ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СИМВОЛОВ Аннотация
В данной статье рассматриваются специфические особенности символов. Помимо анализа языковой природы символов,
случаи навешивания в языково-речевые явления, служащие обеспечению разнообразия и действенности речи, отражают
речевую культуру, языковое богатство и поведение людей. В то же время многие философы брали в пример мнения,
высказанные учеными о символе в результате их исследований.
Ключевые слова: Символ, природа, лингвистика, язык, семантика, миграция, метафора, персонаж, культура, форма,
наука, событие, развивающееся искусство, миф, мышление.
RAMZLARNING ADABIY XUSUSIYATLARI Annotatsiya
Ushbu maqolada ramzlarning o‘ziga xos xususiyatlari xususida so‘z boradi. Shuningdek, ramzlarning lingvistik tabiatini tahlil
qilish bilan birgalikda insonlarning nutq madaniyati, til boyligi va xulq-atvorini ko‘rsatuvchi, nutqning rang-barangligi hamda
ta'sirchanligini ta'minlash uchun xizmat qiluvchi lisoniy-nutqiy hodisalarda ask etish holatlari yoritib berilgan. Shu bilan
birgalikda, ko‘pgina faylasuf, olimlarning tadqiqot ishlarini o‘rganish natijasida ramz haqida bildirilgan fikrlari misol tariqasida
axborot qilib olingan.
Kalit so‘zlari: Ramz, tabiat, lingvistik, til, semantika, ko‘chim, metafora, belgi, madaniyat, shakl, fan, hodisa, taraqqiyotb san'at,
mif, tafakkur.
Kirish . Ramzlar insonning muayyan fikr va his-
tuyg‘ularini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi
davrda ularning mazmun-mohiyatini anglash, ularni yozma va
og‘zaki nutqda o‘rinli qo‘llash, har bir soha bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlarda ramzlarning mohiyatini yoritib berish, izohlash,
anglash, tushuntirish hamda asarlarning mazmunini aniq
ifodalash kabi masalalar muhim bo‘lib turibdi.
Jamiyat
rivoji
ramzlarning
muayyan
darajada
o‘zgarishi, taraqqiyoti, mukammallashiga olib keladi. Ular
insonlarning o‘zaro fikr almashish va muloqot qilishda
yengillik
hamda
qulaylik
yaratish,
narsa-hodisalarga
munosabatlarini aniq ifodalash uchun ijtimoiy-lisoniy hodisa
sifatida xizmat qiladi. Ramzlarning taraqqiyoti ma'lum til
lug‘at tarkibi va ifoda imkoniyatlarining boyib borishiga ijobiy
ta'sir ko‘rsatadi.
Ramzlar insonlarning nutq madaniyati, til boyligi va
xulq-atvorini ko‘rsatuvchi, nutqning rang-barangligi hamda
ta'sirchanligini ta'minlash uchun xizmat qiluvchi lisoniy-
nutqiy hodisadir.
Ma'lumki, belgi inson ongida ifoda yoki ramz tarzida
aks etadi. Madaniyat ramziy shakllar tarzida voqelikda mavjud
bo‘ladi. Ramz fan va san'atda o‘ziga xos mazmun kasb etadi.
U fanda, chunonchi, mantiq, matematika, tilshunoslik va
boshqa fanlarda, asosan, belgi tushunchasini, san'atda esa
obrazning majoziy ma'nosini ifodalash mazmunini bildiradi.
Ramzning ma'nosi uning obrazi strukturasi bilan o‘zaro uzviy
bog‘liq bo‘ladi, mazmuni esa cheksiz ko‘p ma'nolilik
xususiyatiga ega. Ramz moddiy narsalar va voqeliklarning
belgi yoki obraz tarzida ifodalangan mazmunidir. Uning
mohiyatini mantiq doirasida aniq ta'riflash qiyin. U idrok
etuvchi sub'ektning qizg‘in faoliyatiga mo‘ljallangan serma'no
tizimdir.
Ramziy faoliyat faqat inson tafakkuriga xosdir. Til,
mif, din, umumiy tarzda aytilsa, ramziy shakllardan iborat
bo‘lib, ularning vositasida inson o‘zini qurshagan muhitni
tartibga soladi. E'tiborli jihati shundaki, ramzning ma'nosi
faqat insonlar muloqoti doirasidagina amalda mavjud bo‘ladi.
Ramzlar keng iste'molliligi nuqtai nazaridan alohida ajralib
turadi, ular ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'rifiy-
ma'naviy hayotda ham, fanda ham, san'at, chunonchi, badiiy
adabiyotda ham keng qo‘llaniladi. Biroq ramz mazkur soha
yo‘nalishlarda turli vazifalarni bajarishiga ko‘ra farqlanadi.
Shunga ko‘ra, ramzlarni quyidagi mavzuiy guruhlar bo‘yicha
tasniflash mumkin:
a) ijtimoiy hayotda qo‘llanuvchi ramzlar;
b) siyosiy ramzlar;
v) iqtisodiy hayotda qo‘llanuvchi ramzlar;
g) madaniy, ma'rifiy-ma'naviy hayotda qo‘llanuvchi
ramzlar;
d) fanlar tizimidagi ramzlar;