Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

HTlarining ish rejimlari.
EHM apparat vositalari dasturaviy ta‟minot bilan birga HTlari bir 
dasturli va multidasturli rejimlarda ishlashi mumkin. 
B i r d a s t u r l i r e j i m d a ishlaganda EHM xotirasida faqat bitta dastur bo„ladi va faqat shu 
dastur bajariladi. Bunday rejim odatda mikro-EHM va personal EHMlar uchun xos, ya‟ni 
individual 
foydalaniladigan 
EHMlar uchun xos. 
M u l t i p r o g r a m m a l i ( k o „ p p r o g r a m m a l i ) r e j i m d a ishlaganda EHM xotirasida 
bir nechta dasturlar bo„ladi, ular tizimda hosil bo„layotgan vaziyatga qarab protsessor bir masaladan 
ikkinchisiga o„tish oralig„ida qisman yoki to„liq bajariladi. Multidasturli rejimda mashina vaqti va 
operativ xotira samaraliroq foydalaniladi, chunki yechilayotgan masalada protsessorning kutish 
rejimiga o„tishi talab qilinadigan qandaydir vaziyat paydo bo„lganda, protsessor boshqa masalani 
yechishga o„tadi va uni shunga o„xshash vaziyat paydo bo„lgunicha bajaradi va h.k. Multidasturli 
rejim realizatsiya qilinganda masalalardan bir-biriga o„tishi navbati aniqlanishi va o„tish momenti 
tanlanishi talab qilinadi, bundan murod – mashina vaqti va xotiradan maksimal darajada samarali 
foydalanishdir. Multidasturli rejimni EHM apparat vositalari va OT vositalari ta‟minlaydi. Bu 
murakkab EHMlarga xos; ularda mashina yechishga o„tadi va uni shunga o„xshash vaziyat paydo 
bo„lgunicha bajaradi va h.k. Multidasturli rejim realizatsiya qilinganda masalalardan bir-biriga o„tishi 
navbati aniqlanishi va o„tish momenti tanlanishi talab qilinadi, bundan murod – mashina vaqti va 
xotiradan maksimal darajada samarali foydalanishdir. Multidasturli rejimni EHM apparat vositalari 
va OT vositalari ta‟minlaydi. Bu murakkab EHMlarga xos; ularda mashina vaqtining narxi mikro-
EHMlarnikiga qaraganda ancha qimmat. Oxirgi paytlarda personal EHMlarning imkoniyatlari ortib 
borishi bilan, ular uchun bir necha masalalar yechilishini bir vaqtda kuzatish va shu bilan muhandis 
ishi samarasini oshirish imkonini beradigan multidasturli OTlar ishlanmoqda. 
Multidasturli rejimda ALT foydalanuvchilarining dasturlari qaysi tartibda bajarilishiga qarab, 
masalalarni paketli ishlash va ko„pchilik birdaniga foydalana oladigan rejimlarni farqlashadi. 
P a k e t l i i s h l a s h r e j i m i d a masalalar bir yoki bir nechta qatorga teriladi va ular birma-
bir bajarish uchun tanlanadi. 
K o „ p c h i l i k b i r d a n i g a f o y d a l a n a d i g a n r e j i m d a foydalanuvchi o„zining 
masalasini bajarishga istalgan ixtiyoriy vaqtda qo„yadi, ya‟ni bunday HT har bir foydalanuvchiga 
go„yo individual foydalanuvchi rejimini realizatsiya qiladi. Bu odatda 
kvantaviy mashina vaqti
yordamida amalga oshadi; bunda EHM operativ xotirasidagi har bir masalaga kvant vaqti ajratiladi. 
Kvant vaqti tugaganda protsessor boshqa masalaga ulanadi yoki HTdagi vaziyatga qarab yechilishi 
uzilgan masalani yechishni davom ettiradi. Mashina vaqtini kvantlab ko„pchilikka birdaniga 
foydalanish imkonini ta‟minlaydigan hisoblash tizimlarini – 
vaqt taqsimlanadigan HT
lari deb 
atashadi. 
Avtomatik boshqarish tizimlarida 
real vaqt rejimi
tushunchaqidan keng foydalaniladi; bunda 
masalalarni yechish tezligi ularning HTga kirib borishi tezligiga teng yoki katta bo„ladi. ALTda real 
vaqt rejimi deganda muhandisning EHM bilan shunday muloqoti tushuniladiki, unda muhandis 
so„roviga javoblar insonga qulay tezlikda keladi.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin