120
10-BOB. YUK KO’TARISH MASHINALARI VA JIHOZLARI
10.1. Yuk ko’tarish mashinalarining ishlash ko’lami va tasnifi
Yuk ko’tarish mashinalari materiallarni
bir joydan ikkinchi joyga
ko’chirishda, qurilish konstruktsiyalarini montaj qilishda, omborlarda
ko’tarish-tushirish ishlarida qo’llaniladi.
Ish xarakteriga ko’ra bu mashinalar davriy harakat qiluvchilardir.
Ularning asosiy parametrlaridan biri – yuk ko’tarish qobiliyatidir. Yuk
ko’tarish qobiliyati massa birligi (kg, t) da belgilanadi. Yukning og’irlik
kuchi uning massasi va erkin tushish tezligiga bog’liq bo’lganligidan
birligi qilib (N, kN) belgilanadi. Bundan tashqari, yuk ko’tarish
mashinalari xizmat ko’rsatish maydoni, yukni ko’tarish balandligi va
qulochi,
ish jarayoni harakati tezligi, massasi, sarflanadigan quvvat va
tayanchlariga tushadigan yuklar qiymati bilan xarakterlanadi. Yuk
ko’tarish mashinalarining yuk ko’tarish qobiliyati ilgakning qulochiga
bog’liqdir.
Ilgakning qulochi
deb, kranning burilish qismi o’qidan yuk
ko’taruvchi ilgakkacha bo’lgan masofaga aytiladi. SHuning uchun
kranlar yuk momenti (yukning og’irlik kuchini
yuk yelkasi ilgakning
qulochiga ko’paytmasi) bilan xarakterlanadi.
Ishlash ko’lamiga ko’ra yuk ko’tarish mashinalari quyidagi
guruhlarga bo’linadi: yordamchi yuk ko’tarish mashinalari,
qurilish
ko’targichlari, qurilish kranlari, maxsus quvur yotqizgich kranlar.
Yordamchi yuk ko’tarish mashinalariga
domkratlar, qurilish
chig’irlari va osma chig’irlar (tallar va elektrotallar) kiradi. Ularning
afzalligi shundaki, ular bir xil mexanizmlardan iborat bo’lib, yuklarni
gorizontal va vertikal yo’nalishda transportirovka qiladi. Yukni vertikal
transportirovka qilish mexanizmlariga domkratlar, qurilish chig’irlari va
tallar kiradi, gorizontal yo’nalishda esa relsli yo’llar bo’yicha tortuvchi
chig’irlar misol bo’ladi.
Qurilish ko’targichlari.
Bu mashinalarda
yuk yoki odamlarni
yuqoriga ko’tarishda ishlatiladi. Ular qattiq biriktirilgan yo’naltiruvchi
reykalarda harakat qiladi va yuklarni maydonchalarda, odamlarni esa
maxsus kabinalarda ko’taradi.
Qurilish kranlari
. Bu anchagina murakkab va universal bo’lib,
donador yuklarni ko’chirishda, qurilish konstruktsiyalarini va texnologik
qurilmalarni ko’tarishda xizmat qiladi. Ular konstruktsiyasiga va xizmat
ko’rsatish maydoniga ko’ra konsolli (strelali) yoki prolyotli,
statsionar
yoki ko’chma turlariga bo’linadi.
Konsolli kranlarga statsionar–machtali, machta–strelali, minorali,
121
strelali o’zi yurar kranlar va maxsus quvur yotqizgich kranlar kiradi.
Kranlarga: ko’prikli, Chorpoyali va kabelli kranlar kiradi.
Statsionar strelali kranlar yukni faqat o’z strelasi aylanadigan doira yoki
sektor atrofida ko’chiradi.
Minorali kranlar relsli yo’lda harakatlanib, yukni ko’chiradi hamda
uzunligi rels uzunligiga teng va eni kran qulochining ikki barobariga
teng to’rtburchak maydonga xizmat qiladi.
Minorali kranlar ko’p sonli konstruktsiyalarni ko’tarib o’rniga
qo’yishda qo’l keladi. Strelali o’zi yurar kranlar (avtomobil,
pnevmog’ildirakli, gusenitsali maxsus shassiga o’rnatilgan) yuklarni yer
bo’ylab ko’chiradi va har qanday ko’rinishdagi maydonda xizmat qiladi.
Chorpoyali va ko’prikli kranlar maxsus temir yo’llarda harakat
qilib, to’g’ri burchakli zonada xizmat ko’rsatadi. Kabel kranlar ikki
ustun oralig’ida tortilgan arqon bo’yicha yukni harakatlantiradi.
Kranlarning metall konstruktsiyasiga bir nechta mexanizmlar o’rnatilgan
bo’ladi. Kran mexanizmlari:
yukni ilib oluvchi qism; kran harakatini
ta’minlovchi mexanizm; strela qulochini o’zgartiruvchi mexanizm;
buriladigan qismni aylantiruvchi mexanizm.
Kranlar mexanizmlari yuritmalariga ichki yonuv dvigatellari,
gidravlik yoki elektrodvigatellar qo’llaniladi.
Elektrodvigatellar doimiy
yoki o’zgarmas tok bilan ishlaydi.
Maxsus quvur yotqizuvchi kranlar.
Bunday kranlar strelasi yon
tomonga joylashgan bo’lib ular traktorlarga o’rnatiladi. Ulardan
foydalanishda afzallik shundan iboratki, quvur yotqizuvchi kranlar bir–
biriga ulangan uzun quvurlarni mashinalardan tushirishda,
neft hamda
gaz quvurlarini chuqurga (transheyaga) yotqizishda, chuqur bo’ylab
qilinadigan boshqa ishlarni bajarishda qo’llaniladi.
Mashinalarni boshqarish sistemasi.
Mashinalarni boshqarish bir
necha ko’rsatkichlarini rostlashni talab etadi. Boshqarish dastalari juda
ko’p bo’lganidan, ularning sonini kamaytirish uchun boshqarish a’zolari
birlashtiriladi. Bunday agregatlar markaziy boshqarish postlaridan iborat
bo’lib, ularning mexanizmlari o’zaro kinematik bog’langan.
Boshqarish stendiga va mashinist kabinasiga alohida talablar
qo’yiladi. Mashinistning kabinada
joylashuvi, richaglarning dastalari va
pedallarga nisbatan o’tirg’ichning vaziyatini o’zgartirish imkoniyati,
richaglarning o’zaro joylashuvi, kabinaning komfortabelligi, ko’rish
burchagining kattaligi alohida ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: