O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/4/1 2023 - 277 -
Xulosa va takliflar. Har qanday ramziylikning eng
muhim belgisi narsalarning mazmun-mohiyati, tarkibini
ramzlar asosida ko‘rsatib berishdan iborat.
Yuqorida ramzga berilgan ta'riflardan kelib chiqib,
uning o‘ziga xos bo‘lgan alohida hodisa ekanligi, metafora,
metonimiya, sinekdoha, allegoriya, epitet, va o‘xshatish
kabilar esa ramzga yondosh hodisalar ekanligini qayd etish
mumkin. Ayni paytlarda filologiya, falsafa, psixologiya kabi
fan sohalari bo‘yicha qilinayotgan tadqiqot ishlarida ramz va
metaforaning umumlashtiruvchi hamda farqlovchi jihatlari
chuqurroq o‘rganilmoqda.(5.)
Lingvistik ifodalangan ramz har doim metaforadan
farq qiladi. Ularning har ikkisi juft ma'no munosabatiga ega
bo‘lsa-da, metafora aynan bir lingvistik ob'ektning ikki
ko‘rinishini birlashtiradi. Ramz lingvistik hodisani nolisoniy
tabiyatga ega bo‘lgan tushuncha bilan ham bog‘lay oladi
Umuman, ramzlarning ijtimoiy hayotda, ayniqsa,
badiiy adabiyotda, uning barcha go‘zalligi, jozibasini
ko‘rsatish hamda botiniy mazmunini anglashdagi ahamiyati
benihoya kattadir. Ramzlar lisoniy va nolisoniy omillar
natijasida paydo bo‘ladi. Ularning lisoniy omil asosida
shakllanishida til vositalari muhim ahamiyat kasb etsa, milliy
o‘ziga xosliklar, urf-odatlar va tushunchalar esa ramzlarning
nolisoniy omil sifatida shakllanishiga asos bo‘ladi. Yuqoridagi
keltirilgan tadqiqotlardan kelib chiqqan holda shunday
deyishimiz mumkin-ki, ramzlarning lingvistik tabiati, ramziy
tillarning
o‘zgacha
xususiyatga
ega
ekanligidadir.
Hissiyotimiz qabul qilinishiga qarab ayni bir hodisa turlicha
talqin qilinadi. Olovni misol tariqasida ramziy belgilarini
yoritadigan bo‘lsak, o‘choqdagi olov – hayotni his qilish,
iliqlik va huzur-halovatni, biroq uy-joy yoki biron yerni olov
qurshovida ko‘rsak, u qo‘rquv, xavf-xatarni ya'ni bu o‘rinda
ojizlik, vayronagarchilikni aks ettiradi. Bunga o‘xshash
ramzlarni bir nechtasini misol tariqasida keltirish mumkin.
Har bir ramzning konkret ma'nosi undan foydalanuvchining
umumiy holatda qabul qilgan kechinmalaridan vaziyat
ustunligiga bog‘liq.
Ramzlar
obrazli
tafakkur
qilishning
muhim
ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, insonning badiiy-estetik didini
oshirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR 1.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – T.: O‘zME, 2000. T.VI. – 59 b.
2.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I-V. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006-2008. T. I. 2006. - 680 b; T. II. 2006. -
672 b.; T. III. 2007. - 347 b.; T. IV. 2008. - 608 b.
3.
Yo.S.Saidova, D.Sh.Sharipova. “Ramzlarning leksik-semantik xususiyatlari”. Buxoro Davlat Universiteti, Ilmiy axboroti
2020/1(77), UDK: 81’373.612.4
4.
Nosirova N. Literature as a major factor in the upbringing and development of the younger generation //Herald pedagogiki.
Nauka i Praktyka. – 2021. – Т. 1. – №. 1.
5.
Nosirova N. S. The issue of artistic psychology to literary studies //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 2. – С.
110-112.
6.
Юсупова Ш. Б. (2016). Symbolism in literature. In Актуальные проблемы филологии (pp. 6-8).
7.
Yusupova K. U. Giving stable compounds and expressions in translation //E-Conference Globe. – 2021. – С. 477-481.