75
Turli HTlarida uzilishlarga ishlov berish turlicha va odatda apparat vositalari yordamida
amalga oshiriladi. Masalan, ba‟zi HTlarida buning uchun dastur holatining eski va yangi so„zi o„rnini
almashtirish mexanizmidan, boshqalarida esa xotira va uzilishlar vektorini stekli tashkil qilishdan
foydalaniladi.
Masalalarni yechishni boshqarish asosiy funktsiya – uzilishlarga ishlov berishdan tashqari
boshqa: operativ xotirani dinamik taqsimlash, kiritish-chiqarish operatsiyalarida ishtirok qilish;
masalalarni yuklash, vaqt xizmatini tashkil qilishni ham o„z ichiga oladi.
Operativ xotirani dinamik taqsimlash bo„yicha OTning asosiy vazifasi – uning bo„sh va band
bo„lgan zonalarini doimo hisoblab borish va fragmentatsiyani bartaraf qilishga intilishdadir.
Dostları ilə paylaş: