O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126
12-88-PB (1)

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/4/1]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/
 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 273 -
bunday chala-chulpa nutqning ma’nosini bolaga eng yaqin 
odamgina, ya’ni uning onasi yoki dadasigina tushuntirib bera 
oladi.
Bola nutkining taraqqiyotidagi bu davrning xarakterli 
belgisi shundan iboratki, bola aytib bera oladigan so‘zlar 
miqdori juda kam bo‘ladi. Chunki uning aktiv lug‘ati juda 
sekinlik bilan boyib boradi. Biroq bola nutqining o‘sishi 
o‘ziga xos yo‘l, ya’ni tevarak-atrofidagi kishilar nutqini 
tushunish qobiliyatining o‘sishi yo‘lidan boradi. Bola o‘ziga 
qarata aytshggan so‘zlarni yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi, 
ya’ni uning passiv lurati boyib boradi, lekin o‘zi gapira 
olmaydi, boshqalarning so‘zlarini ko‘proq eshitadi va nutq 
materiallarini singdirib borib shu materiallardan keyinchalik 
o‘z nutqida foydalanadi. Modomiki, shunday ekan, pedagog 
— tarbiyachining vazifasi bolalar idrok qiladigan nutq 
materiallarining mumkin qadar boy, rang-barang va turli 
bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qilishdir.
Nutqning o‘sishidagi ikkinchi davr odatda bola bir 
yarim yoshga to‘lgandan keyin boshlanadi. Bu davr asosan 
aktiv lug‘atning tez o‘sishi bilan xarakterlanadi. Bola 
aytadigan so‘zlarning miqdori birdaniga ortib ketadi.
Bolaning katta odamlar nutqiga taqlid qilishi yangi 
so‘zlarni bilib olishida juda muhim rol o‘ynaydi. Shuni aytish 
kerakki, bola dastlabki so‘zlarni dom taqlid qilib o‘rganadi. 
Lekin endigi taqlid xarakteri keskin o‘zgaradi. Ilgari bola ko‘p 
jihatdan ko‘r-ko‘rona, ya’ni ongsiz ravishda taqlid qilar edi. 
Endi bolaning taqlidi aktivroq hamda mustahkamroq bo‘la 
boradi. Ilgari bola yangi so‘zni anchagina qiyinlik bilan 
o‘zlashtirgan bo‘lsa, endi o‘z lug‘atini osonlik bilan boyitib 
boradi.
Ikki yoshga to‘lish oldidan bolaning nutqi ma’noli 
bo‘lib boradi. Ilgari bolaning so‘zlari asosan uning 
ehtiyojlarini ifodalagan bo‘lsa, endi nutqning nom berish 
funksiyasi tobora kuchayib boradi. Narsalarning o‘z nomi 
borligiga bola tajribada ko‘rib ishonadi.
Bolaning o‘ta sinchkovligi «Bu nima? Nomi nima? 
Nima uchun?» degan savollarida yaqqol ko‘rinadi. Bundan 
tashqari bolaning miyasida narsa bilan uning nomi, ya’ni so‘z 
o‘rtasida yangi assotsiatsiyalar paydo bo‘ladi. Birinchi va 
ikkinchi signallar sistemalarining o‘zaro bog‘lanishlari tobora 
mustahkamlanib boradi.
Maktabgacha 
tarbiya 
yoshida 
bola 
nutqining 
grammatik tomoni ancha o‘zgaradi. Dastlabki paytlarda 
narsalarning nomini bildiradigan otlar ko‘proq ishlatiladi. Bola 
ikki yoshga to‘lish oldidan ish-harakatning nomini bildiruvchi 
fe’llarni ham to‘g‘ri ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to‘lib, uch 
yoshga qadam qo‘yganida esa, bola fazoviy munosabatlarni 
bildiradigan ba’zi bir ravishlarni, masalan, «orqada», 
«yuqorida», «pastda» degan so‘zlarni bilib ishlatadigan 
ko‘proq savol beradigan bo‘ladi. Shunday qilib kattalarning 
ma’qullashi, maqtashi, koyishi va ta’qiqlashiga to‘g‘ri 
munosabatda bo‘la boshlaydi.
Maktabgacha ta’lim yoshiga yetgach, so‘z boyligining 
ancha ortishi bilan birga ayrim jumlalarni grammatik jihatdan 
to‘g‘ri ishlata boshlaydi.
Agar ikki yashar bolaning so‘z zahirasi taxminan 250 
tadan 400 tagacha bo‘lsa uch yashar bolaning so‘z zahirasi 
1000 tadan 1200 tagacha va yetti yashar bolaning so‘z zahirasi 
3000 tadan 4000 tagacha bo‘ladi.
Demak, maktabgacha ta’lim yoshidagi davrda 
bolaning so‘z zahirasi juda tez ortadi. Bu yoshda bolaning 
nutqi faqat miqdor jihatidangina ortib bormay, balki sifat 
jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan, maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalar ancha so‘z zahirasiga ega 
bo‘lishlariga qaramay, ayrim tovushlarni (r, l, y, sh, z kabi) 
yaxshi farqlay olmaydilar va shu tufayli so‘zlarni noto‘g‘ri 
talaffuz etadilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar esa 
bunday tovushlarning ko‘pini aniq va o‘z o‘rnida talaffuz eta 
oladilar. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalar o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini ham amaliy 
tarzda o‘zlashtira boshlaydilar. So‘z zahiralari miqdor 
jihatidan 
maktabgacha 
ta’lim 
yoshidagi 
bolalarning 
hammasida bir xil bo‘lmaydi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalar so‘z zahirasining miqdori asosan bola tarbiyalanib 
o‘sayotgan oilaning madaniy saviyasiga bog‘liqdir. Bir xil 
oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus ravishda 
shug‘ullaniladi. Boshqa bir oilalarda esa, bola nutqining 
o‘sishi bilan mutlaqo shug‘ullanilmaydi. Ana shuning 
natijasida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar so‘z zahirasi 
o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi.
Maktabgacha ta’lim yoshida bolalar nutqni (faqat 
og‘zaki, nutqi) juda tez egallaydilar. Shuning uchun ular o‘z 
ona tillarining grammatik tuzilishini xam faqat og‘zaki tarzda 
o‘zlashtiradilar. Biroq shuni aytib o‘tish kerakki, maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalarning o‘z ona tillari gramma-bo‘ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshining oxirigacha borib, bola 
tevarak-atrofdagilarning 
nutqini 
tobora 
mukammalroq 
tushunadigan bo‘ladi. Katta yoshli kishilarning aytib bergan 
hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni jon-dili 
bilan tinglaydilar. Bola o‘ziga berilgan savollarni tushunib, 
ularga javob beradi. Bolaning o‘zi ham kattalarga tobora taqlid 
qiladilar. Tilning ayrim tomonlarini o‘zlashtirishlari o‘ziga xos 
xususiyatga egadir.
Boshqacha qilib aytganda, maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalarning grammatik koidalarni o‘zlashtirishlari 
maktab bolalarining o‘zlashtirishlaridan batamom farq qiladi. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni 
o‘qib, tushunib yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe’l, 
sifat, 
olmosh, 
suffiks, 
kelishik 
kabi 
grammatik 
kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham 
bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikaning juda ko‘p 
qo‘llaniladigan eng sodda qoidalarini kattalarning nutqlari 
orqali, mazmunli o‘yinlarda taqlidiy yo‘llar bilan amaliy 
ravishda o‘zlashtira boradilar.
Ma’lumki, nutqning o‘sishi jarayonida bolalar so‘z 
turkumlaridan otlarni tez o‘zlashtiradilar. Bunga asosiy sabab 
shuki, bolalar narsalarning nomlarini (otlarni) o‘z nutqlarida 
ko‘proq ishlatadilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar 
so‘z zapaslarining asosiy ko‘pchiligi otlardan iborat ekanligi 
ajablanarli emas. O‘rta va katta yoshdagi maktabgacha ta’lim 
bolalari otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarida 
va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladigan bo‘ladilar. Katta 
guruh bolalari so‘zlarni turli talaffuz eta oladilar. Shuning 
uchun ular o‘zlaridan kichik yoshdagi bolalar gaplarni 
grammatik jihatdan xato so‘zlaganlarida, «bunaqa deb 
bo‘lmaydi» deb ularning nutqlarini to‘g‘irlaydigan bo‘ladilar.
Tarbiyachi-pedagog bolalar nutqini rivojlantirish bilan 
shug‘ullanar ekan, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ba’zi 
rollarda o‘z nutq apparatlarini to‘la idora eta olmasliklarini 
unutmaslik kerak. Bundan tashqari maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir- biridan 
farq qilish qobiliyati hali to‘la takomillashmagan bo‘ladi. 
Shuning uchun maktabgacha ta’lim yoshidagi ba’zi bolalar 
ayrim ch,sh tovushlarini buzib talaffuz etadilar. Odatda 
bunday bolalarni tili chuchuk bolalar deb ham yuritiladi. Tili 
chuchuklik nuqson emas. Buni asta-sekin tuzatish mumkin. 
Tili chuchuklikni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri 
bola bilan to‘la va to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan 
gaplashishdir. 
Tarbiyachi buni ota-onalarga ham tushuntirishi kerak. 
Chunki, odatda, ayrim ota-onalar o‘z bolalarinn ortiq darajada 
erkalab, ular bilan bolalarcha, ya’ni bolaga o‘xshab tilini 
chuchuklantirib gaplashadilar. Til chuchuk bolalarni «tili 
shirin» deb uning talaffuziga moslashishiga harakat qiladilar. 
Bunday qilish aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatodir. Chunki 
bolalar 
talaffuzidagi 
nuqson 
maktabga 
borgunlaricha 
to‘g‘irlanmasa, bu narsa bolalar nutkining umumiy o‘sishiga 
ta’sir qilmasdan qolmaydi. Tili chuchuk bolalar nutqidagi bu 



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin