIX asr oxiri XX asr boshlari o‘zbek adabiyotining yangilanishi davridir. 
Ayniqsa, badiiy adabiyotda hajviyot yuksak darajada rivojlandi. Shuningdek, 
sayohat janri, diniy tasavvufiy she’rlar, asarning kimga qaratilganligi ochiq-oydin 
ifoda etish shuhrat topa boshladi. Ikki tillilik ya’ni zullisonayn davom etgan. 
Barcha ijodkorlar arab va fors tillarini bilishgan. Ularning ijod yo’nalishlari, 
maqsadlari deyarli bir xil edi. Asarlarida o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayotni 
aniq ko‘z oldimizga keltirishga yordam beradi. Milliy uyg‘onish davrining atoqli 
vakillaridan: Abdulla Avloniy, Tavallo, Sirojiddin Sidqiy, Muhammadsharif 
So‘fizoda, Abdurauf Fitrat, Hamza, Muqimiy, Furqat, Ibrat, Xo‘qandiy kabilarning 
xizmatlarini ko‘rishimiz mumkin. 
1926 - yili adabiyotimizning ikki buyuk iste’dod egalari mehnatini qadrlab, 
yuksak unvon bilan taqdirlandi. Ulardan biri Muhammadsharif So‘fizoda, 
ikkinchisi Hamza Hakimzoda Niyoziy edi. O‘z she’rlari bilan adabiyot dargohida 
o‘rnini topgan, tinglovchilar, o‘quvchilar yuzida tabassum uyg‘ata oladigan sehrli 
ijod namunalari uchun Muhammadsharif So‘fizodaga ,,O‘zbekiston Xalq Shoiri”, 
nasrda esa qalami o‘tkirligi bilan shuhrat topgan Hamza Hakimzoda Niyoziyga 
,,O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvonini berildi. [340,461] 
Davrning ilg‘or kishilarini mavjud tuzum tug‘dirgan nohaqlik, adolatsizliklar 
qalbini tug’yonga keltirib, ochiq-oydin ta’riflab yakdil kuylab, quyuq, o‘tkir 
hajviyalari bilan Vatanda ro‘y berayotgan fojialarni qalamga olishgan.
Masalan, So‘fizodaning she’rlaridan birida: 
Muallimni quvib, maktabni yopgan chustiylar bizlar, 
Berib pora, pristavlarni topgan chustiylar bizlar. [67, 110]. 
Kinoya va qochirimlarga boy ushbu she’rda, bitta shahar aholisi misolida 
butun Turkistondagi vaziyat tasvirlangan. Davrdagi bunday noodillik, haqiqatsizlik 
kabi salbiy hollarni So‘fizoda jur’atkorlik bilan fosh qildi va ularga qarshi nafrat 
uyg‘ota oldi. 
Muqimiyda esa, 
Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan, 
Oldilar har yerda bulbul oshiyoni zog‘lar. 
Ushu parchada shoir zamonani adolatsizligidan ranjib, hamma o‘ziga qulay 
makonda bo‘lishini bulbul misolida ifodalaydi. Bilamiz ko‘plab asarlarda bulbulni 
o‘z erkinligini har qanday go‘zallikdan ustun qo‘ygan qush misolida uchraydi. 


918 
Masalan, ulug‘ mutafakkirimiz Alisher Navoiy ham o‘z ijod namunanasida 
quyidagi misralarni keltirib o‘tgan: 
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, 
Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish. 
Xuddi shunday zamonasidagi insofsizliklarni o‘z asarida yoritgan 
ma’rifatvarlardan biri Is’hoqxon Ibrat ijodida ham ko‘rishimiz mumkin. 
Alhol muhtasib yo‘q, bir-ikki qilsa ul do‘q, 
Ichkuga xalq rog‘ib, doim fiyon bo‘lubtur. 
Mahbuba naqshxonlar, ko‘zi qaro juvonlar 
Gastinsalarda yurub, sarfi ziyon bo‘lubtur. [176, 461]. 
Shoirning ushbu she’rida xalqning og‘ir hayoti, mustamlakachilarning 
kirdikorlari aniq ifoda etilgan. 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashagan yana bir ijodkorlardan biri 
Sirojiddin Sidqiy o‘zining ,,Rusiya inqilobi” dostonini yozadi. Bu asar adabiyot 
olamida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asar. 
Ki eski hukumat zamoni aro 
Yo‘q erdi bu xil jur’at etmak mango. 
Alar asrida jur’at etsam agar, 
Yopar erdilar turmag‘a sarbasar. 
Hajman yirik bo‘lgan ushbu asar (214 misra) bo‘lgan bo‘lib, ilk bobidan 
fevral inqilobining birinchi kun tasviridan boshlanadi. Sidqiy xalqni larzaga 
keltirgan vayronagarchilik, ochlikni ko‘radi. Keyingi boblarda Turkistondagi 
adolatsizlik, zo‘ravonlikga keng e’tibor qaratadi. 
Jadidlarning yana mushtarak maqsadlaridan biri xalqni ilm-ma’rifatli qilish 
va omma orasida keng targ‘ib qilishdir, Bu yo‘lda har qanday ta’qiblardan, 
tahdidlardan cho‘chimay, dadil harakat qilgan jadidlarimiz yangi-yangi maktablar 
ochib, xalq farzandlarini ilm dargohlariga jalb eta boshlashdi. Buning uchun, 
darsliklar tayyorlashgan, xalqni g‘aflatdan uyg‘otuvchi, ma’rifat chaqirig‘i bo‘lgan 
ijod namunalarini yaratganlar. Bunga misol qilib, So‘fizaning o‘zi tug‘ilib o‘sgan 
Chust shahrida yangi usul maktabini ochgani bunda muhim omil bo‘ldi. U maktab 
tepasiga ,,Men ul bo‘yoqchimanki, maktab xumida rang berib, qora chappalarni 
o‘n ikki oyda oq qilaman” deb yozib qo‘yganiga tarix guvohdir. [35,68]. 
Shuningdek, So‘fizodaning ma’rifatchilikni targ‘ib qiluvchi bir qator ijod 
namunalari mavjud bo‘lib, ,,O‘qing onalar”, ,,Gazet to‘g‘risida”, ,,Quvdi meni 
johillar” kabilar shular jumlasidandir.
Bu kabi mazmundagi asarlarni Hamza Hakimzoda, Muqimiy, Sirojiddin 
Sidqiy, Tavallo, Abdulla Avloniy va boshqa ko‘plab bu davr adabiyoti vakillari 
ijodida ko‘rishimiz mumkin. Hamzaning ,,Atir gul”, ,,Oq gul”, ,,Qizil gul”, ,,Pushti 
gul”, ,,Yashil gul” kabi asarlarida ilm - ma’rifatga chaqiriq g‘oyasi bosh o‘rinda 


919 
turadi. Sirojiddin Sidqiy ham o‘z asarlarida ilm- ma’rifatga da’vat bosh g‘oya 
sanaladi. U o‘z risolalarida aql va bilim sohibi dilbar ayol qiyofasini chizishga va 
ayollarning o‘rni ma’rifat yo‘lida qanchalik muhim ekanligini tushuntirishga 
uringan. Bu kabi harakatlar Sidqiyning milliy uyg‘onish davri o‘zbek 
adabiyotidagi o‘z o‘rniga egaligini ko‘rsata oladi. 
Erk va ozodlikni har narsadan ustun tutgan Abdulla Avloniy unga olib 
boradigan yo‘l ma’rifat ekanligini isbotlaydi. Uning: 
Ilmu donish yaxshi ziynatdur xotin-qiz ahlina
Qo‘y qadam ilm uyina, tumoru marjonni unut. 
U xalqi uchun ozgina bo‘lsa ham foydasi tegishini istagan kishini ma’rifatga 
chorladi. Uning obrazli ifodasiga ko‘ra, ilm bamisoli bodom ichidagi mag‘iz. Uni 
qo‘lga kiritish uchun mehnat qilish, chaqib po‘chog‘idan ajratib olish kerak.
,,Inson Ibrat nazari ila boqub, dunyo kitobidan o‘z qadr- hissasini bilib 
olmog‘i lozimdur, - deb yozadi Avloniy.— Shuning uchun aql sohiblari, fatonat 
egalari o‘zlariga foydasi bo‘lsa-bo‘lmasa, sinchiklab qarag‘on narsalaridan bir 
hissa olmay qo‘ymaslar”.[277,461]. 
Jadidchilik – millatparvarlik harakati faollaridan bo‘lgan Ibrat millat 
kelajagi, ravnaqini ilmli kishilar ko‘payishida ko‘radi. ,,Agar bu vijdon, insof ila 
muhokama qilsak, tavaqqufsiz va taraddudsiz eski maktabalarimiz asoslaridan 
yiqib, joylariga tartib va taraddudsiz eski maktabblarimiz asoslaridan yiqib, 
joylariga tartib va intizom bilan yangi usul domlalarning himoyasida bo‘lgan 
maktablar va’z etmak lozimdur”, - deb yozadi ,,Turkiston viloyatining gazeti” da. 
Bunga qarshi bo‘lgan kishilar bilan gazeta orqali oshkora va dadil munozaraga 
kirishadi. Ibrat uqtiradiki, ,,Maktab bo‘lmasa, bu olamda madaniyat joriy 
bo‘lmaydi… Dunyo ishi uchun ilm kerak, ilm!” [193, 461]. 
Is’hoqxon Ibratning quyidagi misrasini ma’rifatga chaqiriq sifatida 
ko‘rishimiz mumkin: 
O‘qing ilmu hikmat, sizga bu ish katta ibratdur, 
Agar ilm o‘rganursiz, barcha ishda sizga nusratdur. 
Agar ilm o‘lmasa, nodon umri barcha kulfatdur, 
Bu ashyoyi jadidi mubaddali asli hikmatdur… 
Jadidlar milliy uyg‘onish ruhi bilan yashadilar, ijod qildilar, maqsadlaridan 
qaytmadilar. Ular xalqning o‘zligini anglashida, erkinlikka erishishida, har qanday 
vaziyatda ham buning uchun harakat qilishlarini uqtirib kelgan. Milliy uyg‘onish 
yalovbordori bo‘lib maydonga kirdilar.Maqsadlari yo‘lida jonlarini ham 
ayamadilar. Bu xizmatlari esa ularning nomini abadiylikka muxrladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Orifiy H. Muhammadsharif So‘fizoda. – Namangan: Namangan, 2007. – 110 b. 


920 
2.Qosimov B, Yususpov Sh, Dolimov U, Rizayev Sh, Ahmedov S. Milliy 
uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Ma’naviyat, 2004 – 461 b. 
3. Rasulov I, Sulton I. Taronalar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy 
adabiyot nashriyoti, 1968 – 68 b. 


921 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin