“Tajohuli orif” san’atini yodga soluvchi quyidagi satrlar go‘zal o‘zbek
aktrisasi Tursunoy Saidazimovaga bag‘ishlangan bo‘lib, unda qotil shaxs
qiyofasi o‘ziga xos chizgisini topgan: “Ey, nozli malika! Qalb yo‘qmidi unda?
Bir nash’ali tunda Xanjar sola qoldi” (1,139). Murabba shaklida bandlangan va
qofiyalangan “tajohuli orif” san’atini yodga soluvchi ritorik so‘roqli satrlarda
fikr ta’sirchanligi ta’minlanayotir. Yoki “Sen qayda, go‘zal yoshlik? Sen
tushga-da kirmaysen. Hijronlar uzoq toshliq. Ko‘ngilni ovutmaysen” (1,220)
ifodasidagi ritorik so‘roq yoshligining endi qaytmasligini anglagan lirik
qahramon iztiroblarining qabartma tasvirini yuzaga keltirgan. Vafo insonning
boqiy ma’naviy fazilatlaridan biri ekanligi “Vafo derlar buni, azizroq ne bor?
Qarilik ham oydin, ishqimiz mangu» (2,292) satrlarida ifodalash orqali Oybek
ushbu san’atning betakror namunasini yaratgan. “Tajohuli orif” san’atining
go‘zal ifoda usuli «Mani jondan o‘sondirdi, jafodan yor o‘sonmazmi? Falaklar
yondi ohimdan, murodim sham’i yonmazmi?” (1,286), “Go‘shai abrularingda
chashmi jodularmidur?.. Yo‘qsa kirmish yoya tiyrandoz hindularmidur? Ikki
ajdardurki bir ganj uzra bosh qo‘ymish yotur, Yo masalsal orazing davrinda
giysuvlarmidur?” (1,134) misralarida lirik qahramonning iztiroblari, yor
portretiga xos chizgilar hayotiy talqinini topgan. Jon olg‘uchi ko‘zlar, qoshlar
go‘shasida maskan qurgan afsungarlarmi, yo kamon o‘qlari bilan nishon
olayotgan tiyrandoz hindularmi? Qosh ganjini qo‘riqlab yotgan ikki ajdarmi,
yo oraz ta’rifida to‘lg‘ongan ikki o‘rilgan sochmi? Ana shunday so‘roqlar
144
asosida mahbubaning go‘zal ma’naviyati tasvirlanadi. Ayniqsa, jafokor yor
qiyofasini chizishda
ruju san’atining o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, Oybek
Fuzuliyning