O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 274 -
nuqsonni tugatmay maktabga chiqarilsa, boshqa bolalar ularga
«soqov» deb laqab qo‘yadilar. Natijada bunday laqabni hadeb
eshitavermaslik uchun bunday bolalar kam gapiradigan,
o‘zlarini chetga olib yuradigan bo‘lib qoladilar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqi
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqiga nisbatan ancha
taraqqiy etgan bo‘lsa ham hali ularning gapirishlariga qarab
turib, nihoyat darajada so‘z yetishmayotganini payqash oson.
Chunonchi, kichik va o‘rta yoshdagi maktabgacha ta’lim
bolalarining jumlalarida «anaqa», «anu», «nima», «indan
keyin» kabi noaniq iboralar juda ham ko‘p bo‘ladi. Katta
guruh bolalarida esa bunday iboralar kamroq uchraydi. Shuni
ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, nutq faqat boshqa
odamlar bilan amalga oshiriladigan aloqa vositasigina bo‘lib
qolmay, balki u bolalar uchun o‘z xulq-atvorlarini boshqarish
vositasi hamdir. Nutq bu vazifani bajarishda tafakkur bilan
qushilib ketadi. Shuning uchun nutq tafakkur vositasi hamdir.
Turli yoshdagi maktabgacha ta’lim bolalari o‘z xulq-
atvorlarini, yangi ma’lum ijtimoiy sharoitda o‘zlarini qanday
tutishlarini tafakkur orqali o‘ylab idora qiladilar. Bunda
nutqning roli birinchi darajali ahamiyatga egadir. Odatda
kichik yoshdagi maktabgacha ta’lim bolalarining nutqlari
ikkinchi bir odamga emas, balki o‘zlariga qaratilgan bo‘ladi.
Masalan, «Anvar uxlaydi», «Anvarni qorni ochdi» deb
gapiradilar. Bolalarning ana shunday so‘zlariga qaratilgan
nutqlarini egotsentrik nutq deb yuritiladi. Katta yoshli
maktabgacha ta’lim bolalarida egotsentrik, ya’ni o‘z-o‘ziga
qaratilgan nutq tugallanib, normal holga keladi»
Shunday qilib, asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutq bola
psixikasining taraqqiyotida benihoyat katta rol o‘ynaydi.
Maktabgacha ta’limda va oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan
ta’lim-tarbiya va xususan, maktabgacha ta’limda ona tilidan
o‘tkaziladigan maxsus mashg‘ulotlar tufayli bola nutqini
normal o‘stirish mumkin. Bola maktabgacha ta’lim yoshining
oxirgi bosqichiga kelganda og‘zaki nutqning hamma
turlaridan erkin foydalana oladigan bo‘ladi. Bola nutqining
bundan keyingi taraqqiyoti maktabda o‘qish protsessida
amalga oshiriladi.