143
Hasud hiylasi iqbolin aylamaz idbor” (1,330) satrlarida “azizi haq” va “hasadi
dushman”, “iqbol” va “idbor” qarshilantirishlari vositasidagi namoyish yotadi.
Zero, Olloh, nazari tushgan kimsani hasad xor etolmasligi,
har qanday hiyla
uning ishini barbod etolmasligi haqidagi falsafiy fikrda ko‘rinish beradi. Kam
so‘zlashning ahamiyati “cho‘q” va “oz” so‘zlari zidligi vositasidagi “Gar
cho‘q istarsan, Fuzuliy, izzating oz et so‘zi - Kim, cho‘q o‘lmoqdan qolibdur
cho‘q azizi xor so‘z” (1,146) misralarida ifodasini topadi. Ushbu tasvir
uslubining Oybekka ijodiy ta’siri
oydinli yo‘l
va
quruq cho‘l
birikmalarining
qarshilantirish vositasidagi “Sen eson bo‘l, sen omon bo‘l, Seni kutsin oydinli
yo‘l. Bahori yo‘q, lolasi yo‘q, YUragimdir bir quruq cho‘l” (1,76) satrlarida -
ulkan mehr va cheksiz iztirob ifodalarida aks etadi. Oshiqning mahbubasiga
bo‘lgan muhabbati
bor, yo‘q
so‘zlari zidligi asosidagi “Dardim bor, gulim bor,
qo‘shiqlarim bor, Sen yo‘qsen! Nahotki bu mangu armon?!» (2,117)
tarzda
siqiq ifodasini topgan. Farg‘onalik jangchi Teshaboy Odilov qiyofasi
“
qaymog‘i – g‘azab chaqmog‘i
” so‘zlari zidligiga asoslangan “Yigitlarning
udir qaymog‘i, Yovni o‘rgan g‘azab chaqmog‘i” (2,138) ifodasida zuhur topsa,
raisaning beorom hayot tarzi “
loyqa suv
” va “sevgi ertagi”
birikmalarini
qarshilantirish asosidagi “Ishda oromidi qultum loyqa suv, Kiprik yumganida
- sevgi ertagi...” (2,200) misralarida aks etgandir. Ushbu satrlarda “sevgi
ertagi”dagi tuyg‘ular sofligi “qultum suv”dagi loyqalikka zidlantirilishi orqali
bir maromdagi turmush tarzini izdan chiqargan urushga,
bu davr
murakkabliklariga, kishilar o‘y-kechinmalaridagi notinchliklarga ishora
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: