Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta`lim vazirligi


tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/74
tarix18.09.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#145221
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
4a6bd22f-c7a4-4cab-90cd-b0adcbd25afd

tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar

2) 
kiritish-chiqarish va alfavitli-raqamli informatsiyani hujjatlashtirish qurilmalari
; ular 
perfo-tashuvchilardan informatsiyani kiritish-chiqarishni va turli tashuvchilarda olingan loyihaviy 
yechimlarni hujjatlashtirishni amalga oshiradilar; 
3) 
EHM bilan operativ aloqa qurilmalari
; ular muhandisga istalgan ixtiyoriy vaqtda unga 
qulay bo„lgan usulda ALT bilan muloqotda bo„lish imkonini beradi (odatda bular – turli displeylar va 
nutqiy kiritish-chiqarish qurilmalari); 
4) 
mashina grafikasi qurilmalari
; ular grafik shaklda foydalangan informatsiyani kiritish-
chiqarish va hujjatlashtirish uchun mo„ljallangan; 
5) 
teledostup va EHM tarmoqlarini tashkil qiluvchi texnikaviy vositalar
; ular EHM bilan 
masofadagi ALT foydalanuvchilari orasida, loyihalash tarmog„i tashkil qilinganda ALT TVKiga 
kiruvchi hamma EHMlar orasida va ALT TVKsi va hisoblash tarmog„i orasida aloqani amalga 
oshiradi; 
6) 
texnologik jihoz bilan aloqa qurilmalari
; ular oraliq tashuvchilarni chetlab, loyihalangan 
ob‟yektlar haqidagi ma‟lumotlarni bevosita avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlariga, raqamli 
dasturaviy boshqariladigan dastgohlarga va boshqa shunga o„xshash jihozlarga uzatish imkonini 
beradi; 
7) 
ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari
; ular EHM ishtirokisiz, avtonom ravishda turli 
tashuvchilarga ma‟lumotlar va dasturlarni tayyorlash uchun mo„ljallangan. Ma‟lumotlarni tayyorlash 
qurilmalari boshqa periferiya qurilmalari orasida alohida o„rin egallaydi, chunki EHM bilan elektr 
yordamida bog„langan va undan istalgancha uzoqlikda joylashishi mumkin. 
Dasturni bajarishda protsessor OXQdan navbatdagi komandani tanlab oladi va bu komanda 
bo„yicha qanday amallar bajarilishi kerakligini aniqlaydi, talab qilingan amallarni bajaradi va shu 
vaqtning o„zida OXQdan keyingi komandani tanlab oladi, olingan natijani OXQga jo„natadi va butun 
sikl boshidan takrorlanadi. Shunday qilib, protsessor va OXQ doimo o„zaro muloqotda bo„lib 
istalgan dasturni bajarishadi, kerak bo„lganda TSga kiritsh-chiqarish kanallari yordamida murojaat 
qiladi. 
Protsessorlar.
Markaziy, ixtisoslashgan, kiritish-chiqarish, ma‟lumotlarni uzatish va 
kommunikatsion protsessorlarni farqlashadi. 
Protsessor (mikroprotsessor) – bu kompyuterning eng katta mikrosxemasi. Protsessor o„nlab 
millionlab tranzistorlardan tarkib topadi; ular yordamida mantiqiy sxemalar yig„iladi. Protsessorning 


34 
asosiy ichki sxemalari – arifmetik-mantiqiy qurilma, ichki xotira (registrlar) va kesh-xotira (o„ta 
operativ xotira) hamda hamma operatsiyalarni boshqaruvchi sxemalar va tashqi shinalarni boshqarish 
sxemalari («tashqi dunyo» bilan aloqa sxemalari). 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin