O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 276 -
j) san'at, chunonchi, badiiy adabiyotda qo‘llanuvchi
ramzlar.
Ijtimoiy turmushdagi ramzlar, asosan, kommunikativ,
ya'ni kishilarning o‘zaro aloqa vositasi, fanlar tizimidagi
ramzlar ma'lum tushuncha ifodalash, adabiyotdagi ramzlar esa
kechinma, holat va voqelikni badiiy-estetik anglatish
vazifasini bajaradi. (3)
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Ijtimoiy hayotda
qo‘llanuvchi ramzlar sirasiga, biz kunlik hayot tarzimizda
faoliyatiga qarab qo‘llanailadigan ramziy so‘zlar ya'ni, suv,
olov, quyoshni, bulutni, soyabon, chamanni
misol
sifatida
aytish mumkin. Mazkur belgilaro‘ziga xos xususiyati, uzgacha
tabiatga ega holda quyosh - quyoshli kunni, chaqnab turgan
yuz chehrasini, bulut – yomg‘irni, qovoq tumshuq qilib turgan
yuz xolatini va obu-havo holatini anglatadi.
Lug‘at va ilmiy manbalarda ramz muayyan darajada
izohlangan, uning ta'riflari berilgan. Nazarda tutilganlarning
aksariyatida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'rifiy-
ma'naviy hayotda va fandagi ramzlar emas, balki badiiy
adabiyotda qo‘llanuvchi ramzlar tavsiflangan.
Misol sifatida ―O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi
va ―O‘zbek tilining izohli lug‘atida
keltirilgan ramz
xususidagi izohlarni keltirib o‘tamiz: ―Ramz (arab. — ishora
qilmoq) (badiiy adabiyotda) — voqelikni badiiy aks
ettirishning shartli usuli; badiiy shartlilik shakllaridan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ramz majozdan farq qilib,
mazmuni obrazli qurilishi bilan bog‘liq bo‘ladi va ko‘p
ma'noliligi bilan ajralib turadi. Ramz barcha xalqlar folklori va
adabiyotida qadimdan mavjud. Ramziy obrazlar muayyan
tizimni tashkil etadi va ayrim hollarda ko‘pchilik xalqlar
adabiyoti va san'atida mushtarak mazmunni ifodalaydi
Ramz (arab. – belgi, imo, ishora; laqab, taxallus).
Biror g‘oya,
tushuncha, hodisa kabilarni ifodalovchi,
eslatuvchi shartli belgi, ishora (2. III, 347). O‘zbek tilida
ayrim o‘rinlarda ramz so‘zi o‘rnida simvol so‘zi ham
qo‘llaniladi. Bu ta'riflar O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida
berilmagan, ammo O‘zbek tiliniing izohli lug‘atida ushbu
so‘zga “Simvol” (yunoncha -belgi, ramz, alomat, timsol) deb
ta'rif berilgan. U aynan ramz ma'nosida qo‘llaniladi. Biron-bir
g‘oyani o‘zida mujassamlashtiruvchi badiiy obraz(3. III, 506).
N.Hotamov
va
B.Sarimsoqovning
―Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha
izohli
lug‘atida ramz so‘zi mavjud emas, simvol so‘ziga esa
quyidagicha ta'rif berilgan: ―Simvol (gr. – shartli belgi
so‘zidan). Metaforaning bir ko‘rinishi bo‘lib, shartli ravishda
ko‘chma ma'noda qo‘llaniladigan so‘z birikmasi, rasm,
predmet. Masalan, O‘zbekistonning ramzi paxtadir. Qabardin-
bolqor shoiri o‘z yurtini tog‘dagi lolaga o‘xshatadi. Bu lola
yurt ramzidir (3, 279).
Kuzatuvlardan anglashiladiki, lug‘atlarda ramzga
berilgan izohlar bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Yuqoridagi
izohlardan ramz bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish
mumkin:
1. Ramz – biror g‘oya, tushuncha, hodisa kabilarni
ifodalovchi va eslatuvchi shartli belgi.
2. Ramz – biror g‘oya, tushuncha, hodisa kabilarni
o‘zida mujassamlashtiruvchi badiiy obraz.
3. Ramz
– voqelikni badiiy aks ettirishning shartli
usuli, obrazli ifodalashning bir ko‘rinishi.
4. Ramz – ko‘p ma'nolilik xususiyatiga ega.
5. Ramz – shartli ravishda ko‘chma ma'noda
qo‘llaniladi.
6. Ramz – metaforaning bir ko‘rinishi.
Tahlil va natijalar. Ramz uchun muhim belgi, eng
avvalo, shartlilik, obrazlilik, ko‘p ma'nolilik, ko‘chma
ma'nolilik, xususan, metaforiklikdir. Ramzning shu va boshqa
xususiyatlarga egaligini bilgan ijodkorlar o‘z badiiy asarlarida
undan keng va o‘rinli foydalanishga harakat qilgan. Xalqning
ong va shuuriga chuqur singgan ramzlar borki, ular badiiy
asarlarda ѐrqin obrazlar yaratishga xizmat qilib kelmoqda.
Kabutar – tinchlik, sher — mardlik, tulki — makkorlik, bo‘ri
— ochko‘zlik ramzi sifatida
badiiy asarlarda qadimdan
mavjud bo‘lib kelmoqda. Bu kabi zoomorf metaforalar badiiy
asarlarning ta'sirchanligi va badiiy-estetik qiymatini oshirishda
muhim vosita sifatida voqelanadi. Ijodkorlar uchun ramzlar
nisbatan kuchli his-tuyg‘uni, keng tushuncha va katta voqea
hodisani ixcham, aniq va ta'sirli tarzda ifodalash uchun
cheksiz imkoniyat yaratadi. Shunga ko‘ra xalq og‘zaki ijodi va
mumtoz adabiyotda ramziy obrazlar alohida tizim sifatida
shakllangan. Aytilganidek, ramzlar nutqda keng qo‘llanuvchi
ifoda vositasi hisoblanib, u umumxalq nutqining barcha
ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, ular badiiy asar
matnlarida qo‘llanib, badiiy asar tilining rang-barang
bo‘lishini ta'minlaydi.
Adabiyot tarixida
asrlar
davomida foydalanib kelinayotgan ramziy obrazlar
tizimi ham mavjud; gul — go‘zallik, ma'shuqa; bulbul —
oshiq; sariq rang — mahzunlik, qora rang — motam ramzi va
boshqalar. Ijodkorlar an'anaviy ramzlar bilan bir qatorda
tabiatdagi har bir hodisa va detal (masalan, bulut, buloq,
chaqmoq va boshqalar)dan ramziy tasvir uchun foydalanadilar
(1, VI, 59).
Badiiy asarlardagi ramzlarni turli, chunonchi, sinxron
va diaxron aspektlarda tahlil qilish, o‘rganish mumkin.
Ramzlarni diaxron aspektda tadqiq etishda ularni quyidagi ikki
guruhga ajratib o‘rganish o‘rinlidir:
1. An'anaviy ramzlar. 2. Xususiy ramzlar.
An'anaviy ramzlarni umumiy ramzlar, xususiy
ramzlarni esa individual ramzlar
tarzida ifodalash ham
mumkin.
An'anaviy ramzlarni asrlar davomida foydalanib
kelinayotgan ramziy obrazlar tizimi tashkil etadi. Bunga misol
sifatida xalq og‘zaki ijodiyotida qo‘llangan tun – hasrat, olma
– sevgi, farzand, ro‘mol – oila ramzlarini aytib o‘tish mumkin.
Xususiy ramzlarga misol sifatida Alisher Navoiy
falsafasining javhari, mag‘zi, yaxlit tizimi hisoblangan
―Lison ut-tayr, ya'ni ―Qushlar tili (1499) dostonidagi
Semrug‘ va qushlar timsolidagi ramziy obrazlarni aytib o‘tish
mumkin.
Ushbu asardagi g‘oyalarning umumiy manzarasi
shundaki, Semrug‘ va qushlar timsolidagi ramziy obrazlar
orqali inson o‘zini, borliqni va odamlarni anglashni nazarda
tutadi.
Bu dunyodagi barcha ezgu va yovuz, yaxshi va yomon
ishlar, ma'naviy tubanlashish, jamiyatning inqirozi inson bilan,
ya'ni inson mohiyati, insoniylik fenomeni bilan bog‘liq
haqiqat ekanligini Alisher Navoiy ushbu asarida ramzlar orqali
ifodalaydi.
Ramz barcha xalqlar fol'klori va adabiyotida qadimdan
mavjud. Ramziy obrazlar muayyan
tizimni tashkil etadi va
ayrim hollarda ko‘pchilik xalqlar adabiyoti va san'atida
mushtarak mazmunni ifodalaydi.
Masalan, sher – mardlik, tulki – makkorlik, bo‘ri –
ochko‘zlik va boshqa. Adabiyot tarixida asrlar davomida
ishlatilib kelinayotgan ramziy obrazlar
tizimi ham mavjud: gul - go‘zallik, mashuqa, bulbul –
oshi, sariq rang – mahzinlik, qora rang – motam va boshqa
ijodkorlar an'anaviy. Ramzlar bilan bir qatorda
tabiatdagi har bir hodisa va detal (masalan, bulut,
buloq, soqmoq va boshqalar)dan ramziy tasvir uchun
foydalanadilar. Bunda u yoki bu narsa tasvir jarayonida
yozuvchi maqsadiga xizmat qiluvchi muayyan ramziy
ma'noga ega bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodiyoti va mumtoz
adabiyotda keng ko‘lamda ishlatilgan
ramziy tasvir usuli
hozirgi adabiyotda ham muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda (4).
Badiiy ifodani oshirish vositalaridan biri bo‘lgan,
badiiy matnlarda faol qo‘llanuvchi ramz (simvol) ayrim
o‘rinlarda ko‘chimning, ayrim o‘rinlarda metoforaning bir turi
sifatida qaraladi.