33
Periferiyali qurilma
larga
kiritish, chiqarish, ma‟lumotlarni tayyorlash va katta hajmdagi
informatsiyalarni saqlash funktsiyalarini bajaruvchi qurilmalar kiradi.
Hamma periferiyali qurilma
(PQ)larga umumiy bo„lgan narsa – ular ma‟lumotlar mazmunini saqlagan holda ularning ifodalanish
shaklini bir ko„rinishdan boshqachaga o„zgartiradi.
Markaziy protsessor
bajarilayotgan dastur, hisoblash jarayonini boshqarish va protsessor bilan
birga ishlayotgan qurilmalarga muvofiq ravishda informatsiyani qayta o„zgartirishga mo„ljallangan.
Operativ xotirada saqlovchi qurilma
ma‟lumotlarni va dasturlarni saqlash,
qabul qilish va
chiqarish vazifalarini bajaradi.
Kiritish-chiqarish protsessorlari (kanallar)
markaziy protsessor ishtirokisiz OXQ va PQ
orasida informatsiya almashinuvini boshqarish, OXQ va PQ ishi
tezliklarini muvofiqlashtirish,
kiritish-chiqarishni dasturlashni unifikatsiyalash va yangi PQlarni ulash imkonini ta‟minlash uchun
mo„ljallangan. Kiritish-chiqarish kanallari bilan
interfeys
tushunchasi bog„liq; interfeys – bu jihozlar
majmuidir; ular yordamida kiritish-chiqarish kanallari PQlarini boshqarish qurilmalari bilan hamda
kanal va PQ orasida ma‟lumotlarni uzatish tartibini aniqlovchi unifikatsiyalashgan
algoritmlar va
signallar bog„lanishi amalga oshiriladi.
Bir nechta PQning bir vaqtda ishlashi shu bilan ta‟minlanadiki, ularning ish tezligi odatda
kanal ish tezligidan past va kanal bir nechta PQ orasida kanal umumiy vositalaridan foydalanish
vaqtini taqsimlab (multiplekatsiyalab) bir necha PQ bilan almashuvni amalga oshiradi.
Ma‟lumotlarni almashinish jarayonini boshqarish funktsiyalari
kanal va PQ boshqarish
qurilmasi (PU kontrolleri) orasida taqsimlanadi: hamma PQ uchun umumiy bo„lgan funktsiyalar
kanalda, ushbu PQ uchun maxsus funktsiyalar kontrollerda realizatsiya qilinadi.
ALT TVKida foydalaniladigan qurilmalarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin:
1)
katta hajmli informatsiyalarni saqlash, har xil ma‟lumotnoma tavsifidagi informatsiyani,
namunaviy loyihaviy yechimlar va sh.k. o„z ichiga olgan ma‟lumotlar bazasini (MB) tashkil qilish
uchun mo„ljallangan
Dostları ilə paylaş: