142
mushtarakligini topishga intiladi. Masalan, uning “Qalbdan sevgi toshdi, firoq,
g‘am-alam... Yuramen, daydimen, parcha cho‘g‘ qalbda.
Muhabbat dardida
Majnun mendan kam, Go‘zalim kelmadi, yonamen dardda” (2,254) satrlarida
talmeh san’atini eslatuvchi tasvir uslubi Fuzuliyning “Manda Majnundan fuzun
oshiqlik iste’dodi vor, Oshiqi sodiqmanam, Majnunning anjaq odi vor... Qil
tafaxurki, saning ham vor mantak oshiqing. Laylining Majnuni, SHirinning
agar Farhodi vor” [4,115] misralaridan turtki olganligini payqash qiyin emas.
Yuqoridagi satrlar nafaqat tasviriy vositalari, balki obrazlari va mazmuni bilan
ham yaqindir. Yoki Fuzuliyning “Majnun o‘da yondi sho‘’lai
oh ila pok,
Vomiq suya botdi, ishqdin o‘ldi halok. Farhod havas ila ela verdi umrin, Xok
o‘ldilar onlar, manam emdi ul xok» (1,369) ruboiysida ifodalangan mazmun,
xususan insonning alal-oqibat muqarrar tuproqqa aylanishi, inson va abadiy
borliq haqidagi falsafiy o‘ylar Oybekning “Gar bossam yig‘laydi
tuproq -
Jo‘rjoniy - O‘rtangan gulxandan bir kaft kul ekan. Qilichdan quyilgan
Ulug‘bek qoni Yulduzlar kuz yoshiga qorishgan...” (2,311) satrlariga ko‘p
jihatdan fikrdosh va sirdoshdir. Chunonchi, zulm va hasratdan iborat insoniyat
kechmishi o‘z qa’riga ko‘plab nolalarni yashirgan asrlardan iborat. Bir kaft
kulga aylangan buyuklar tasviri bilan nolakor asrlarning uyg‘un talqin
etilishida ham ta’sir belgilarini ko‘ramiz.
Tashbeh san’atidan foydalanib
oshiq va yor portretini, sajiyasiga xos
jihatlarning mukammal tasvirini yaratgan Fuzuliy “Kokilingtak boshinga
chirmanmak istar xotirim, Ey manu yuz man kibi sargashta qurboning
saning”(1,185), “Xotiring jam’ aylading ahli vafo ko‘nglin buzib,
Bir imorat
yopmag‘a ming ev yiqan me’mortak” (1,193), “Nay kibi, har damki, bazmi
vaslingi yod aylaram, To nafas vordur quru jismimda, faryod aylaram”(1,225),
“Ey ulub sulton, deyan dunyoda mandin g‘ayri yo‘q San o‘zing bir cho‘g‘z bil,
dunyoni bir vayrona tut!” (1,66) satrlarida yor xayoliga bandi oshiq holati
boshga chirmalgan sochga o‘xshatiladi. Barcha vafodorlarining ko‘nglini
vayron etib boshqalar diqqatini o‘ziga jamlagan mahbuba qilmishi go‘yo bir
imorat
barpo etmoq uchun, ko‘plab qurilgan uylarni buzib narsa yiqqan
me’mor qilmishiga qiyoslanadi. Yoki, o‘zini yagona sulton bilib, manmanlikka
berilgan shaxs holati vayrona ichida to‘rgan boyqushga mengzaladi.
Darhaqiqat, bunday kishilar soxta g‘urur bilan o‘zgalar ko‘nglini vayron
etadilar. Ushbu holat esa yakkalanib qolgan cho‘g‘zni eslatadi.
Tashbeh
vositasidagi ana shunday tasvir uslubining ijodiy ta’siri Oybekning “Olov kabi
yonar sahro kimsasiz, Uzoqda bulut-la o‘pishgan tog‘lar” (1,351); “Dilga
tog‘dek
umid soldim, To‘ldi ko‘ngil qirg‘oqlari” (1,189); “Yo‘l uzoq bizni
kutar dard va hijron, Bir yutum may kabi o‘tsin ayyom...” (2,119); “Zumrad
barglar isirg‘a kabi Engil titrar, kuydir ermagi” (2,205) ifodalaridagi haroratli
sahro, lirik qahramonning ko‘tarinki kayfiyati, tabiatning go‘zal manzarasi
hamda umrni shodon o‘tkazishga undayotgan shoir kechinmalarida ko‘rinadi.
Yoki,
Fuzuliyning
Dostları ilə paylaş: